2. Nazariy qisim mis va uning asosiy hossalari



Download 22,5 Kb.
Sana01.04.2022
Hajmi22,5 Kb.
#522462
Bog'liq
Misni payvandlash mustaqil ish


Misni payvandlash

1.Kirish.


2. Nazariy qisim.


- mis va uning asosiy hossalari
- misning payvandlanuvchanligi

3. Texnologik qism.


- misni elektr yoyi bilan payvandlash

Misning payvandlanuvchanligi. Misning issiqlik o`tkazuvchanligi yuqori bo`lganligi uchun , suyuq holatda tez oquvchanligi hamda payvandlash vaqtida darzlar hosil qilishiga juda moyilligi sababli u yomon payvandlanadi.


Uy temperaturasida misning issiqlik o`tkazuvchanligi temirning issiqlik o`tkazuvchanligidan 6 marta ortiq , shu sababdan mis va uning qotishmalarini oshirilgan pogon issiqlik energiyasida , ko`pchilik hollarda asosiy metallni oldindan va peshma-pesh qizdirib payvandlash usuli qo`lanadi.
Mis qattiq holatdan suyuq holatga o`tganida ancha miqdorda issiqlik (yashirin suyuqlanish issiqligi ) ajratib chiqaradi , shu sababdan pavandlash vannasi po`latni payvandlashdagiga nisbatan suyuq holatda uzoqroq turadi.
Misning oquvchnligi juda yuqori bo`lgani uchun vertikal, gorizontal va ayniqsa , ship holatda payvandlash qiyinlashadi.
Vodorod kislorod ishtirokida misning hossalariga salbiy ta`sir qiladi. Payvandlashning yuqori temperaturasida misga kirgan vodorod mis oksididagi kislorod bilan reaksiyaga kirishib (СuO+H220+Сu) suv bug`ini hosil qiladi , u kengayishga intilib mayda darzlar hosil qiladi . Misni payvandlashdagi bu hodisa “vodorod kasalligi” deb ataladi. Mis asosiy metallni qizdirmay qoplamali mis elektrodlar bilan payvandlanilsa (tez sovib), issiq darzlar hosil bo`ladi.
Biroq sekin sovish ta`minlaydigan qizdirib payvandlashda, suv bug’i metal qotguncha chiqib ketadi. Suv bug’ining o’z qismi payvandlash shlagi bilan chok metali qatlamlari orasida qoladi. Natijada chok metalning sirti shlak olib tashlang’ach, mayda-mayda chuqurchali “cho`tir” bo`lib qoladi , buni chok metalini juda sekin sovitib yo`qotish mumkin.
Payvandlanadigan mis kislorod qancha ko`p bo`lsa , “vodorod kasalligi” ko`proq vujudga keladi.
Misdagi aralashmalardan mishyak , qo`rgoshin, surma, vismut va oltingugurt misning payvandlanishini yomonlashtiradi. Amalda ular misda erimaydi, biroq mis bilan oson suyuqlanadigan ximyaviy birikmalar hosil qiladi , bu birikmalar erkin holatda bo`lib , donalar chegarasiga joylashib oladi va atomlararo bog`lanishni bo`shashtiradi . Natijada sovush protsessida cho`zuvchi cho`kish kuchlari ta`siri ostida payvand birikmada issiq darzlar hosil bo`ladi. Shu sababdan bunda zararli aralashmalar - kislorod , vismud , qo`rg`oshinning misdagi va payvandlash matereallaridagi miqdori 0,03% dan , juda mas`uliyatli payvand buyumlar uchun 0,01% dan oshmasligi kerak.
Misning chiziqli kengayish koyffisinti temirning chiziqli kengayish koyffisintidan katta , shu sababdan mis va uning qotishmalaridan yasalgan konstruksiyalarini payvandlashdagi payvandlash deformatsiyasi po`latlarni payvandlashdagidan ortiq bo`ladi.

Misni payvandlash hillari . Misdan payvand konstruksiyalar tayyorlashda suyuqlashtirib qoplab payvandlashning quyidagi xillari;ko`mir elektrod bilan yoy yordamida payvandlash, suyuqlanadigan elektrod bilan payvandlash, flyus ostida va himoya gazlarida payvandlash. Gaz alangasida payvandlash, keng qo`llaniladi.


Tehnologik qisim


Misni elektr yoyi bilan payvandlash misning issiqlik o`tkazuvchanligi juda yu`qori bo`lganligi uchun oshirilgan payvandlash to’kida bajariladi. Payvandlanadigan detallarning qirralari minglab zazor bilan biriktiriladi, bunga sabab mis suyuq holatda juda oquvchan bo`ladi .Bazan po`lat ostquyma ustida ham payvandlaniladi .


6 mm dan qalin mis listlari oldindan 150-250 0C gacha qizdirib payvandlanadi . Yupqa listlar (5mm dan yupqa) payvandlab bo`lingach , sovuqlayin, qalin listlar (5-20 mm ) 200-400 0C * temperaturada bolg’alaniladi. Misni bog`lash uchun uni 400 0C dan yuqori temperaturagacha qizdirish tavsiya etilmaydi, mis yuqori temperaturada mo`rtlashadi .
Bolg’alanish sferik muhrali bo’lg’a bilan bajariladi. Bolgalash payvand birikmaning ikkala tomonidan chokka perpendikulyar ravishda bajariladi; bunda dastlab suyuqlanish zo’nasi , keyin chokning o`rta qismi va ohirida termik ta`sir zonasi bolg’alaniladi, hadeb bir erni bolgalash yaramaydi , chunki darz hosil bo`lish mumkin .
Payvand birikma metallga qovushoqlik va plastiklik berish uchun bolgalab bo`lingach , uni 550 - 600 0C temperaturagacha qizdirish va suvda tez sovutish lozim. Bu termik ishlov metallning mayday donali tuzilishni ta`minlaydi .
Mis listlarini po`lat ost quyma ustiga qo`yib , uchma-uch ko`mir elektrod bilan payvandlash rejimlari quydagicha :



Metal qalinligi , mm

1

2

4

6

8

10

Ko`mir elektirod diametri ,mm

5

6

6

8

8

10

Ko`mir elektirod diametri ,mm

140-190

200-280

300-400

190-250

300-400

450-500

Qalin listlarning qirralari 60-90 burchak ostida qiya qilib tayyorlanishi kerak.


Payvandlash uzun yoy bilan (10-15mm) bajariladi , shundagina elektirod va qo`shimcha simni boshqarish qulay bo`ladi. Qo`shimcha sim uchi elektirod uchi bilan suyuqlangan vanna o`rtasida unga botmay turish kerak qo`shimch metall bilan buyum o`rtasidagi masofa ozgarmas va minimal kattalikda bo`lish kerak bu masofa kattalashsa, metall ko`p sachraydi va chok hosil bo`lishi qiyinlashdi.
Payvandlash uchun yoy kuchlanishi 40-50 V bo`lgan to`gri qutbli ozgarmas tok ishlatiladi. Teskari qutbli tokda ko`mir (grafik ) elektirod yonmaydi va yoy juda qisqa bo`lganida uni saqlab turish mumkin .

Qo`shimcha material sifatida fosforli bronzadan , kremniyli bronzadan ,fosforli misdan quydagi tarkiblarda tayyorlangan simdan foydalaniladi:


Kalaiy Fosfor Rux Temir Marganets


Kremniy Mis

Fosforli bronza…


1,5-10,5 0,15-1,0 ------------ qolgani

Kremniyli bronza …


2,0-0,2 0-2,5 0-1,25 1,0-4,0 --------- qolgani

Fosforli mis …


- 4-8 ------------- qolgani

Metallni oksidlanishidan saqlash va mis oksidi hamda boshqa oksidlarni chiqarib yuborish uchun payvandlash vaqtida quydagi tarkibli fulyuslar (%larda) ishlatiladi.


Fulyus nomeri… 1 2 3 4


Borat kislota . . . - 50 10-20 -
Qizdirilgan bura … 100 50 60-70 50
Fosfor kislota … - - - -
Natriy kislotasi… - - - 15
Kremniy kislota… - - - 15
Pista ko`mir… - - - 15
Osh tuzi … - - 20-30 -
Fosforli bronza chziqlar bilan payvandlashda flyus sifatida 94-69% bura 6 -4 % magniy metal kukinidan foydalanish mumkin . Flyus yoriqqa va chiziqqa sepiladi. Oksidlanishdan saqlash va metal donalarining yiriklashshini oldini olish maqsadida payvandlash tez va bir o`tishda bajariladi.

Mis qoplamali metal elektrodlar bilan payvandlashda yahshi natijaga erishish uchun mis tarkibidagi kislorod miqdoro 0,01% dan ortiq bo`lsa payvand brikmalarining mehanikaviy hossalari yomonlashadi. Misni payvandlashda “Komsomolets-100” markali elektirodlar islatiladi “Komsomolets-100” elektirodning qoplamasining tarkibida : plavik shpati -12,5 % dala shpati-15 % ferromargenets Mp 1, Mp 2 – 47,5% , kremniyli mis - (73-75% mis ,23-25% kremniy , ko`pi bilan 1,5 % aralashma)-25% bor .


“Komsomolets-100” elektirodlari bilan payvandlash rejimlari quydagicha :

Metal qalinligi ,mm


Elektirod diametiri, mm
Tok A
3 gacha 3 150-200
3-5 4 250-300
5 dan ortiq 5 350-450
5 dan ortiq 6 500-600

Mis teskari qutiblilikdagi o’zgarmas tok bilan pastki holatda payvandlanadi. 6 mm dan qalin listlarni payvandlashda asosiy metal payvandlash oldidan 300-400 0C temperaturagacha qizdirib olinishi kerak .


Qalinligi 10 mm gacha bo`lgan mis listlari gaz alangasi bilan payvandlash metalning har bir mm qalinligiga 150 dm3 atsetelin/soat quvvat bilan bajariladi. Bundan qalin listlar uchun metlning 1 mm qalinligiga 200 dm3/ soat atsetelin sarflanadi. Payvandlashni yaxshsi ikki tomondan ikkita gorelka bilan birdaniga payvandlash vannasida mis oksidi hosil bo`lishiga yo`l qo`ymasdan bajarish lozim . Misni uglerodga boyitadigan alanga bilan payvandlashga ruxsat etilmaydi, chunki quydagi reaksiyalar natijasida CO + Cu20 = CO 2 + 2Cu va H2 + Cu20 = H20 + 2 Cu CO2 H20 gazlari vujudga kelib, g’ovaklar hamda chokda darzlar haosil qiladi.
Chok bir qatlam bilan to’ldiriladi. Ko’p qatlamli qilib gaz alangasida payvandlash metalni kuydiradi va chok metalida darzlar hosil qiladi. Misni kuyishdan saqlash uchun payvand birikmalarini yuqori temperaturada tez payvandlanib , tez sovutish lozim.
2 mm gacha qalinlikdagi metal qo’shimcha materiallarsiz uchma-uch qilib , 3 mm va undan qalin listlar qirralarini 1,5-2 mm to`qmoqlab, 90 C burchak hosil qiladigan qilib , Y – simon qilib payvandlanadi. Qalin mis listlar qirralarini X – simon qilib vertikal holatda ikkala tomondan ikkita gorelka bilan uchma-uch payvandlanadi.

Bunda qo`shimch sim sifatida sof mis ishlatiladi. Yoki tarkibida 0,2% gacha fosfor va 0,15-0,30% gacha kremniy bo`lgan mis ishlatiladi. Sim diametiri payvandlanadigan listlar qalinligiga qarab 1,5 da 8 mm gacha tanlanadi : diametri 8 mm li sim qalinligi 15 mm va undan qalin listlarni payvandlashda ishlatiladi.


Kukinsimon fulyusni atsetilin so`rib , so`ngra V N I I avtogenmash ishlab chqqan KGF- 2- 66 markali mahsus qurilma orqali gorelka alangasiga uzatib , gazflyus vositasida payvandlash qo`llanilganda payvand brikma yuqori sifatli chiqadi.
Payvand konstruktsiyalarini bog’lash ularning mexanikaviy hossalarini yahshilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar


Волховитинов Н. Ф. Металловедение и термическая обработка. ≪Машиностроение


≫, г. Москва, 1965 г.
Ва сил ь е в Г. Л. Металлар технологияси (металларни пайвандлаш, кавшарлаш
ва кесиш). ≪Ук,итувчи≫, Тошкент, 1965 й.
Г л и з м а н е н ко Д. Л. Металларни пайвандлаш ва кесиш. ≪Укитувчи≫, Тошкент.
1971 й.
Мирбобоев В.А. Конструкцион материаллар технологияси.1992. Тошкент.

Xulosa.



Men ushbu mustaqil ishni bajarish davomida misni qanday sharoitda payvandlash mumkinligini, uning xossalari,tehnologik jarayonlari,payvandlash rejimlari haqida bilib oldim.Misni payvandlanishiga ta’sir etuvchi omillar, uni kislorod bilan reaksiyaga kirishib oksidlanishi ,”vodorod kasalligi”, payvandlanganda darzlar hosil bo’lishi,misni payvandlanishiga yomon ta’sir etuvhchi elementlar, shuningdek misni payvandlash turlarini o’rgandim.
Download 22,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish