63
tumanlarda tashkil qilishni tavsiya qilishgan. Har xil mintaqalarda o„tkazilgan
tajribalar shuni ko„rsatdiki, shunday sharoitlar bilan ta‟minlangan
mintaqalarda
yuqori sifatli urug„ olish mumkin. Janubiy tumanlarda shimoliy tumanlarga
nisbatan yuqori sifatli va hosildorligi yuqori bo„lgan urug„
olish imkoni ham
tajribalarda tasdiqlangan.
Urug„ning sifat belgilari va hosildorligi don ekinlari yotib qolganda
yomonlashadi, chunki bu ekinlar yog„ingarchilik ko„p
bo„lgan
vaqtlarda, azotli
o„g„itlar me‟yoridan ko„p berilganda, o„simlik qalinligi oshirib yuborilganda yotib
qoladi.
Ekologik sharoitning urug„lik sifatiga kuchli ta‟sir
qilishiga janubiy
mintaqalarda kartoshkaning aynishi misol bo„la oladi. Kartoshka urug„ining
aynishiga asosiy sabab - uni yetishtirish va saqlash sharoiti, o„simlikning biologik
xususiyatlarga mos kelmasligidir. Janubiy mintaqalarda kartoshkani yozda ekish va
tog„li zonalarda yetishtirish tavsiya qilinadi. Chunki, yozda ekilganda va tog„li
zonalarda yetishtirilganda uning tuganak tugishi bir xil haroratda (15-17
o
C)
o„tadi.
9
Urug„ sifatiga agrotexnik tadbirlarning ta‟siri.
Urug„ sifatiga o„tmishdosh
ekinlar katta ta‟sir ko„rsatadi. Boshoqli don ekinlari dukkakli-don va ko„p yillik
dukkakli o„tlardan keyin ekilganda hosilning oshishi bilan birga urug„lik sifati va
hosildorligi ortadi.
Urug„ning sifat belgilariga urug„ning ekish me‟yori
va ekish usullari ham
ta‟sir qiladi. Yoppasiga tor qatorlab ekiladigan don ekinlarida urug„ni ekish
me‟yorini oshirish bilan tuplanish darajasini kamaytirish mumkin. Bu 1000 ta
donning vazni va hosildorligini oshiradi. Bu xolda hosil asosiy erta paydo bo„lgan
poyalardan olinadi.
Aksincha, ekish me‟yori kam bo„lib, o„simliklar
siyrak joylashtirilsa bitta
o„simlikning tuplanish darajasi yuqori bo„ladi. Bunda hosil keyinroq o„sgan
poyalardan ham olinadi. Bu poyalarda boshoq va urug„ mayda bo„ladi. Shu sababli
9
Vavilov P., Posypanov G. «Bobovye kul‟tury i problema rastitel‟nogo belka». М. Ros.izdat, 1983
64
umumiy hosilda har xil mayda urug„lar mavjudligi uchun olinadigan urug„ning
sifati pasayadi. Bunda har bitta o„simlikdan olingan hosil ko„p bo„lishi mumkin,
lekin gektardan olingan hosil kamayadi. Shuning uchun urug„lik maydonlarda
o„simlik qalinligi optimal bo„lishi kerak.
Keng qatorlab ekiladigan don ekinlari (makkajo„xori, jo„xori)
siyrak qilib
ekilganda har bir o„simlikning baquvvat o„sishi va rivojlanishi hisobiga ro„vaklari
katta va undan olingan urug„lar ham yirik, urug„likning
sifat belgilari yuqori
bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: