91
Takrorlash uchun savollar:
1. Bug„doy urug„ini unib chiqish uchun qanday sharoit talab qilinadi?
2. Bug„doyning tuplanish davrini tavsiflab bering.
3. Qaysi davlatlar bug„doy donini eksport qilishadi?
4. Qaysi davlatlar bug„doy donini import qilishadi?
5. Amal davrida kuzgi bug„doy uchun samarali harorat yig„indisi qancha bo„ladi?
6. Qaysi o„simlik tabiatda o„zidan changlanmaydi?
7. O„zbekistonda qaysi zararkunanda va kasalliklar don hosili va sifatiga katta
zarar yetkazmoqda?
Kuzgi bug„doy
Bug„doyning biologik xususiyatlari:
bug„doy umuman donli ekinlar
biologik xususiyatlariga ko„ra kuzgi va bahorgi turlarga bo„linadi. Kuzgi bug„doy
kuzda ekilib, qishlab chiqqandan keyin kelasi yili hosil beradi. Bahorgi bug„doy
erta bahorda ekilib, o„sha yili hosil beradi. Kuzgi bug„doyning bahorgilardan farqi
shundaki, ularning birinchi boshlang„ich rivojlanish davri past (0
o
C dan 10
o
C
gacha) haroratda 30-65 kun davom etadi. Bahorgi bug„doy esa boshlang„ich
rivojlanish davrini 5-10
o
C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya‟ni
tez muddat
ichida o„tadi.
Demak, biologik jihatdan kuzgi navlarini bahorda ekish mumkin emas,
chunki bahorda u talab qilgan harorat bo„lmaganligi sababli o„simliklar faqat
tuplanadi, boshoq chiqarmaydi va hosil bermaydi. Bug„doy kuzda ekilganda,
uning biologik kuzgi navlari ishlatilishi kerak. Biologik bahorgi navlarni ham
kuzda ekib bo„lmaydi, chunki ular issiq haroratga ko„proq talabchan bo„lganligi
uchun qishki sovuqlar natijasida nobud bo„ladi. Lekin,
qish yumshoq keladigan
mintaqalarda navlarning uchinchi turi yarim kuzgi navlari uchraydi. Bu navlarni
kuzda va bahorda ekish mumkin, ikki holda ham ulardan normal don hosili
olinadi. Yarim kuzgi navlarni kech kuzda ekish kerak. Ertagi muddatlarda biologik
kuzgi navlar ekilishi kerak. Yarim kuzgi navlarning qishga chidamliligi bahorgi
92
navlarga nisbatan yuqori bo„ladi. Shuning uchun O„zbekistonning
lalmi va
sug„oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish uchun biologik va yarim kuzgi nav-
lardan foydalanish kerak.
Umuman, O„zbekistonning barcha viloyatlarida bug„doy kuzda ekilishi kerak.
Chunki, ular kuzgi-qishki, bahorgi yog„ingarchiliklardan to„la foydalanadi.
Bahorda erta o„sa boshlaydi, bahorgi ekinlarga nisbatan 10-12 kun erta pishadi,
shuning uchun kuzgi bug„doyning gullash davri yozgi issiq garmsel shamollarga
duch kelmaydi va ular bahorgiga nisbatan yuqori (25-30%)
va muttasil hosil
beradi.
Bundan tashqari, kuzgi bug„doy sovuqqa chidamliligi bilan bahorgilardan
farq qiladi. Bug„doy -12-13
o
C sovuqqa chidaydi, -16-18
o
C sovuqda nobud
bo„ladi. Kuzgi bug„doyni sovuqqa chidamliligi uning o„sish
sharoitiga va
agrotexnikasiga bog„liq. Birinchidan ularning sovuqqa chidamliligi, ekish muddati
va urug„ning ko„mish chuqurligiga qarab har xil bo„ladi. Ertagi muddatlarda
ekilganda (sentyabr, oktyabr oyining boshlari) maysalar unib chiqib kech
kuzgacha, ya‟ni sovuq tushgunga qadar to„planib ulguradi va o„simliklar shu
davrda qishlaydi. Tuplanish davri o„simliklarning qishlashi uchun qulay davr
bo„lib, ular bu davrda sovuqqa chidamli bo„ladi. Kuzgi bug„doy kech muddatlarda
ekilganda urug„lar sovuq tushgunga qadar maysa chiqarmasligi mumkin yoki
maysa hosil qilgan vaqtda ham tuplanib ulgurmasligi mumkin. Demak, urug„lar
kech
muddatlarda ekilganda, ular maysa chiqargan yoki tuplanish boshlangan
holda qishlaydi. Bu davrlarda o„simliklar sovuqqa chidamsiz bo„ladi. Buning
natijasida qishki sharoitlarda o„simliklar nobud bo„ladi, hosil kamayadi. Urug„ni
ekish chuqurligi ham katta ahamiyatga ega. Urug„lar ekish vaqtida normal
chuqurlikka ko„milsa, tuplanish bo„g„imi tuproqda chuqurroq joylashadi va
sovuqqa chidamli bo„ladi.
Kuzgi bug„doy tuproqqa talabchan, ular unumdor begona o„tlardan toza, bo„z
va o„tloqi tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Sho„rlangan
tuproqlarda yaxshi
o„smaydi, agar shunday yerlarga ekiladigan bo„lsa, albatta yerni sho„rini yuvish
kerak. Kuzgi bug„doy sug„oriladigan yerlarda oziq elementlariga talabchan,
93
ayniqsa, azotga talabchan. Nay o„rash va boshoqlanish davrlarida bu talab ayniqsa,
ortadi. Lekin, ortiqcha ozuqlantirilsa ayniqsa azot o„g„iti ko„p berilsa,
o„simliklarning qishga chidamliligi pasayadi, yotib qolishi mumkin.
Kuzgi bug„doy sug„oriladigan yerlarda namga talabchan. Bug„doy ekilgan
maydonlarning namligi umumiy dala nam sig„imining 70-75% miqdorida bo„lishi
kerak. Nay o„rash va boshoqlanish davrlarida bug„doyning suvga talabchanligi
ortadi. Tuproqning namligi optimal
darajada saqlab turilsa, bug„doy garmseldan
zararlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: