2-o'quv topshiriq
Sillabusdagi 3-6 mavzularni diqqat bilan o'qib chiqing.
Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-axloqiy qarashlarni jadval asosida tahlil qiling.
|
Ta`lim va tarbiyaga e`tibor qanday bo`lgan
|
Ushbu davrda yashab o`tgan pedagog olimlarni sanab bering?
|
VII asrdan XII asrgacha bo‘lgan davrda maktab, tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti
|
Axloqiy kamolotga erishish, komil insonlik g’oyalari ilgari surilgan
|
Xorazimiy, farobiy, Farg’oniy, Ibn Sino, M.Koshg’ariy, Kaykovus , Ahmad Yugnakiy, Az- Zamaxshariy, Yusuf Xos Hojib
|
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab
|
Iqtisodiyot, fan va madaniyat juda rivojlandi
|
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy
|
XVII-XIX asrning 1-yarmi va XIX asrning 2-yarmidan boshlab XX asrlarda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
|
Ta’lim va tarbiyaga e’tibor juda kata bo’lgan,ko’plab maktablar barpo qilindi
|
Munis Xorazmiy, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy
|
Pedagogik vaziyatlarni tahlil qiling.
1-vaziyat
Besh yoshli Olimjon bog'chaga keliboq, darhol to‘polon qila boshlaydi, tinmay yuguradi. Ba`zan uni boshqarish va tinchlantirish juda qiyin bo‘ladi. Bolalar bilan o‘yin stolida xam janjallashib ketadi, natijada guruxda shovqin va yig‘i ovozi boshlanadi. Tarbiychilar Olimjon bilan juda qiynalishadi. Ota va onasi bilan suhbat davomida shu ma`lum bo‘ldiki, oila yangi kvartiraga ko'chib o'tgan va vaqtinch bolani eski bog'chaga olib borib turishibdi. “Ehtimol, bola yo'lda charchayotgandir”- , deb taxmin qilishdi tarbiyachilar. Ota "Bunday bo'lishi mumkin emas," deb e'tiroz bildirdi. "Axir, u butun yo'lda o'tiradi".
Savol.
Haqiqatdan ham bola charchaganmi?
Harakatlarni cheklash yoki monoton faoliyatdan tez charchash bola tanasiga qanday ta`sir ko‘rsatishi mumkin?
JAVOB:
1. Bola charchagan
2. Tanasi zo’riqadi, jismoniy charchash kuyzatilib muskullar kuchi bir tekisda harakatlanish funksiyasi buziladi.Qiziqish qobiliyati intellectual fikirlash susayadi.
2-vaziyat
Ertalab guruhda noodatiy holat vujudga keldi. Burchakda yangi o'yinchoqlar paydo bo'lgan edi. Hamma bolalar ularga diqqat va qiziqish bilan qaradi. Bugungi kunlari qiziqarli bo'lishini angladilar. Faqat Nodirning ko‘zlarida quvonch sezilmadi.
- Nega bunchalik xafasiz? Siz kasal bo'lmadingizmi? – deb tarbiyachi so‘radi.
- Yo'q... O'zim shunday, - deb pichirladi Nodir, bolaning ko'zlari yoshlandi. Hech kim ko'rmasin deb, devorga o'girilib oldi va to'satdan yig'lab yubordi:
- Kechirasiz, onam ... Dadam yana kech keldi va qo'shni amaki bilan vino ichdi. Onam esa yig'lab yubordi. Dadam tun bo'yi shovqin-suron qildi.
Savol.
Otasining xatti-harakati Nodirga qanday ta'sir ko'rsatyapti.
Sizningcha, bolalar bog'chasi oilagagi sog'lom hayotni yaratishda qanday yordam berishi mumkin?
JAVOB:
1.Salbiy ta’sir ko’rsatgan
2.Tarbiyachilar bolani chalg’itib kun mashg’ulotlarida alohida e’tibor berib uni ruxiyatini ko’tarishi kerak. Bolalar bog'chasi oilagagi sog'lom hayotni yaratishda ro’lli o’yinlardan foydalanishi kerak.
3-vaziyat
Ona Xusanjonni bog‘chadan olish uchun keldi. Bola xursandchilik bilan: "Onajon, bugun biz qorbobo yasadik!"
Ona:Nega hamma kiyimlaring nam?
Husanjon: Tarbiyachi Husanjonni juda ko'p harakat qilganini aytdi.
Ona:Sanga necha marta aytishim kerak - shim va qo'lqoplaringni radiatorga qo'y deb!
Husanjon: Uyda xam qorbobo yasaylik,-dedi.
Ona: Jim tur, endi xamma joying ho'l bo'lib uyga ketasan, - dedi.
Husanjonning kayfiyati tushib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |