19
3.Til bilan shu til egasi bo’lgan xalq uzviy aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir
voqyea, urf-odatlari, turmush tarzi uning tilida aks etadi. Shuning uchun til bilan
shu til egasi bo’lgan etnos o’rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo’lsa, ularni
o’rganuvchi tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o’rtasida ham shunday
aloqa bor.
Xalq,
elatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida ro’y bergan
har bir o’zgarish uning tilida ham o’z ifodasini topadi. Shuning uchun xalq tarixi
uchun tarixiy hujjatlar, arxeologik yodgorliklar guvohlik berolmagan taqdirda ham,
uning tili qimmatli materiallar berishi mumkin. Ayniqsa, toponim, etnonim,
etnotoponimlarni xalq tarixini inobatga olmay turib o’rganib bo’lmaydi. Shu bilan
birga, tilshunoslik etnografiya bilan ham uzviy aloqadadir.
Tilning shu til egasi bo’lgan etnos malaniyatiga munosabatini,
tilning
funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til bilan etnomadaniyat, etnopsixologik
omillar o’rtasidagi aloqani o’rganishga ehtiyoj tufayli etnolingvistika yo’nalishi
vujudga keldi.
Etnolingvistika atamasi grekcha etnos – xalq, qabila va lingvistika so’zlaridan
olingan bo’lib, mustaqil lingvistik yo’nalish sifatida XIX asrning 70-yillarida
Shimoliy, keyinroq Markaziy Amerikadagi hindu qabilalarining tili,
madaniyati,
urf-odatlarini o’rganishning kuchayishi bilan paydo bo’ldi. Lekin mazkur
yo’nalishning ilk davrida ko’proq etnografiya masalalariga diqqat jalb qilindi,
faqat asrimizning 20-yillarida lingvistik tomoniga e’tibor kuchaytirildi.
Etnolingvistikaning mustaqil lingvistik yo’nalish sifatida shakllanishida
Amerika tilshunosi, etnografi F.Boas va uning o’quvchilarining xizmati katta. Ular
yo’nalishning muammolar doirasini va tadqiqot metodlarini belgiladilar.
Etnolingvistika Amerika olimlari asarlarida ko’pincha «antropolingvistika»,
«etnosemantika» atamalari bilan ham almashtirib qo’llaniladi.
Etnolingvistika muammolaridan eng muhimi
sifatida Amerika hindulari
tillarining genetik qarindoshligini aniqlash masalasi qaraldi.
Bu tillarning tasnifi dastlab ma’lum tamoyilga asoslanmagan holda,
taxminlarga tayanib qilingan bo’lsa, keyinchalik E.Sepir, S.Lem, M.Svodesh,
J.L.Treyjer va boshqalar tomonidan aniq ilmiy metodlarga tayanildi. Hindular
tillarini sinflarga birlashtirishda hissiy-tarixiy (E.Sepir, S.Lem), glottoxronologik
(M.Svodesh), tarixiy-tipologik va areal (K.Xeyil, J.L.Treyjer)
metodlardan
foydalanildi.
Tillarning tasnifidan tashqari, yana tillarning va madaniyatlarning o’zaro
ta’siri, bilingvizm masalalari, til taraqqiyotiga ijtimoiy madaniyatning ta’siri kabi
muammolar ham etnolingvistikaning o’rganish doirasiga kiritildi.
Dastlab etnolingvistika doirasiga semantika ham kiritilgan edi. Lekin
keyinchalik deskriptiv lingvistikaning avj olishi natijasida semantika lingvistik
tadqiqotlar doirasidan chiqarildi.
Tilning semantik tomoniga e’tibor asrimizning 50-yilarida
Sepir-Uorf
gipotezasini keng muhokama qilish jarayonida qayta jonlandi. Ayni paytda,
etnolingvistika masalalariga ham yana e’tibor kuchaydi. Bu davrda semantikaga
e’tiborning qaratilishi natijasida uzviy tahlil metodi amaliyotda keng qo’llanildi.
20
Bunday usul yordamida turli tillarda sosial-madaniy xususiyatlarni ifodalovchi
so’zlar guruhi (qarindosh-urug’ nomlari, rang bildiruvchi so’zlar) atroflicha tahlil
etildi.
Shuningdek, turli etnik guruhlarda qo’llaniladigan
paralingvistik vositalar,
folklor materiallarini o’rganish ham etnolingvistika obyektiga kiritildi. Xususan,
asrimizning 70 – 80-yillarida folklor materiallariga e’tiborning tortilishi til va
madaniyat o’rtasidagi aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va bu
bilan etnolingvistikaning o’rganish doirasini kengaytirdi.
Hozirgi kunda etnolingvistika dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida
tilshunoslikning bir yo’nalishi sifatida e’tirof etildi va bu yo’nalish bo’yicha keng
tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: