3-bosqich
Yakunlovchi
(10 min)
3.1.Mavzu
maqsadiga
erishishdagi
talabalar
faoliyati
tahlil qilinadi va baholanadi.
(Elektron
kitobning
mobil
ilovasidagi nazorat savollariga
javob berishdagi qiyinchilik va
xatoliklar tahlil qilinadi)
Tinglaydilar,
baholaydilar
beradilar.
o’z-o’zini va
savolla
r
3.2.
Mavzu
bo’yicha
yakunlovchi xulosalar qiladi.
Tinglaydilar.
3.3. Mavzu bo’yicha mustaqil
o’rganish uchun topshiriqlar
beradi.
(6-ilova)
Topshiriqlarni
yozib
oladilar.
Mazkur ma’ruza mashg’ulotining mavzuga kirish bosqichida, o’tilgan mavzuni
takrorlash uchun Kahoot onlayn servisida tayyorlangan test savollari proyektor orqali
auditoriyadagi ekranda namoyish etiladi.
Talabalar esa o‘zlaridagi mavjud Internet tarmog’iga ulangan ixtiyoriy qurilma:
telefon yoki planshet orqali berilgan savolning javobini tanlaydilar. Tezkor savol –
javoblar viktorinasida ishtirok etish uchun kahoot dasturining mobil ilovasini ochish
yoki brauzer orqali
http://kahoot.it
manziliga kirib, o’qituvchi kompyuterida taqdim
etilgan maxsus PIN-kodni kiritish kerak. Ushbu servisning yana bir xususiyati,
talabalarning yakka tartibda yoki jamoaviy bo’lib ishtirok etishlari imkoniyatining
mavjudligidir. Barcha talabalar seansga qo’shilgach, “start” tugmasi bosilganda,
76
ishtirokchilar uchun umumiy savol va 4 ta javob variantlari bosh ekranda ko’rinadi.
Har bir javob varianti bir – biridan turli geometrik figura va rang bilan ajratilgan
bo’ladi. Talabalarning qurilmalarida esa faqatgina javob variantlarining maxsus belgi
va rangi aks ettiriladi. Hamma savolga javob berilib, seans tugatilgandan so’ng eng
yuqori ball to’plagan ishtirokchi ismi (nickname), to’plagan balli avtomatik ravishda
servis tomonidan taqdim etiladi.[22]
Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning asosiy bosqichida yangi mavzuni
an’anaviy tarzda bayon etishga qo’shimcha ravishda talabalarga taqdim etilgan
elektron kitobning mobil ilovasidan ham foydalaniladi. Bunda zarur holatlarda
talabalarga o’z mobil qurilmalari orqali maxsus yaratilgan elektron kitobning mobil
ilovasini ochish va undagi ma’lum bir ma’lumotlarni mustaqil yoki juftlikda o’rganib
tahlil qilish taklif etiladi. Mazkur ilova talabalar uchun darsdan tashqarida ham
foydalanish, ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy joyda mavzuni takrorlashda qo’l keluvchi
doimiy yo’riqnoma, yordamchi adabiyot vazifasini ham o’taydi.
Dars mashg’ulotlarida mobil texnologiyalardan foydalanilgandan so’ng
o’qituvchi tomonidan mobil texnologiyalar foydalanuvchilari uchun auditoriya
sharoitida o’tkazishga mo’ljallangan maxsus sog’lomlashtiruvchi kundalik yoga
mashqlarini bajarish taklif etilishi maqsadga muvofiq. Sababi, mazkur mashqlar
mobil texnologiyalardan noto’g’ri foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan quyidagi salomatlik bilan bog’liq muammolarni oldini olishda muhim rol
o’ynaydi:
«Journal of Optometry and Vision Science»[63] jurnali mobil
texnologiyalar foydalanuvchilari mobil qurilmalaridagi ma’lumotlarni juda yaqin
masofada ko’rishlari va mutolaa qilishlari sababli ularning ko’rish qobilyatlari
pasayishi haqida ma’lumot tarqatdi. Ushbu jurnalning 129 nafar inson ishtirokida
o’tkazgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, ularning birontasi ham «1,2,10»
qoidasiga rioya qilishmas ekan.
77
Do'stlaringiz bilan baham: |