Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.
bajarsin. Natija bir xil son hosil bo„ladi. Bu bilan o„quvchining ham og„zaki, ham
rivojlanishidagi ahamiyatini unutmasligi kerak. O„quvchi misolni bajarar ekan, u
xoh og„zaki, xoh yozma hisoblash bo„lsin, albatta, tushuntirib berishga o„rgatish
O„qitish jarayonida o„qituvchi bor mahoratini ishga solib, turli usul va
metodlardan foydalanib, o„quvchilarda hisoblash malakalarini shakllantirish
imkoniyatlarini topib, arifmetik amallarning jadval hollari (jadvalda qo„shish,
ayirish, jadvalda ko„paytirish, bo„lish)ni avtomatizm (yod olish)iga e‟tibor
qaratmog„i darkor. Chunki barcha hisoblashlar zamirida arifmetik amallarni
bajarishning jadval hollari turadi. Aks holda yozma hisoblashlarda amallar
bajarishda o„quvchilar qiynalib qolishadi.
Birinchi yarim yillikda o„quvchilar matematik amallar nomlari, tarkibiy
qismlari, ular hosil etadigan natijalar nomlari bilan tanishadilar. Bundan tashqari
o„quvchilar matematik belgilarning ba‟zi elementlari amal ishoralari (plyus −
qo„shish, minus − ayirish), munosabat belgilari (katta, kichik, teng) bilan
tanishishlari hamda 2 + 6 (2 va 6 sonlari yig„indisi), 9 – 2 (9 va 2 sonlari ayirmasi)
va boshqa shunga o„xshash eng sodda matematik ifodalarni o„qish va yozishni
o„rganib olishlari kerak. 3 + 3 va 7 + 3, 6 + 3 va 6 – 3 ko„rinishdagi ifodalarni
taqqoslashga doir mashqlarni bajarishda bolalar bu ifodalar orasidagi o„xshash va
farqli xususiyatlarni ko„radilar va shu asosda ularning qiymatlari teng yoki teng
emasligi, agar teng bo„lmasa, u holda berilgan ifodalardan qaysinisining qiymati
katta (kichik) degan savollarni hal qiladilar. Chiqarilgan xulosa har doim
asoslanishi, so„ngra hisoblashlar yordamida tekshirilishi kerak. Birinchi sinfda
matematika
o„qitishda
o„quvchilarda
og„zaki
hisoblashlarning
puxta
ko„nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi. Shu munosabat bilan
dasturda arifmetik amallarning ba‟zi muhim xulosalari va ulardan kelib chiqadigan
natijalar (yig„indining o„rin almashtirish xossasi, yig„indining guruhlash xossasi va
hokazo) bilan tanishtirish kiritilgan, bular bilan bolalar amaliy asosda tanishadilar.
Dasturda 10 gacha, 100 gacha bo„lgan sonlar bilan qo„shish va ayirish
amallarini bajarish o„rtasida uzviy aloqa o„rnatilgan. 10 ichida raqamlash hamda
qo„shish va ayirishni o„rgangandan keyin 11 dan 100 gacha bo„lgan sonlarni
raqamlashga, 100 ichida sonlarni xonadan o„tmasdan qo„shish va ayirishga to„xtab
o„tish nazarda tutiladi. Shu munosabat bilan o„qituvchi bolalarga nafaqat jadvalni
eslab qolishlari uchun o„z vaqtida ko„rsatma beribgina qolmay, balki, uni
o„zlashtirishlari uchun zaruriy kundalik tayyorgarlik ishlarini ham olib boradi. 100
ichida sonlarni qo„shish va ayirishda oldin sonni yig„indiga, so„ngra yig„indini
songa qo„shishning har xil usullari qaraladi. Shundan keyin esa yig„indini
yig„indiga qo„shish va yig„indidan yig„indini ayirish qaraladi. O„quvchilar yig„indi
va ayirmaning asosiy xossalaridan kelib chiqadigan qoidalar bilan tanishadilar. Bu
qoidalardan foydalanib, ular og„zaki hisoblash, undan keyin esa yozma
hisoblashning har xil usullarini ongli, tushunib o„zlashtiradilar, yechishning eng
maqbul yo„llarini izlashni o„rganadilar.
Hisoblashlarning ravon va tez bo„lishiga katta e‟tibor berilishi kerak. Shu bois
qo„shish va ayirishga doir u yoki bu misolning yechilishini mufassal
tushuntirishdan o„quvchi yo„l qo„ygan xatoliklarni tushuntirishda zarur bo„lib
qolganda foydalanish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: