140
11 Rasm. Cherepista ishlab chiqaruvchi stexning texnologik tizimi.
1-maydalagich; 2-kengayuvchan modda (shamot, qum, chiqindi) bunkeri; 3-
elevator; 4-elash jihozi; 5-maydalangan kengayuvchan modda bunkeri; 6-
ta’minlagich; 7-yashikli uzatuvchi; 8-konveyer; 9-SM-346 yoki CM 447H rusumli
par namlagichli tuproq aralashtirgichi; 10-SM-21B markali namli unlash beguni;
11-SM-859 markali tuproq ezgilagich; 12-ishlov berilgan massa saqlagich; 13-
CM-446 va SM-683 vakuum-presslar yoki SM-34 va SM-35 presslari; 14-CM-84
va SM-665 markali kesuvchi-joylovchi apparatlar; 15-tunnel quritgich; 16-tunnel
pechi.
Cherepista loyi qoliplashdan oldin yaxshilab ezilganligi va
biroz vaqt namli
muhitda saqlanganligi tufayli uning tabiiy tuzilishi o’zgaradi, mayinligi va
plastikligi ortadi. Cherepista loyining namligi 16-17% dan 20-22% gacha bo’ladi.
Cherepistalarning presslash jarayoni mexanizastiyalashgan bo’lib, u plastik
qoliplash usulida olib boriladi.
Cherepistani quritish yog’ochli yoki keramik ramkalarda kamerali va
tunnel quritgichlarda 36-80 soat davomida quritiladi. Tunnel quritgichdagi harorat
70-75
gradusni, quritish vaqti 36-40 soatni tashkil qiladi. Quritish vaqtini 24
soatgacha kamaytirish mumkin. Quritgichga yarim fabrikat 20% li namlikda kirib,
5-7% namlikda chiqib ketadi.
Tunnel quritgich o’lchamlari: uzunligi 30-36 m, eni 1,1-1,4 m va balandligi
1,5-1,7 m. 10 ryad polkali 1 ta vagonetkaga 192 dona nov (paz) li yoki 240 ta yassi
tasmasimon cherepista joylashadi. Tunnel ichida bir vaqtda 2688-3072 dona nov
(paz) li yoki 3360-3840 dona yassi cherepista joylashgan bo’ladi.
Quritishni kamerali quritgichlarda ham olib borish mumkin. Quritishni
saroylarida ham quritish ramkalariga o’rnatilgan holda olib borsa bo’ladi. Bu holda
1,3 hajmga 200 dona cherepistani joylasa bo’ladi. Bu hollarda quritish uzoq davom
etadi.
Quritilgan
cherepista sortirovka qilinib, o’z holatida yoki g’isht bilan
birgalikda joylanadi va kuydirish pechlariga jo’natiladi.
Cherepistani kuydirish jarayoni kamerali, xalqali va tunnel pechlarida 950-
1050°C haroratda 48 soat davomida o’tkaziladi. Kuydirish rejimi qurilish g’ishti
rejimiga juda o’xshab bo’lib, kuydirish boshida pechning quritish zonasida (120-
130°C atrofida) ko’p miqdorda suv ajralib chiqqanligi tufayli «mayin» va
ehtiyotlik bilan o’tkaziladi. Temperatura 1050°C ga yaqinlashganda ham ehtiyotlik
choralarini ko’rib xushyor turishlik darkor: harorat ozginagina oshishi bilan
cherepista chekkalari erib deformastiyaga uchrashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: