2. Ish resursi
Nikel-temirli ishqorli batareyalarda ish resursi 500 dan 1000 siklgacha bo‘lsa (zaryad-razryad).
Zamonaviy kislotali akkumulyatorlar batareyasi uchun esa bu ko‘rsatgich 1500 siklni tashkil qiladi.
3. Akkumulyatorni zaryadlash paytidagi elektrenergiya iqtisodi
Kislotali akkumulyatorlar ichki qarshiligi ancha past bo‘ladi, shuning uchun, ularning F.I.K. yuqori bo‘ladi. SHuning uchun ularni zaryadiga ham ketadigan elektrenergiya shuncha kam bo‘ladi.
4. Elektrolit narxi
Ishqorli elektrolit narxi kislotali elektrolit narxidan taxminan 8-9 marta yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ishqorli elektrolit har yilda bir marta almashtirilishi shart, chunki u ish jarayonida o‘zining elektrolitlik xususiyatini yo‘qotadi.
5. Avariya holatlarga chidamliligi
Ishqorli akkumulyatorlarning ichki qarshiligi yuqori bo‘lganligidan ular qisqa tutashuvdad “qo‘rqmaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |