Umumiy shamollatish
. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib
chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo‘nalishtirish vositasi bilan birgalikda
chiqarib yuborishning imkoniyati bo‘lmasa, yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik
jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo‘lsa, unda yakka tartibdagi
shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi. Ana shunday hollarda umumiy
shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki
issiqlik eng ko‘p ajralib chiqayotgan zonaga o‘rnatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |