Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg‘ulot shakli
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot rejasi
|
Ma’ruzada oʻrganilgan nazariy bilimlarni takrorlash
2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. O’qish va yozuv darslarini taskil qilish va oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar
Tayyorgarlik davri «Alifbe» va yozuv darslarini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berish
|
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
|
Talabalarning savod o‘rgatish tayyorlov davri yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
|
O‘qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning savod o‘rgatish tayyorlov davri yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.
A)Savod o‘rgatish tayyogarlik davri «Alifbe» va yozuv darslari reja konspektini tayyorlashni o‘rgatish.
B)Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-muloxaza bildirishga o‘rgatish.
V) «Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilishga o‘rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1.Savod o‘rgatish tayyorgarlik davri «Alifbe» va yozuv darsi ishlanmasini tuza olish.
2.Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o‘z fikr-muloxazasini bildirish.
3. «Alifbe» darsligi va «Yozuv daftarlari»da berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Kuzatish,izlanish, savol-javob, klaster.
Kompyuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.
|
Ta’lim vositasi
|
Darslik, metodik qo‘llanma, komputer, proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Texnologik xarita
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Savod oʻrgatish tayyorlov davri oʻqish va yozuv darsi ishlanmasini tuzish), maqsadini, mashg‘ulot rejasini e’lon qilish.
|
1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa)
|
Metod. Aqliy hujum, suhbat.
«Savod o‘rgatish tayyorgarlik davri» yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi savollar asosida eslatiladi.
1.Savod o‘rgatish jarayoni qancha davom etadi va qanday davrlashtiriladi?
2.«Alifbegacha tayyorgarlik davri» ning maqsad va vazifalarini ayting.
3.Tayyorgarlik davrida beriladigan amaliy bilimlariniayting.
4.O‘quvchilarning fonematik eshitish qobilyati deganida nimani tushunasiz?
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(55 daqiqa)
|
1. Amaliy: mashg‘ulot ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1-qism
Mashg‘ulot tashkil qilinib, ta’limiy o‘yin o‘tkaziladi. Topshiriqqa 6 ta guruhdan bittadan talaba javob beradi. Javoblar mazmun jixatdan bog‘langan, xozirgi kun talabiga javob bera oladigan bo‘lishi lozim.
Har bir guruh uch daqiqa davomida o‘zaro maslahatlashib, eng ma’qul dars ishlanmasi va unga tayyorlangan ko‘rgazmani tayyorlaydilar.
Dars ishlanmalari eshitilgach, talabalar darsini tahlil qiladilar, ya’ni darsning mavzusi, maqsadining belgilanishi, dars qurilishi, tanlangan metod va ish turlari, ko‘rgazmalar haqida yutuq, kamchiliklarini aytadilar, fikr-mulohaza bildiradilar.
O‘qituvchi talabalarning javoblarini umumlashtiradi va tegishli tavsiyalarni beradi.
2-qism
Tayyorgarlik davri yozuv darsi ishlanmasi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda O‘qitish metodida modul shaklida olib boriladi. 6 ta guruhning har biriga ilovadagi topshiriq beriladi.
|
1. Ta’limiy o‘yinda ishtirok etadilar.
2. Tanlangan dars ishlanmasi asosida guruh tayyorgarlik davri «Alifbe» mini darsini o‘tadilar.
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|