Adabiyotlar:
Myers, D. G. Psychology. Hope College. Holland, Michigan, 2010. - Р. 553-593.
Boeree C. G Personality Theories. PsychologyDepartment Shippensburg University. 1997
Аверин В.А. Психология личности: Учебное пособие. – СПб.: Изд-во Михайлова В.А., 1999.
Нельсон-Джоунс Р. Теория и практика консультирования. СПб.: Питер, 2000. -464 с.
Холл К., Линдсей Г. Теории личности. М., 1998.- 796 с.
Хьелл Л., Зиглер Д. Теории личности. СПб.: Питер, 1997. – 608 с.
Nazorat savollari
1.Ekzistensial psixologiyada shaxs muammosining o‘rganilishining o‘ziga xosligi.
2.Psixologiyada epigenez qonuniyati
3.Epigenetik va preformistik psixologik nazariyalar
4.Ilk yetuklik davrida izolyatsiya hissi
5.Psixikaning kompensatorlik imkoniyatlari
6.V.Frankl: ekzistensial tahlil va logoterapiya nazariyasi
7.L. Binsvanger va M.Boss: shaxsning ekzistensial nazariyasi
6-mavzu. Shaxsga faktorli yondoshuvlar
REJA:
1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.
2. Dj. Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni G.Ayzenkning shaxs tiplari va Dj. Kellining shaxs konstruktlari nazariyalari bilan tanishtirish.
Vazifalar:
1. G.Ayzenk nazariyasini muhokama qilish.
2. Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi haqida tushunchalar berish.
Ma’ruzaning tashkiliy shakli: umumiy ma’ruza.
1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.
Ayzenk Kettelning: “psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir”, - degan fikriga qo‘shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan foydalanganligini ma’qullaydi. Lekin Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan o‘zgacharoq qo‘llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini qiziqtirgan qandaydir shaxs xususiyatini belgilab, to‘liq asoslangan ilmiy farazdan boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi o‘laroq, Kettelning aytishicha, shaxsni tashkil qiluvchi asosiy elementlar batareya testlari hamda ma’lumotlarni qayta ishlash orqali namoyon qilinadi. Shunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o‘laroq, Ayzenkning ta’kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bo‘lishini tushuntirish uchun uchta superbelgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo‘lsa, Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e’tiborni genetik omillarga qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta’sirini inkor qilmagan, balki shaxs xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq-atvoriga qay darajada ta’sir etishi aniqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga qo‘shilishadi.
Ayzenk nazariyasining mohiyati shundan iborat-ki, shaxs elementlari iyerarxik joylashishi mumkin. Uning sxemasida (6-4 rasm) ekstraversiya singari ma’lum bir shaxs xususiyatlari yoki tiplari keltirilgan bo‘lib, ular xulq-atvorga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, har bir keltirilgan superbelgilar bir qancha tarkibiy belgilardan tashkil topganini ko‘rsatgan. Bu tarkibiy belgilar asosiy tipning yuzaki aksi bo‘lishi yoki bo‘lmasam, shu tipga tegishli o‘ziga xos xususiyat sifatida ko‘rilishi mumkin. Va nihoyat, belgilar ko‘p sonli odatiy reaksiyalar dan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, ko‘plab o‘ziga xos reaksiyalardan shakllanadi. Misol uchun, biron shaxsni kuzatadigan bo‘lsak, agar u boshqa bir inson bilan iliq yuz va samimiy tabassum bilan qo‘l uzatib ko‘rishsa va bu holat har safar kim bilandur uchrashganda sodir bo‘laversa, bu uning odatiy reaksiyasi hisoblanadi. Ushbu odatiy reaksiya boshqa odatiy reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib, boshqa odamlar bilan suhbatlashish, turli bazmlarga borishni yoqtirish va hakazolarni aytish mumkin. Bu odatiy reaksiyalar guruhi kirishimlilik xususiyatini shakllantiradi. 6-4 rasmda ko‘rsatilganidek, kirishimlilik bosqichida aktiv va o‘ziga ishongan xatti-harakat asosiy hisoblanadi. Umumiy holatda bu xususiyatlar superbelgi yoki tipni tashkil qiladi. Ayzenk uni ekstraversiya deb ataydi.
Shaxs strukturasining iyerarxik modeli.
PR – odatiy (privichnaya) reaksiya; SR – o‘ziga xos (spetsificheskaya) reaksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |