3.Xarakter tuzilishi va xususiyatlari
Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qis-mida xabardor bo‘lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyati-ni yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma’lum bo‘lsa, uning dili (ko‘ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin yoki inson kamtar, mo‘min, yuvosh xususiyatli bo‘lsa, albatta u ko‘ngilchan ekanligi ko‘nglimizga keladi.
Odatda, psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomo-komplekslar (omillar) deyiladi. «Simptom» yunoncha 5utrYuta -belgi, mos tushish, «kompleks» lotincha, aloqa, majmua degan ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o‘ziga ishonish, o‘zi-dan mag‘rurlanish, maqtanchoqlik, o‘zbilarmonlik, urishqoqlik, kek saklash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxs-lar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchanligi, iltifotliligi, dil-kashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxs-ning bir xil munosabati xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘likligini bildiradi.
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosa-batni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik va boshqalar.
Mehnatga nisbatan munosabatlarni mujassamlashtiruvchi xusu-siyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlik kabilar.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik va hokazo.
Shaxsning o‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xis-latlar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik, kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Shartli ravishda qabul qilingan «shaxs va atrof-muhitdagi insonlar» simptomokompleksi tarkibiga nafaqat boshqa shaxslarga nisbatan munosabatlar, balki o‘ziga qaratilgan munosabatlarni mu-jassamlashtiruvchi xislatlar ham kiradi, chunonchi, o‘ziga ishonch, o‘zbi-larmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik yoki aksincha, xususiyat-lar shular jumlasidandir. Shunday qilib, ««shaxs va atrof-muhit-Dagi insonlar» degan shartli nom berilgan xislatlar tizimi o‘zga kishilarga, jamoa (guruh) a’zolariga va o‘ziga nisbatan munosabat-larni ifodalovchi xususiyatlarni birlashtiradi. Turlicha munosabat-lar o‘zaro bir-biriga bog‘langan tarzda muayyan tizimni tashkil qiladi, natijada «Men-Biz» munosabati o‘zaro o‘rin almashtiribturadi, ya’ni Uziga qaratilgan munosabat guruhiy xususiyat kasb etadi.
Shuning uchun shaxsning turlicha munosabatlari o‘zaro bog‘likligi Uning xarakteri tuzilishi xususiyatlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Umumiy va xususiy munosabatlar xarakter xislatlari bilan bir-lashgan holda muayyan ahamiyat kasb etadi. Xuddi shu boisdan inson-ning xarakteri nisbatan butun, yaxlit xususiyatga ega. Shaxs munosa-batlarining kelib chiqishiga asoslanib, ular markaziy (asosiy) va ularga tobe, hosilaviy munosabatlarga ajratiladi. Shaxsning mar-kaziy (asosiy) munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgi-langanligi tufayli bunday munosabatlar hamisha ijtimoiy-tipik xususiyatga egadir. Masalan, ijobiy xislatlar mujassamlashgan shax-sning asosiy munosabatlari o‘zga odamlarga, jamoa (guruh)ga nisba-tan munosabatlarida ifodalanadi. Shunday qilib, xarakter xislat-larining individual o‘ziga xosligi, betakrorligiga qaramay, uning tuzilishi negizida hamma vaqt shaxsning ijtimoiy-tipik markaziy (asosiy) munosabatlari yotadi.
Xarakterning tuzilishi qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda muhim tarbiyaviy xulosalar chiqarish mumkin. Xarakter xislatlari-ning ba’zi nuqsonlarini (qo‘pollik va yolg‘onchilikni) bartaraf qilish, uning ijobiy xususiyatlarini (xushfe’llik va haqqoniylik-ni) shakllantirish muddaosi rejalashtirilgan dasturda amalga oshi-rib bo‘lmaydi. Chunki insonlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tar-kib toptirmay turib, illatga qarshi kurashib, ijobiy fazilatni shakllantira olmaymiz. Shu narsa ma’lumki, shaxsda o‘zaro bir-bi-riga bog‘liq xususiyatlarning yaxlit bir tizimini qaror toptirish mumkin, xolos. Mazkur jarayonda xususiyatlar tizimini shakllanti-rishning muhim shartlaridan biri — bu shaxsning markaziy (asosiy) munosabatlarini tarkib toptirishdan iboratdir.
Shaxs xarakterining yaxlitligi, bus-butunligi mutlaq narsa emas albatta, chunki insonning asosiy munosabatlaridan biri boshqa barcha munosabatlarni to‘la belgilay olgandagina xarakter mutlaq xususiyat kasb etadi. Lekin shaxsning munosabatlari ijtimoiy munosabatla-rining aks ettirilishidan iboratligi tufayli uning munosabatla-ri bilan xarakter xislatlari o‘rtasida ziddiyat hukm suradi. Bundan xulosaga kelgan holda shaxsning xarakteri nisbiy jihatdan yaxlit-dir, deyishimiz mumkin, biroquning bir butunligi ham individu-al, o‘zigi xos xususiyatga egadir. Yaxlitlik nuqgai nazaridan qaragan-da, turli qarama-qarshi xususiyatli shaxslar qarshiliklar oqibatida harakatlarda va inson hulqida shunday holat hosil bo‘ladi va ijti-moiy-axloqiy meyorlarni buzishini yuzaga keltiradi. Bunday vazi-yatlarda harakatdagi kamchiliklar bilan kurashishning asosiy yo‘li — bu shaxs xarakteridagi qarama-qarshiliklarni yengishga o‘rganish-dir. Xarakterning tuzilishi ba’zi xislatlarining o‘zaro bog‘likligi bilan emas, balki uning yaxlitligiga mutanosib xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Xarakter tuzilishining qatoriga ularning chuqurlik darajasi kiradi va shaxsning asosiy munosabatlari bilan belgila-nadi. Insonning boshqa odamlarga, jamoaga, mehnatga nisbatan fi-doiy munosabatda bo‘lishida belgilanuvchi xususiyatlar chuqurroq xu-susiyatlar deyiladi. Mazkur mezonga qarab shaxslarning farqlani-shini yuzaki tasavvur qilmaslik kerak, chunki insonga beriladigan tavsifnoma simtomokomplekslarni ta’kidlab o‘tishi bilan cheklan-masligi lozim. Aks holda shaxsning psixologik qiyofasining tav-sifnomasi: birinchidan, simtomokomplekslarni chuqurroq joylash-tirishni, ikkinchidan, muayyan darajada chuqurroq mujassamlashti-rishni, uchinchidan, bir oz yuzakiroqtizimni ajratishni taqozo qiladi.
Xarakter tuzilishi xususiyatlari jumlasiga faollik yoki xarak-ter kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarakter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishi xu-susiyatlari tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgandir. Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xususiyatlari turlicha turmush sharoitlarida, qar-shilik qiluvchi vaziyatga uchrashiga qaramay, uning xatti-harakatla-rini boshqaradi. Shu boisdan inson tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgi-na qolmasdan, balki tashqi vaziyatni uning shaxsan o‘zi yaratadi, shu-ningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, shaxsning turmushdaga zaruriy sharoitlaridan biri — bu xarakterning muayyan darajada plastikligidir. Xarakter-ning plastikligi ikki xil ma’no kasb etadi. Xarakterning plas-tikligi uning barqarorligi singari muhitga faol ta’sir o‘tkazish-ning shartlaridan hisoblanadi. Ish-amallari maqsadga muvofiq va foydali kechishi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashish-lari lozim. Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakl-lantirishining zaruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorli-gi, plastikligi o‘ziga xos individual xususiyatga ega bo‘lib, uni tuzi-lishining xislati sifatida mujassamlashadi.
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy ti-zimga bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlari-ning mazmuni bilan belgilanadi. Biroq ular munosabatlar mazmu-niga bog‘liqligiga qaramay, ba’zan yuzaki xususiyatga ham ega bo‘ladi-lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |