2-mazu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari Reja


Insonning hayot yo‘li va hayot tarzi



Download 1,05 Mb.
bet40/108
Sana19.02.2022
Hajmi1,05 Mb.
#459911
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108
Bog'liq
2-MAVZU

3. Insonning hayot yo‘li va hayot tarzi
Hayot davri yoki uning davomiyligi tug‘ilish va o‘lim orasidagi vaqtinchalik intervalni anglatadi. Hayot davomiyligi muhim sotsial va psixologik natijalarga ega: unga ko‘p holatlarda avlodlar yashash davomiyligi hamda bolalarning dastlabki ijtimoiylashu jarayonlari bog‘liqdir. Shunga qaramasdan, “hayot davri” formal tushuncha bo‘lib, shaxsning hayot mazmuniga bog‘liq bo‘lmay, individual mavjudligining xronologik doirasini anglatadi.
Hayot sikli shuni taqazo qiladi-ki, hayot yo‘li ma’lum qonuniyatga bo‘ysunadi, uning bosqichlari (“hayot yoshi”, “hayot davrlari”) esa doimo o‘zgarib turadi. A.Adler hayot yo‘li tushunchasining o‘rniga hayot uslubi tushunchasini ishlatgan. Uning qarashicha, hayot uslubi insonning olamga va o‘z-o‘ziga beradigan e’tibori bo‘lib, maqsadlari intilishlari tomon yo‘nalgan bo‘ladi. A.Adlerning fikricha, hayotdagi mohiyat shaxsning 4-5 yoshlarida anglab bo‘lmas hissiyotlar orqali erishiladi. 5 yoshlarning oxiriga borganda, bola turli muammo va vazifalarga nisbatan amalga oshiriladigan xaddi-harakat va shaxsiy uslubining namunasiga ega bo‘ladi. Individual rivojlanishni tavsiflash uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan zamonaviy ilmiy termin – bu “hayot yo‘li”dir. Bu termin shaxs rivojlanish jarayonini bildirib, unda hayotiy jarayonlarni va shaxs shakllanishini boshqarish amalga oshadi. Oxirgi paytlarda hayot yo‘lini tizimli o‘rganish va biografik metod rivojlanish psixologiyasida muhim o‘rin egallagan. Zamonaviy fan rivojlanishdagi sifatiy siljishlar, sakrashlar hamda krizislar muammosiga katta e’tibor qaratmoqda. Modomiki, turli krizis davrlari va sotsial o‘zgarishlar – ba’zida kasallik holatlari – psixologik qayta tiklanish shaklida kechadi. Shunga ko‘ra, rivojlanish psixologiyasi “yosh krizislari yoki “rivojlanishning normativ krizislari” singari o‘ziga xos tushunchalar kiritgan. “Krizis” tushunchasi – muvozanat buzilish holati, yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, shaxs motivatsion sohasining qayta qurilishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Unga mos biologik hamda sotsial qonunlarni bilish, qaysi yosh davrida mazkur jamiyatdagi individ u yoki bu muammolar bilan to‘qnashishi, bu muammolar qanday qilib o‘zaro aloqador bo‘lishi, qaysi faktorlarga ko‘ra muammo davom etishi va u qanday yechimlarga ega ekanligi bilish mumkin bo‘ladi. Shaxs hayotidagi hech bir psixofiziologik (masalan, jinsiy yetilish) yoki sotsial-psixologik (masalan, maktabga chiqish yoki turmush qurish) hodisalar quyidagi omillarsiz kechmaydi: a) individning xronologik yoshi; b) individning tug‘ilish sanasi; s) tarixiy davr va kalendar sanasi.
Ameriklik olimlar L.R.Sherrod va O.G.Brim insonning hayot yo‘li haqidagi tasavvurlarini quyidagi shaklda taqdim etishadi:
Rivojlanish jarayoni ham, uning natijasi ham plyuralistik hisoblanadi: u ikkalasi bir tomonlama bo‘lmay, yakuniy natija ham bir xil bo‘lmaydi.
Rivojlanish homila davridan to o‘limgacha davom etib, uning plastiklik va o‘zgarishga bo‘lgan qobiliyati butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Rivojlanishning turli jarayonlari hayotning turli vaqtida boshlanishi, davom etishi va tugashi mumkin. Turli jabhalardagi rivojlanish albatta, o‘xshash trayektoriya yoki qonuniyatga ega bo‘lishi shart emas.
Turli insonlardagi rivojlanish bir xilda kechmaydi. Individlararo farqlar o‘z ichiga jinsiy, sotsial-sinfiy va boshqa xususiyatlar kabi biosotsial jarayonlar differensiatsiyasini olishi mumkin.
Rivojlanish turli hayot faoliyati sohalari omillari tomonidan boshqarilishi va bu sohalar o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin: ular bitta-yagona ta’sit tizimiga kirmaydi. Masalan, biologiya (rivojlanish yetilishning sodda jarayoni emas) yoki muhit (rivojlanish tarbiya va ta’limning sodda jarayoni emas).
Hayotiy jarayonlar va perspektivalarning tizimli talqini – bu hayotiy reja bo‘lib, u o‘zida hayot strategiyasini namoyon etadi. Hayotiy taktikalar jamlanmasi hayot ssenariysini yaratadi. Hayot yo‘lini yaratish jarayonini tushuntirishning ikki yondashuvi mavjud bo‘lib, ulardan biri rejalashtirish, ikkinchisi ssenariy talqinidir.
Birinchi yondashuvni S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananyev va boshqa olimlar o‘z ishlarida ko‘rsatishgan bo‘lib, unga ko‘ra, shaxs ongli ravishda hayot jarayonini tanlaydi va boshqaradi. Bunda boladagi hayot yo‘li maqsadlari va tizimlari haqidagi qarashlarning shakllanishida ota-onaning roli muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. S.L.Rubinshteynning fikricha, “shaxs hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zi belgilaydi”.
Ikkinchi yondashuv tarafdorlari (A. Adler, K. Rodjers, E. Bern va b.) shaxs hayot rejasini va hayot ssenariysini ongsiz ravishda tanlaydi va bu jarayon bola umrining dastlabki yillarida sodir bo‘ladi deb hisoblashadi. Ularning konsepsiyasiga ko‘ra, hayotiy reja shaxsiy hayot prognoz qilish va uni tasavvurlar va hissiyotlar orqali amalga oshirish sifatida ko‘riladi. Hayot ssenariysi esa shaxs hayot bo‘shlig‘ini cheklovchi hamda tizimlashtiruvchi, sekin-astalik bilan kengayuvchi hayotiy reja hisoblanadi. Hayot ssenariysini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar sifatida bolaning oilada tug‘ilish tartibi, ota-ona, buva va buvisining ta’siri (ularning xaddi-harakatlari, beradigan bahosi, emotsional qo‘lab-quvvatlashi yoki deprivatsiyasi va b.), bola tomonidan o‘z ismi va familiyasining qabul qilinishi, tasodifiy ekstremal holatlar va boshqalarni misol keltirish mumkin.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish