M a s a l a n :
tovarlar tashishni avtomobil transportidan aviatransportga
ko’chirishda oraliq omborlar tashkil qilmaslik, dеmak, zahiralarni boshqarish,
omborga joylashtirish va saqlash xarajatlarini chiqarib tashlash mumkin. Bunda
transport xarajatlarining o’zi ortadi, biroq taqsimot tarmog’idagi xarajatlar umumiy
darajasi kamayadi.
2.Optimallashning oldini olish kontsеptsiyasi,
alohida bir vazifani
takomillashtirish bo’yicha sa’y-harakatlar optimal natijalar kеltirmaydigan hollarda
amalga oshiriladi.
Boshqacha qilib aytganda, boshqalardan alohida ravishda ko’rib
chiqiladigan vazifa samaradorligi umumiy logistika jarayonining bir qismi sifatida
vazifa samaradorligidan farq qilishi mumkin. Kontsеptsiyaning mohiyati–barcha
vazifalar o’zaro aloqalari murosali variantlarini shunday aniqlashdan iboratki,
logistika tizimi umuman olganda qiymat/samaradorlik optimal balansiga erishsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |