2 mundarija


– amaliy mashg‘ulot (4 soat)



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/89
Sana10.07.2022
Hajmi3,9 Mb.
#769074
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89
Bog'liq
SHISHA VA KERAMIKA (2)

7– amaliy mashg‘ulot (4 soat) 
Keramik buyumlar turlari ishlab chiqarish texnologiyasi;
 
 
O’zbekistonda barpo etilgan keramika sanoatining yirik korxonalari qatoriga 
nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik 
yodgorlik buyumlari, Andijon, Chimboy, G’ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik 
buyumlari zavodlari, Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari 
kombinati kiradi. 
2. Keramika va olovbardosh buyumlar ta’rifi. 
Keramika so’zi grekcha keramike - kulol san’ati ma’nosini anglatadi. U aslida 
yunoncha keramos - tuproq, sopol, kuydirilgan gil so’zidan kelib chiqqan. 
Keramika - maxsus tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar aralashmasidan 
hosil qilingan aralashmani pishitib, undan tayyorlangan va keyin qattiq qizdirib 
hosil qilingan mahsulotdir. 
Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo’yicha ishlab chiqarilgan va 
olovbardoshligi 1580°C dan kam bo’lmagan keramika buyumi. 
3. Keramika va olovbardosh buyumlar klassifikastiyasi. 
Keramika buyumlari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom-ashyo turi 
yoki pishgan mahsulotning fazaviy tarkibiga ko’ra klassifikastiyalanadi. 
Keramika buyumlari iste’mol (tatbiq) etish oblastiga ko’ra uch katta qismga 
bo’linadi:
1) qurilish va sanoat qurilishi materiallari;
2) texnika materiallari;
3) maishiy-xo’jalik materiallari. 
Qurilish va sanoat qurilish materiallari davrasiga qurilish keramikasi 
mahsulotlari va o’tga chidamli materiallar kiradi. Qurilish keramikasi devorbop, 
tomga va fasadga oid keramika, pol plitkasi, kanalizastiya uchun ishlatiladigan 
sopol quvurlar, kimyoviy chidamli keramika, filtrovchi kovak keramika, keramzit, 
agloporit va sanitariya qurilish sopol buyumlaridan tashkil topgan. Ularga 
quyidagicha talqin berish mumkin: 
-
qurilish keramikasi mahsulotlari - mayda va yirik donali keramika 
massalari asosida olingan va qurilishda ishlatishga mo’ljallangan g’isht va 
cherepista kabi materiallar; 
-
devorbop keramika buyumi - oddiy tuproqdan yasalgan, yuqori haroratda 
ishlov berish yo’li bilan olingan va devor yasash uchun xizmat qiladigan mahsulot; 
-
tombop keramika buyumi - tuproq asosida yasalgan va temir tunka 
o’rnini bosuvchi qurilish keramikasi mahsuloti; 
-
drenaj uchun ishlatiladigan keramika buyumi - keramika massalari 
asosida yuqori harorat berish yo’li bilan olingan va metall quvirlarning o’rnini 
bosuvchi mahsulot; 
-
tashqi yuza keramikasi - tashqi pardozlash uchun ishlatiladigan yuzali 
tosh, g’isht va koshinlar; 
-
ichki pardozlash keramikasi - ichki pardozlash uchun ishlatiladigan 
koshinlar, izrazsti va boshqa buyumlar; 
-
effektiv g’ovak keramika - keramzit, agloporit, graviy kabi g’ovak 
keramika materiallari; 


179 
-
sanitariya-texnika buyumi - keramika texnologiyasi asosida yasalgan 
vanna, rakovina, unitaz va boshqalar; 
-
qurilishning qadimiy va oddiy materiali - tuproq asosida yasalgan va 950-
1000 °C li haroratda kuydirib olingan g’isht; 
- sun’iy qurilish keramikasi - Markaziy Osiyo va boshqa issiq iqlimli erlarda 
tuproq asosida yasalgan va kuydirish yo’li bilan olingan qurilish g’ishtisimon 
mahsulotlar. 
Texnikada qo’llanuvchi materiallar asosan texnika keramikasi gruppasiga 
mansub. Texnika keramikasi 6 tur mahsulotlarni o’z ichiga oladi: yuqori o’tga 
chidamli 
oksidlar 
keramikasi, 
elektroizolyastiyaga 
moyil 
silikatli 
va 
alyumosilikatli keramika, yuqori dielektrik o’tkazuvchanligiga ega bo’lgan 
keramika, magnit xossalariga ega bo’lgan keramika, baland haroratda eriydigan 
kislorodsiz birikmalar asosidagi keramika va kermatlar. 
Maishiy xo’jalik buyumlari asosan nafis keramika gruppasidan tashkil topgan. 
Nafis keramika buyumlari 2 turga - chinni va sopol buyumlariga bo’linadi. 
Keramika mahsulotlari tayyorlov usuli, ishlov berish xili, strukturasi, qattiq 
mayda zarrachalarining bir-biriga yopishib qolishi, sirlanganligi, yuzasining 
ko’rinishi, shakli va o’lchami, o’tga va kislotaga chidamliligi asosida ham qism, 
gruppa va turlarga bo’linadi. 
Tayyorlov usuliga ko’ra, masalan barcha o’tga chidamli buyumlar shliker 
yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllangan, yarim quruq presslangan, plastik 
bo’lmagan kukunsimon massadan zichlashtirilgan, tog’ jinsi va quyma bloklardan 
arralangan buyumlarga ajraladi. Termik ishlov berish xiliga qarab esa ushbu 
mahsulotlar kuydirilmagan (monolit tosh), kuydirilgan (shamot g’ishti) va eritib 
qo’yilgan (quyma kvarst ) mahsulotlarga bo’linadi. 
Keramika mahsulotlari quyma badiiy bezaklangan, naqshlangan, silliqlangan, 
emal bo’yoqlar bilan badiiy bezaklangan buyumlardan tashkil topgan bo’lishi 
mumkin. 
Sindirib ko’rilgan yuzaning xarakteri (strukturasi) bo’yicha barcha buyumlar 
ikkiga - mayda tolali tuzilishga ega bo’lgan va yirik tolali tuzilishga ega bo’lgan 
buyumlarga ajraladi. Keramika buyumlari shuningdek sirlangan va sirlanmagan 
bo’lishlari mumkin. Tashqi muhit ta’siridan saqlash va dekorativ tus berish uchun 
buyumlar (masalan, sopol va chinni, ichki va tashqi pardozlash plitkalari, yuzali 
g’isht va kanalizastiya quvurlari) sir bilan qoplanadi. 
Keramika buyumlari o’tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga 
ajraladi: 
1. Oddiy keramika buyumi va materiallari - qurilish g’ishti, sopol, chinni, 
koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580°C li haroratda o’zgaradi. Odatda 
qurilish g’ishti 1250°C dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1400-1500°C dan 
yuqori haroratda eriydi. 
2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari - shamot, dinas g’ishti va 
boshqalar. Ular 1580°C li haroratda ham o’z shaklini o’zgartirmaydi. 
Keramika buyumlari xom-ashyo va kuydirish temperaturasiga ko’ra 2 klassga 
ajraladi: 
5.
Suv yutuvchanligi 15% gacha bo’lgan va qisman pishgan serkovak 
buyumlar klassi - devorbop, tombop va pardozlash materiallari; 
6.
Suv yutuvchanligi 0,5% dan yuqori bo’lmagan va batamom pishgan 
zich zarrachali buyumlar klassi - chinni, texnika keramikasi va boshqalar. 


180 
Olovbardosh materiallar klassifikastiyasiga kelsak, ular kimyo-mineralogik 
tarkibga ko’ra quyidagicha turlanadi: 
6.
Kremnezemli buyumlar - dinasli olovbardosh buyumlar va kvarst 
shishasi asosida olingan buyumlar; 
7.
Alyumosilikatli buyumlar - yarim nordon g’isht, shamot g’ishti va 
yuqori glinazyomli buyumlar; 
3. Magnezialli buyumlar - magnezialli o’tga chidamli buyumlar va 
magnezialli-ohakli (dolomitli) buyumlar; 
27.
Magnezial - shpinelli buyumlar - magnezit-xromitli o’tga chidamli 
buyumlar, shpinelli buyumlar va boshqalar; 
28.
Magnezial-silikatli buyumlar - forsteritli o’tga chidamli buyumlar va 
boshqalar; 
29.
Uglerodli buyumlar; 
30.
Karbid kremniyli buyumlar; 
31.
Цirkonli buyumlar - baddelitli va stirkonli olovbardosh buyumlar; 
32.
Oksidli buyumlar - berilliyli, magniyli, kalstiyli va boshqa oksidli 
olovbardosh buyumlar; 
10. Kislorodsiz buyumlar - nitridli, boridli va boshqa olovbardosh 
buyumlar. 

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish