Yer yuzing Paleotropik floristik viloyatiga kiruvchi xududlar va bu viloyat uchun endim hisoblangan o`simliklar.Paleotropik floristik viloyat Afrika va Osiyo materigida joylashgan bo‘lib, uning janubiy chegarasi tropik cho‘l va sahrolarning janubi, Himolay tog‘i va Hindixitoy tog‘lari janubiy hududlari va Yanszi daryosi havzasining janubi-sharqidan o‘tadi. Tinch okeanida viloyat chegarasi Tayvan oroli chegarasidan o‘tib, Gavay orollarini o‘z ichiga oladi va Janubi-sharqiy tomondan Amerika qirg‘oqlari bo‘ylab parallel holda tushadi. Janubiy chegarasi Polineziya, Chatam, Antipod orollari va Yangi Zelandiyaning orollari orqali o‘tadi. Afrikada Ajdar tog‘i va Oranj daryosi orqali o‘tadi. Atlantika okeanida Avliyo Yelena va Vozneseniye orollarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |