Hujjat aylanishini tashkil etish tartibi 51. Korxonaning buxgalteriya hisobida hujjatlarning harakati (ularni tuzish yoki boshqa korxonalardan olish, hisobga qabul qilish, ishlov berish, arxivga topshirish — hujjat aylanishi) grafik bilan tartibga solinadi.
52. Korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar hujjat aylanishi grafigini tuzish bo‘yicha ishni tashkil etadilar. Hujjat aylanishi grafigi korxona rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi
53. Grafik korxonada oqilona hujjat aylanishini ta’minlashi zarur, ya’ni har bir boshlang‘ich hujjatning harakati bo‘yicha ijro etuvchilarning maqbul sonini nazarda tutishi, hujjatning bo‘linmada eng kam muddatda bo‘lishini belgilashi lozim.
Hujjat aylanishi grafigi korxonada barcha hisob ishining yaxshilanishiga, buxgalteriya hisobining nazorat qilish funksiyasining kuchayishiga yordam berishi kerak.
54. Hujjat aylanishi grafigi korxonaning har bir bo‘linmasi, shuningdek barcha ijro etuvchilar tomonidan ularning o‘zaro bog‘liqligini va ishlarni bajarish muddatlarini ko‘rsatgan holda hujjatlarni tuzish, tekshirish va ularga ishlov berish bo‘yicha bajariladigan ishlarning sxemasi yoki ro‘yxati ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Mazkur Nizomning 3-sonli ilovasida ishlar ro‘yxati ko‘rinishidagi namunaviy hujjatlar aylanishi grafigi keltirilgan.
55. Korxona xodimlari o‘zlarining faoliyat sohasiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni hujjatlar aylanishi grafigi bo‘yicha tuzadi va taqdim etadi. Buning uchun xar bir ijrochiga grafikdan ko‘chirma beriladi. Ko‘chirmada ijrochining faoliyat sohasiga tegishli hujjatlar, ularni taqdim etish muddatlari va ushbu hujjatlar taqdim etiladigan korxona bo‘linmalari ko‘rsatiladi.
56. Hujjatlar aylanishi grafigiga rioya qilish bo‘yicha javobgarlik, shuningdek hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tuzish, buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish uchun ularni o‘z vaqtida taqdim etish, hujjatlardagi mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi bo‘yicha javobgarlik ushbu hujjatlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Xulosa Biz " Menejmet " ta'lim yo'nalishi talabalari kurs davomida mutaxassisligimiz bo'yicha olgan nazariy bilimlarimizni mustahkamlash chuqurlashtirish va amaliy tajriba va ko'nikmalarimizni shakllantirish maqsadida Tanishuv amaliyotini ikki oy davomida o`tadik . Men tanishuv amaliyotini tanishuv amaliyoti dasturi bo'yicha olib bordim va amaliyot dasturi rejasida ko'rsatilgan vazifalarni o'z vaqtida amalga oshirdim . Men tanishuv amaliyoti davrida korxonadagi amaliyot rahbarim boshchiligida " Oqdaryo express service 007 MchJ" faoliyati bilan tanishdim . " Oqdaryo express service 007 MchJ" faoliyati bilan tanishish davomida uning asosiy ko'rsatkichlarini o'rgandim . Shuningdek , korxonaning huquqiy maqomi , ta'sis hujjatlari va tashkiliy tuzilishini o'rganib chiqdim va o'z amaliy ko'nikmalarimni hisobotimda yoritdim . " Oqdaryo express service 007 MchJ " ning umumiy strukturasi , boshqaruv organlari , bo'limlari va uning vazifalari hamda huquq va majburiyatlari haqida ma'lumotlar bilan tanishdim . " Oqdaryo express service 007 MchJ " da amaliyot rahbarim yordamida jamiyat buxgalteriyasi , buxgalteriya apparati strukturasi hamda buxgalterning funksional vazifalarini o'rgandim . " Oqdaryo express service 007 MchJ" da tanishuv ishlab chiqarish amaliyoti o'tash davrida olgan amaliy va nazariy ko'nikmalarim natijasida quyidagi takliflarni kiritdim. Korxona faoliyat doirasini kengaytirish ; Korxonada ish o'rinlari sonini oshirish ; · . Korxonada buxgalteriya bo'limini tashkil qilish . Yuqoridagi takliflar korxona faoliyatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi Keying amaliyotlarda korxona faoliyatini yanada chuqur o'rganamiz .
Adabiyotlar Ròyxati
1. Isakov J.Y " Buxgalteriya hisobi " T : " 2020 2. Azimov U " Buxgalteriya hisobi va audit" T : " Toshkent " , 2013 3. Sh.Sh. Shodmonov , U.V. G'ofurov . Iqtisodiyot nazariyasi . ( 2014 ) 4. E. Ergeshov . Iqtisodiy va moliyaviy tahlil . 5. M.Q. Pardayev . Iqtisodiy tahlil nazariyasi .( 2021 ) Foydalanilgan internet saytlari : 1. www.mf.uz 2. www.help.mdm.uz 3. www.arxiv.uz