2. Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari. Markaziy nerv sistemasi bo’limlarning yoshga oid xususiyatlari


Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari



Download 398,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana31.12.2021
Hajmi398,26 Kb.
#200690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2. MA’RUZA. Nerv tizimining fiziologiyasi va oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari

 

Nerv markazlarining fiziologik xususiyatlari. 

Ma’lum refleks amalga oshishida yoki biror funksiya bajarilishida bir guruh 

neyronlar  ishtirok  etadi.  Bir  guruh  neyronlarning  funksional  birikmasi  nerv 

markazi deb ataladi.  

Nutq  funksiyasi,  lablar,  hiqildoq  harakat  muskullarining  nerv  markazlari 

uzunchoq  miya,  o‘rta  va  bosh  miya  katta  yarim  sharlari  po‘stlog‘ida  joylashgan. 

So‘zlar  ma’nosi  tushuniladigan  nerv  markazi  bosh  miya  katta  yarim  sharlarining 

chakka  qismida  joylashgan.  Bu  markaz  shikastlanganda  odam  so‘zlar  ma’nosini 

tushunish  qobiliyatini  yo‘qotadi.  Peshona  qism  shikastlanganda  odam  nutqni 

tushunadiyu, lekin gapira olmaydi.  

Nerv  sistemasi nerv tolalaridan keladigan  turli  xildagi tashqi, ichki  ta’sirni 

qabul  qiladi.  Reflekslarning  nerv  markazlari  nerv  sistemasining  turli  joylarida 

o‘rnashgan. Bitta neyron bir necha refleksda ishtirok etib,  turli nerv markazlarida 

qatnashishi  mumkin.  Masalan,  til  muskullarini  ta’minlovchi  neyronlar  chaynash, 

yutish  va  nutq  organlarining  reflektor  harakatlarida  ishtirok  etadi.  Ba’zi 

reflekslarning  yuzaga  kelishida  nerv  sistemasining  turli  bo‘laklaridagi  nerv 

markazlarining  neyronlari  qatnashadi.  Masalan,  nafas  olish  va  nafas  chiqarish 

reflekslarida uzunchoq miyadagi neyronlar bilan birga, orqa miya, bosh miya katta 

yarim sharlaridagi neyronlar ham ishtirok etadi.  

Nerv  markazlari  qo‘zg‘alish,  tormozlanish,  uyg‘unlashuv,  transformatsiya, 

mayinlik,  kislorod  tanqsligiga  chidamsizlik,  dominanta,  irradatsiya  va  boshqa 

fiziologik xususiyatiarga  ega. Nerv  hujayralari  boshqa  tirik  hujayralar  kabi  tashqi 

va ichki muhit omilari, ya’ni ta’sirlovchilar ta’sirida tinchhk holatidan faol holatga 

o‘tish  xususiyatiga  ega.  Bu  nerv  hujayralarining  muhim  xususiyatlaridan  biri 

qo‘zg‘alishdir.  Qo‘zg‘alish  tufayli  ta’sirga  tezda  javob  reaksiyasi  paydo  bo‘ladi. 

Qo‘zg‘alish vaqtida to‘qimada funksional, fizik-kimyoviy hodisalar sodir bo‘ladi.  

Qo‘zg‘alish  kabi  markaziy  nerv  sistemasida  har  qanday  reflektor  faoliyati 

natijasida  tormozlanish  jarayoni  yuzaga  chiqishi  mumkin.  Bundan  tashqari  nerv 

sistemasining turli bo‘limlaridan qo‘zg‘alish to'lqinlari refleks markaziga bir vaqtd 

kelsa refleks tormozlanadi. Ko‘pgina reflekslar bosh miya ta’sirida tormozlanishi 

mumkin.  Masalan,  ixtiyoriy  muskullar  ishtiroki  bilan  bo'ladigan  siydik  chiqarish, 

ko‘zni  ochib-yumish  reflekslarni  vaqtincha  to‘xtatishi  mumkin.  Yana,  og‘riqdan 

tishni tishga qo‘yish, kulmashk uchun labni tishlash va h.k. Tormozlanish jarayoni 

1862-yilda ulug‘ rus olimi I.M. Sechenov tomonidan kashf etilgan.  

Nerv  sistemasining  har  bir  sohasi, har  bir  tirik  hujayra  tashqaridan  bo‘lgan 

ta’sirga  qo‘zg‘alish  yoki  tormozlanish  bilan  javob  qaytaradi.  Markaziy  nerv 

sistemasidagi  qo‘zg‘alish  va  tormozlanish  jarayonlari  o‘zaro  va  makonda  ta’sir 

etadi,  ya’ni  markaziy  nerv  sistemasidagi  turli  markazlar  o‘zaro  bog'lanadi.  Nerv 




sistemasida  qo‘zg‘alish  jarayoni  tormozlanish  jarayoni  bilan  almashinib, 

qo‘zg‘alish  tormozlanishga,  tormozlanish  qo‘zg‘alishga  o‘tib  turadi.  Qo‘zg‘alishi 

va tormozlanishining nerv sistemasi markazlarida tarqalishi irradiatsiya deyiladi  

Qo‘zg‘alish,  tormozlanishning  yoshga  xos  xususiyatlari.  Bola  tug'ilgandan 

keyin  markaziy  nerv  sistemasi  tashqi  muhit  ta’siri  va  hulq-atvor,  nutq  tufayli 

rivojlanib  boradi.  Yangi  tug'ilgan  va  kichik  bog‘cha  yoshidagi  bolalarning  nerv 

sistemasida  qo‘zg‘alish  jarayoni  tormozlanish  jarayonidan  ustun  turadi.  Harakat 

markazlari orqa  va  bosh  miyada  tez qo‘zg‘alish xususiyatiga ega,  shu  sababli bu 

yoshdagi bolalar serharakat va his-hayajonga to‘la bo‘ladi.  

Bolalarda  shartli  refleks  hosil  bo‘layotgan  davrda  qo‘zg‘alish  shu  shartli 

refleksni  hosil  qiluvchi  analizatorlar  markazlariga  tarqaladi.  Shartli  refleksning 

hosil bo‘lishi va mustahkamlanishi bilan shartli ta’sirlovchiga taaluqli markazlarga 

tarqalmaydi.  Masalan,  bolada  birorta  tovushga  shartli  refleks  paydo  bo‘lsa,  shu 

tovushga  yaqin  tovushlar  ham  shartli  ta’sirlovchi  kabi  ta’sir  etib,  shartli  refleks 

hosil  qiladi.  Shartli  refleks  qancha  mustahkam  bo‘lsa,  qo‘zg‘alish  shuncha  kam 

tarqaladi.  

Go‘daklarda  qo‘zg‘alish  bog‘cha  yoshidagi  bolalardagiga  nisbatan  ancha 

keng tarqaladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda qo‘zg‘alish markazlari tez almashinib 

turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror  bo‘lib, 

uzoq  davom  etmaydi.  Bolaning  yoshi  orta  borar  ekan,  dominanta  markazlarida 

vujudga  kelgan  qo‘zg‘alish  barqaror  bo‘lib,  uzoq  vaqt  qo‘zg‘alib  turadi  hamda 

ta’sirlar yig‘indisi ortadi. Yangi tug'ilgan bolada ovqatga dominanta paydo bo‘ladi. 

Asta-sekin  ayrim  ta’sirga  dominanta  markazlari  vujudga  kela  boshlaydi. 

Dominanta  markazlari  turg‘un  bo‘lmaydi  va  dominanta  uzoq  davom  etmaydi. 

Bolalar  nerv  sistemasida  moddalar  almashinuvi  jadal  kechishi  tufayli  nerv 

markazlari kislorod tanqisligiga juda sezgir bo'ladi.  


Download 398,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish