O‘rmonli O‘rta Dengiz kichik viloyati Janubiy Yevropa va Shimoliy Afrikaning Atlantik dengizi qirg‘oqlari bo‘ylab, O‘rta dengiz, Qora dengiz, kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Shimoliy Afrika, Misr va Marokash hududlarini o‘z ichiga oladi. O‘rmonli O‘rta dengiz kichik viloyatida chinor, zaytun, eman, lavr, anjir, shamshod, alled qarag‘ayi, paporotnikli doim yashil butalar va daraxtlardan iborat o‘rmonlar mavjud. Bundan tashqari Kanar orollaridagi Kanar lavri, eman, kanar palmasi kabilar Makaroneziya flora elementi; yong‘oq, tok, stafilotaksus, shu kabi Sharqiy Osiyo turlari; Qarag‘ay qora qarag‘ay, va oqqarag‘ay, tilog‘och, zarang, shumtol kabi mo‘tadil Yevropa florasi elementlari uchraydi. Bu kichik viloyat bug‘doy, suli, no‘xat, zig‘ir, kanop, karam, zabzi, turp, zaytun, tut, bodom, yong‘oq, lavr, sutlama, molodilo, palma, zemlyanika kabilar vatani hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |