2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi



Download 131,2 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi131,2 Kb.
#921009
  1   2
Bog'liq
2938 23.10.2017




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.04 Davlat oliy ta’lim muassasalari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va ta’lim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
buyrug‘i
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2938]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-sentabr,
13-2017-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 13-2017-son buyrug‘iga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarida (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari deb yuritiladi) o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalarining rahbar kadrlari malakaviy amaliyot, pedagog kadrlari esa, pedagogik amaliyot o‘taydi.
2. Rahbar va pedagog kadrlarning pedagogik (malakaviy) amaliyoti oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi (bundan buyon matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) yoki Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy (tarmoq) markazlari (bundan buyon matnda mintaqaviy (tarmoq) markaz deb yuritiladi) o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarning pedagogik (malakaviy) amaliyoti o‘quv rejasi bo‘yicha o‘quv modullari yakunlanganidan keyin Bosh ilmiy-metodik markazi yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlarida (bundan buyon matnda amaliyot obyekti deb yuritiladi) tashkil etiladi.
4. Pedagogik (malakaviy) amaliyotning davomiyligi va soatlar hajmi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv-rejasiga muvofiq belgilanadi.
2-bob. Rahbar kadrlarning malakaviy amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish
5. Tinglovchilarga Bosh ilmiy-metodik markazi direktorining buyrug‘i asosida malakaviy amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular tegishli amaliyot o‘tash tashkilotlariga yuboriladi.
6. Har bir malakaviy amaliyot rahbari uchun 12 nafargacha tinglovchilar biriktiriladi.
7. Malakaviy amaliyot rahbari amaliyot o‘taladigan tashkilotning rahbari tomonidan biriktiriladigan mas’ul xodim bilan Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish dasturini (bundan buyon matnda amaliyot dasturi deb yuritiladi) tuzadi.
8. Malakaviy amaliyot rahbari:
tinglovchilarni amaliyot dasturi bilan tanishtiradi;
amaliyot o‘taladigan tashkilotga olib boradi;
tinglovchilar tomonidan amaliyot dasturida belgilangan ishlarning bajarilishini umumiy nazorat qiladi;
zarur hollarda tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
tinglovchilarning amaliyot bo‘yicha hisobotlarini baholaydi.
9. Tinglovchiga malakaviy amaliyot o‘tash davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish maqsadida tegishli tashkilotning rahbari tomonidan amaliyot o‘tash joyidan mas’ul xodim (bundan buyon matnda mas’ul xodim deb yuritiladi) biriktiriladi.
10. Mas’ul xodim:
tinglovchilarni amaliyot o‘talayotgan tashkilot bilan tanishtiradi;
tinglovchilarning o‘rganishi va tahlil qilishlari uchun amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarning nusxalarini yoki elektron shaklini tinglovchilarga taqdim etadi;
tinglovchilarga amaliyot o‘tash davrida tegishli maslahatlar beradi;
amaliyot dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirilishini, shuningdek tinglovchining amaliyot kundaligi har kuni to‘g‘ri va to‘liq yozib borilishini nazorat qiladi va imzolaydi.
11. Tinglovchi amaliyot o‘tayotgan tashkilotning ichki tartib-qoidalariga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart.
12. Tinglovchi malakaviy amaliyot davrida Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan beriladigan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini yuritadi.
13. Amaliyot kundaligining titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, malakaviy amaliyot o‘talayotgan tashkilot nomi hamda mas’ul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
14. Tinglovchi tomonidan amaliyot dasturi asosida bajarilgan ishlar amaliyot kundaligiga har kuni yozib boriladi.
Bunda, amaliyot o‘talgan sana, bajarilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi hamda bajarilgan ishlar va ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liqligi mas’ul xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
15. Mas’ul xodim amaliyot yakunida tinglovchining amaliyot kundaligi titul varag‘iga imzo qo‘yadi va tegishli muhr bilan tasdiqlaydi.
16. Amaliyot kundaligi mas’ul xodim tomonidan imzolangandan keyin, tinglovchining o‘zida saqlanadi va u hisobot bilan birga amaliyot rahbariga topshiriladi.
17. Tinglovchi amaliyot davrida amaliyot o‘tayotgan tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari, ta’lim menejmenti va boshqaruv strategiyasi sohasidagi mavjud ish tajribasini o‘rganadi va tahlil qiladi.
O‘rganish va tahlil qilish amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyatining yutuqlari, kamchiliklari, mavjud muammolarni aniqlash va aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish asosida amalga oshiradi.
18. Tinglovchi o‘rganish va tahlil natijalari asosida amaliyot o‘talayotgan tashkilotda boshqaruv va faoliyat samaradorligini, shuningdek ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
19. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan ishlarini umumlashgan holda ko‘rsatishi lozim.
20. Hisobotda quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
amaliyot tashkil etilgan tashkilotning faoliyat yo‘nalishlari haqida qisqacha ma’lumot;
tinglovchi amaliyotni o‘tash jarayonida tanishgan normativ-huquqiy, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlar;
amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari, ta’lim menejmenti va boshqaruv strategiyasi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar;
amaliyot o‘talayotgan tashkilot faoliyatining yo‘nalishlari, ta’lim menejmenti va boshqaruv strategiyasi va faoliyat samaradorligini, shuningdek ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar.
21. Hisobotning titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tish joyi va yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, malakaviy amaliyot o‘tilayotgan tashkilot nomi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
22. Malakaviy amaliyot yakunlangandan keyin tinglovchilar tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini amaliyot rahbariga topshiradi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar malakaviy amaliyot bo‘yicha tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini elektron shaklda (PDF formatda) amaliyot rahbarining elektron pochtasiga yuboradi.
23. Amaliyot rahbari tinglovchidan hisobot va amaliyot kundaligini qabul qilib oladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarning hisobotlari va amaliyot kundaligini elektron shaklda qabul qiladi va chop etadi.
Hisobotning titul varag‘i amaliyot rahbari tomonidan imzolanadi va tegishli muhr bilan tasdiqlanadi.
24. Amaliyot rahbari tinglovchilarning malakaviy amaliyot natijalarini o‘rganib chiqadi va baholaydi.
25. Tinglovchilarning malakaviy amaliyoti natijalari quyidagicha baholanadi:
tinglovchining amaliyot kundaligini to‘g‘ri va to‘liq yuritganligi — 0,5 ballik tizimda;
tinglovchining o‘rganish va tahlil natijalari asosida ishlab chiqqan taklif va tavsiyalari — 3,5 ballik tizimda;
tinglovchining amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan tayyorlangan hisobot — 1 ballik tizimda.
26. Tinglovchiga amaliyot rahbari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha arifmetik bahosi qo‘yiladi.
3-bob. Pedagog kadrlarning pedagogik amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish
27. Tinglovchilarga mintaqaviy (tarmoq) markaz direktorining buyrug‘i asosida mintaqaviy (tarmoq) markazning pedagog kadrlari orasidan amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular amaliyot o‘tash uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi huzuridagi ixtisoslashtirilgan kafedralarga yuboriladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarga amaliyot rahbari tayinlash talab etilmaydi va ularning amaliyoti o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasasi kafedrasida tashkil etiladi.
28. Har bir malakaviy amaliyot rahbari uchun 12 nafargacha tinglovchilar biriktiriladi.
29. Pedagogik amaliyot rahbari ixtisoslashtirilgan kafedraning mudiri bilan birgalikda Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish dasturini (bundan buyon matnda amaliyot dasturi deb yuritiladi) tuzadi.
30. Pedagogik amaliyot rahbari:
tinglovchilarni amaliyot dasturi bilan tanishtiradi;
ixtisoslashtirilgan kafedraga olib boradi;
tinglovchilar tomonidan amaliyot dasturida belgilangan ishlarning bajarilishini umumiy nazorat qiladi;
zarur hollarda tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
tinglovchilarning amaliyot bo‘yicha hisobotlarini baholaydi.
31. Tinglovchiga amaliyot davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish maqsadida tayanch oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan ixtisoslashtirilgan kafedra mudiri mas’ul sifatida biriktiriladi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilarga amaliyot davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish tinglovchi faoliyat ko‘rsatayotgan kafedra mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
32. Kafedra mudiri:
tinglovchilarni ixtisoslashtirilgan kafedra faoliyati bilan tanishtiradi;
tinglovchilarning o‘rganishi va tahlil qilishlari uchun kafedraning faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarning nusxalarini yoki elektron shaklini tinglovchilarga taqdim etadi;
amaliyot o‘tash davrida tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
amaliyot dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirilishini, shuningdek tinglovchining amaliyot kundaligi har kuni to‘g‘ri va to‘liq yozib borilishini nazorat qiladi va imzolaydi;
masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining ochiq darslarini kuzatish, shuningdek amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishida muhokama qilish uchun tashqi ekspertlarni jalb qiladi.
33. Tinglovchi kafedraning ichki tartib-qoidalariga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart.
34. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida mintaqaviy (tarmoq) markazi tomonidan beriladigan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini yuritadi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar bo‘limidan yuklab oladi.
35. Amaliyot kundaligining titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, mas’ul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
36. Tinglovchi tomonidan amaliyot dasturi asosida bajarilgan ishlar amaliyot kundaligiga har kuni yozib boriladi.
Bunda, amaliyot o‘talgan sana, bajarilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot yoziladi hamda bajarilgan ishlar va ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liqligi kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanadi.
37. Kafedra mudiri amaliyot yakunida tinglovchining amaliyot kundaligi titul varag‘iga imzo qo‘yadi va tegishli muhr bilan tasdiqlaydi.
38. Amaliyot kundaligi tinglovchining o‘zida saqlanadi va u amaliyot yakunida hisobot bilan birga kafedra mudiriga topshiriladi.
39. Tinglovchi amaliyot davrida kafedra faoliyati va ish tajribasini o‘rganadi hamda tahlil qiladi.
40. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladigan 2 ta dars jarayonlarini kuzatadi va tahlil qiladi.
41. Tinglovchi amaliyot o‘tash davrida kafedraning yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalari, shuningdek ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga 1 ta ochiq dars o‘tkazadi.
42. Tinglovchi tomonidan o‘tkaziladigan ochiq darsda kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari ishtirok etadi va dars jarayonini kuzatib boradi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchi tomonidan o‘tkaziladigan ochiq darsda kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda turdosh oliy ta’lim muassasalaridan soha mutaxassisi bo‘lgan tashqi ekspertlar ishtirok etadi. Tashqi ekspertlar o‘tkazilgan ochiq dars tugagandan keyin shu kunning o‘zida ochiq dars bo‘yicha o‘z xulosalarini kafedra mudiriga yozma shaklda taqdim etadi.
43. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar umumlashgan holda ko‘rsatiladi.
44. Hisobotda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
amaliyot tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kafedraning faoliyat yo‘nalishlari haqida qisqacha ma’lumot;
amaliyotni o‘tash jarayonida tanishgan normativ-huquqiy, o‘quv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
kafedra professor-o‘qituvchilari o‘tkazgan dars jarayonlarini kuzatish va tahlil qilishning natijalar bo‘yicha tinglovchining fikrlari;
tinglovchi o‘tkazgan ochiq darsda foydalanilgan o‘quv materiallari va ishlanmalari;
kafedrada pedagogik faoliyat samaradorligini va o‘qitish sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar.
45. Hisobotning titul varag‘ida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, kafedraning nomi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
46. Malakaviy amaliyot yakunlangandan keyin tinglovchilar tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini kafedra mudiriga topshiradi.
Amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishi hisobotlar qabul qilib olingan kundan boshlab 1 kun ichida o‘tkaziladi.
47. Kafedra mudiri tinglovchilardan hisobot va amaliyot kundaliklarini qabul qilib oladi hamda ularni amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishi o‘tkaziladigan vaqt haqida xabardor qiladi. Amaliyot yakunlari bo‘yicha kafedra yig‘ilishida amaliyot rahbari, kafedraning professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etadilar.
48. Kafedra yig‘ilishida tinglovchilarning pedagogik amaliyot yakunlari bo‘yicha natijalari quyidagicha baholanadi:
tinglovchining amaliyot kundaligini to‘g‘ri va to‘liq yuritganligi — 0,5 ballik tizimda;
tinglovchining ochiq darslarni o‘tkazish jarayoni — 3,5 ballik tizimda;
tinglovchining amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan tayyorlangan hisobot — 1 ballik tizimda.
49. Kafedra yig‘ilishida har bir qatnashchi tinglovchining amaliyot yakunlari bo‘yicha natijalariga o‘zining bahosini qo‘yadi. Kafedra yig‘ilishi qatnashchilari tomonidan qo‘yilgan baholar muhokama qilinib, tinglovchiga o‘rtacha arifmetik ball qo‘yiladi.
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA


Download 131,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish