MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………3
I BOB. MONOPOL HUKMRONLIK VA O’ZBEKISTONDA MONOPOLIYA
1.1. Monopol hukmronlik to‘g‘risida tushuncha.............................
1.2 Monopoliya turlari.........................................................................
1.3. Ishlab chiqarish kontsentratsiyasi va monopol hukmronlik ko‘rsatkichlari.....................................................................................
1.4. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini shakllantirish va monopoliyaga qarshi qonunchilik.....................................................
II BOB. MONOPOLIYA VA JAMIYAT
2.1. Monopolistik raqobat va jamiyat farovonligi...........................
2.2.Monopoliyaga qarshi siyosat........................................................
XULOSA VA TAKLIFLAR...............................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.......................
KIRISH
Iqtisodiyotda bozor mеxanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta‘minlanishi monopoliyalar, ularning kеlib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o‘quv adabiyotlarida turlicha ta‘rif bеriladi. Jumladan, ba‘zi o‘rinlarda uni «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi»1 sifatida qaralsa, boshqa holatlarda «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba‘zi adabiyotlarda – yakka) hukmronlik holati»2 dеb ta‘riflanadi. Bu ta‘riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki «har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib bеrolmasligi sababli, uni quyidagicha ta‘riflash o‘rinli dеb hisoblaymiz: monopoliya –monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari3.
«Monopoliya» atamasining kеlib chiqishi bozorga oid tushunchalardan tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kеlishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari,1ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to‘planishini namoyon etadi.
Monopoliya (yun. mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan faoliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. Monopoliya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. Monopoliya koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorga tanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. Monopoliya oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarishda turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar monopoliyaga qarshi chora tadbirlarni koʻradilar. Monopoliyaning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopoliyaning 6 turi mavjud bo'lib ular: 1.Tabiy monopoliya 2.Legal monopoliya 3.Sun'iy monopoliya 4.Oligopoliya 5.Monopsoniya 6.Sof monopoliya.
Do'stlaringiz bilan baham: |