9 - mavzu: Ishlab chiqarish omillari bozori
Reja
1. Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari.
2. Mehnat bozori, mehnat taklifi va mehnatga bo’lgan talab.
3. Raqobatlashgan, monopolistik va monopsonik mehnat bozorlari.
4. Asosiy va aylanma kapital mablag’lar
Tayanch so’z va iboralar: Mehnat munosabatlari, mehnat resurslari, mehnatga talab, mehnat taklifi.
1. Mehnat munosabatlari va mehnat resurslaridan foydalanish ko’rsatkichlari.
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’-mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo’lgan talab hosila talab bo’lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog’liq.
Ishchi kuchiga bo’lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) tala-bini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig’ib chiqiladi.
Faraz qilaylik, firma ishlab chiqarish omillaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqa-radi. Boshqaruvchi firmaga yana qo’shimcha qancha ishchi kuchini yollashni aniqla-moqchi. Buning uchun firma har bir qo’shimcha ishchi kuchini yollashdan qancha daro-mad olishni va ushbu birlik yollangan ishchi kuchidan foydalanish uchun qancha xarajat ketishini bilishi kerak bo’ladi.
Qo’shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo’shimcha daromad meh-natning chekli daromadliligi deyiladi va u orqali belgilanadi.
Mehnatning chekli daromadliligi MRPL ning iqtisodiy ma’nosi shundan iboratki, ya’ni u qo’shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini, qo’shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo’-shimcha daromad ga ko’paytirish orqali aniqlanadi:
MRPL = MP * MR
bu yerda MRPL - mehnatning chekli daromadliligi;
MP - mehnatning chekli mahsuloti;
MR- chekli daromad.
Ushbu muhim bo`lgan (1) munosabat iste′mol bozori raqobatlashganmi yoki yo`q-mi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o`rinlidir. Masalan, kapital bozori uchun: MRPK MPK * MR,
bu yerda MRPK - kapitalning chekli daromadliligi;
MPK - kapitalning chekli mahsuloti;
MR - chekli daromad.
Yer bozori uchun:
MRPt = MPt * MR
Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya’ni bo’lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi:
MRPL MPL P, (2)
Chekli daromadning kamayish qonuniga ko’ra, mehnatning chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, chizig`i narx o’zgarmasa ham pastga qarab yo’nalgan bo’ladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |