2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi



Download 28,42 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi28,42 Kb.
#427789
Bog'liq
3094-1 11.01.2021 (1)




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining
buyrug‘i
“Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3094-1]
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son “Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3094, 2018-yil 3-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 10/18/3094/2265-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha ta’lim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2020-yil 15-dekabr,
199-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-dekabr
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-dekabr
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-son buyrug‘iga
ILOVA
“Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “muassasasining” degan so‘z “tashkilotining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2. Namunaviy nizomda:
a) nomidagi “muassasasining” degan so‘z “tashkilotining” degan so‘z bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi.”;
g) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasani” degan so‘z “tashkilotni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi (bundan buyon matnda hududiy bo‘lim deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorini saylash;
tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.”;
e) 4 va 30-bandlardagi “muassasaning” degan so‘z “tashkilotning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
j) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy bo‘lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy bo‘limga takliflar kiritish;
tashkilotning xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha hududiy bo‘limga takliflar berish.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.”;
z) 6 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tashkilotda bolalarning sifatli ta’lim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga ko‘maklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.
7. Kengash 11 kishidan kam bo‘lmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot ma’muriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy bo‘limdan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, a’zo kiritiladi.
Kengash a’zolarining soni cheklanmaydi.
8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot ma’muriyati, hududiy bo‘lim xodimlari orasidan shakllantiriladi.”;
i) 11 va 13-bandlardagi “muassasada” degan so‘z “tashkilotda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
k) 12-banddagi “muassasa” degan so‘z “tashkilot” degan so‘z bilan almashtirilsin;
l) 14-banddagi “Muassasa” va “muassasa” degan so‘zlar tegishlicha “Tashkilot” va “tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Kengash a’zoligiga hududiy bo‘lim vakili tegishli hududiy bo‘lim boshlig‘ining buyrug‘i bilan tayinlanadi.”;
n) 16-banddagi “Muassasaning rahbari” degan so‘zlar “Tashkilotning direktori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o) 18 va 26-bandlardagi “muassasa rahbari” degan so‘zlar “tashkilot direktori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
p) 25-banddagi “muassasa” va “bo‘linma” degan co‘zlar tegishlicha “tashkilot” va “bo‘lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
r) 29-bandda “Muassasa rahbari” va “muassasa” degan so‘zlar tegishlicha “Tashkilot rahbari” va “tashkilot” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
s) 31-banddagi “bo‘linmaga” degan so‘z “bo‘limga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
t) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Kengash o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati bo‘yicha tashkilot direktoridan ma’lumotlar so‘rash va olish;
tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
homiylik va xayriya mablag‘larining kirim qilinishi va sarflanishi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
tashkilot pedagog xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoya qilish bo‘yicha takliflar kiritish.”;
u) 33 va 34-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Kengashning faoliyatiga tashkilot direktori, hududiy bo‘lim, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
34. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot direktori, Kengash a’zolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablag‘larini yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.”.
3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)

Download 28,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish