6. Kompyuterning ichki va tashqi portlari Bu savolda biz kompyuterning ichki va tashqi portlari haqida ma`lumotga ega bo`lish va ishlash tartibini o`rganish. Kompyuter interfeysi va tarmog`i haqida ko`nikmaga ega bo`lish haqida malumotga ega bo’lamiz. Informatsion texnologiyalarda port – bu yuborilayotgan va qabul qilinayotgan axborotlar o`rtasidagi bog`lanishni tashkil etadi (mantiqiy yoki fizik).Odatda quyidagilar: Qurilmali (apparatli) portlar – bu asosan kompyuterning fizik qurilmasi bo`lib u asosan vilka yoki kabel yordamida kompyuterga bog`lanadi.Ularga quyidagilar kiradi: Parallel port, Davomli port, USB, PATA/SATA, IEEE 1384 (FireWire), PS/2 Kiritish- chiqarish porti – mikroprotsessorlarda (masalan Intel) qurilmalar yordamida ma`lumotlar almashish imkonini beradi. Kiritish- chiqarish porti dasturga ma`lumotlar berish va uni almashishni tashkil etadi. Tarmoqli port – TCP va UDP protokol parametrlari bo`lib u IP formatidagi ma`lumotlar paketi qo`llanilishini aniqlaydi. Kompyuterning tashqi qurilmalari bilan axborot almashishi jarayonini, kopmyuterning tashqi interfeysi tashkil qiladi. Tashqi interfey tashqi portlar, shinalar, kopmyuterlar birlashmasi va tashqi qurilmalar jamlamasidan iboratdi. Asosan kopmyuter va tashqi qurilmalarni bir-biriga bog’lashda shinalardan foydalaniladi. Kopmyuterga printer, scaner, sichqoncha, klaviatura va shunga o’xshash qurilmalarning kompyuterga ulanishi tashqi interfeysga misol bo’ladi. Tashqi interfeysni amalga oshirish uchun unga apparat va dasturiy ta’minot: tashqi qurilmani boshqaruvchisi (controller) va controller ni boshqaruvchi maxsus dastur, drayver (driver) kerak bo’ladi.
Har qanda kopmyuterda tashqi interfeys bir qancha portlar, jumladan, LPT, PS/2, COM, USB, … kabilar orqali amalgam oshiriladi. (1-rasmga qarang). Har bir portning o’ziga yarasha vazifasi bor. IEEE 1284 (Printer port, parallel port, LPT) – shaxsiy kompyuterga ulashga mo`ljallangan xalqaro parallel interfeys standartiga mos tushuvchi qurilma. “LTP” nomi MS DOS oilasidagi operatsion tizimdagi “LTP1” (Line Printer Terminal yoki Line PrinTer) standart nomidan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda bu interfeys asosan USB interfeysi bilan mos tushadi va u yi`g`ma apparatlarni (skaner – printer - kserokopiya) ulashsh uchun ishlatiladi. Lekin asosan yuqori tezlikda chop etish va printer uchun ishlatiladi. Bu bilan asosan Cetronics, Betronics, HP, Hewlett-Packard firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular 1284.3-2000 va 1284.4-2000 standartiga asoslangan. Ishchi rejimlari:
7. Drayver bu — kompyuterdagi qurilmalarni(videkarta, wifi modul, bluetooth modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog’lab beruvchi maxsus dastur. Bu dastur bo’lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi.
Misol uchun, notebook sotib oldingiz, undagi Wi-Fi modul ishlamayapti, yoki statsionar kompyuteringiz bor, lekin undan ovoz chiqmayapti. Tanish holatmi).
Demak, xulosa shuki, drayversiz sizning qurilmangiz temirning o’zi. Drayver sizda mavjud bo’lishi kerak. Odatda, kompyuter yoki notebook sotib olsangiz, sizga qo’shimcha disk beriladi, shu diskda sotib olgan hisoblash mashinangizdagi barcha qurilmalarning drayverlari mavjud bo’ladi, kompyuterni yoqasiz diskni tiqasiz va drayverlarni ketma-ket o’rnatib chiqasiz, hammasi oddiy.
Men bilishimcha, hozirda ko’p kompyuter do’konlari, notebook yoki statsionar kompyuterlarga drayver yozilgan disk qo’shib berishmayotgan ekan.
Kompyuter sotib olayotganda, albatta, sotuvchidan drayver yozilgan disklarni so’rang, uyalmang va qo’rqmang. Sizga kerak bo’ladigan drayverlarni topishning ko’p usullari bor, shulardan birini yozib o’taman. Bu usul maxsus dastur — Driver Booster orqali drayverlarni qidirish.
1. Driver Booster dasturini o’rnatasiz. O»rnatish jarayonida internet talab qilinmaydi, faqat yandex brauzerlarni o’rnatish taklif qilinadi, belgilashlarni olib tashlab, ularni o’rnatmang.
2. Dastur avtomat ishga tushadi, «Сканировать» bosiladi va dastur sizni kompyuterni analiz qiladi va qaysi drayverlar kerakligini aniqlaydi, bu holat uchun kompyuter internetga ulangan bo’lishi lozim.
3. Sizga 3 xil ustun taklif qilinadi:
— Drayver o’rnatilmagan qurilmalar.
— Drayver o’rnatilgan, lekin eski versiyasi.
— Drayverning oxirgi versiyasi o’rnatilgan.
4. O’rnatish kerak bo’lgan qurilmalarni belgilaysiz va «Обновить сейчас» tugmasini bosasiz, albatta internetga ulangan holda.
5. Dastur o’z bazasida mavjud bo’lgan va sizga mos keladiganlarini o’rnatib beradi.
6. Kompyuterni qayta yuklash so’raladi va barcha qurilmalaringiz ishga tushadi.
Windows 10 va Windows 7 tizimlarida tekshirildi. Windows 10 o’rnatilgan HP notebook’ka dastur o’rnatilib, shu orqali 140MB’ga yaqin drayver ko’chirib olingandan so’ng, ko’k ekran chiqib, qayta yuklandi va muammosiz ishladi.
8. Fayl - ("file"-inglizcha, "ma`lumot") biror nomga ega bo'lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma`lumotlar majmuidir. Bu ma`lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo'lishi mumkin. Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo'yadi. Masalan, MS-DOS (IBM, "Iskra" kompyuterlarida), Mikrodos ("Korvet") kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8ta belgidan oshmasligi va lotin xarflari, raqam va ba`zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; Pravets-8 kompyuterlarida keng qo'llaniladigan DOS-3.3 operatsion sistemasida esa fayl nomi 37tagacha belgiga ega bo'lib, unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin. Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma`lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Masalan: com, exe - kompyuter "tili"ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma - ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi; bat - buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar; bas - Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur; pas - Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur; chi - ChiWriter matn muharririda hosil qilingan matn. bat kengaytmali fayllar, ya`ni buyruq fayllari matn ko'rinishida bo'lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo'lgan bir nechta buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn mu-harrirlari yordamida hosil qilinishi mumkin. Kataloglar. EMDlarda fayl nomlari kataloglarda joylashadi. Kataloglar direktoriyalar deb ham yuritiladi. Katalog - bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so'nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan EMDdagi maxsus joy. Agar katalogda biror fayl nomi bo'lsa, shu fayl mazkur katalogda joylashgan deb aytiladi. EMDda bir nechta katalog bo'lishi mumkin. Har bir katalogda bir qancha fayllar joylashishi mumkin, lekin har bir fayl faqat bitta katalog ro'yxatida bo'ladi. Kataloglar aslida maxsus ko'rinishdagi fayllar bo'lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o'z nomiga ega bo'lib, u boshqa bir katalog ro'yxatida bo'lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo'yiladigan talablar fayl nomiga qo'yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda katalog nomiga kengaytma qo'llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog ro'yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb yuritiladi. +Katalog - fayl emas, balki fayllar yozish va katalog osti ochish uchun joy ajratishdir.
9. Amaliy dasturlar. Amaliy dasturlar bu ma‘lumotlar bilan ish jarayonida foydalanadigan dasturlar. Masalan: matn ma‘lumotlarni yaratish va taxrirlash, rasm va tasvir ma‘lumotlarni yaratish yoki uzgartirish, malumotlar ombori bilan ishlash, musika va video ma‘lumotlarni kurib chikish va taxrirlash. Amaliy dasturlar foydalangan ma‘lumotlar turiga ko’ra guruhlanadi: matn muharrirlari (Word, Lexicon, WD, Notepad, Write va xokazo), rasm va tasvir muharirlari, rasm va tasvirlarni ko’rsatuvchi dasturlar (Corel, Adobe Photoshop, Imaging, ACDSee, Paint vaxokazo), musika va video muharrirlari, musika va video ko’rsatuvchi dasturlar (Adobe Premier, Winamp, universal proigrovatel va xokazo), jadvallar muharriri (Lotus, Excel va xokazo), ma‘lumotlar ombori bilan ishlovchi dasturlar (Access, Dbase, FoxPro va xokazo), uyin dasturlari, urgatuvchi dasturlar, bugalteriya va moliya dasturlar, va boshqalar. 10. MS-DOS operatsion tizimi, OS/2 operatsion tizimi, Windows 1, Windows 2, Windows 3, Windows 3.1, Windows 95, Windows ME, Windows XP , Windows Vista, Windows 7, Windows 8 / 8.1, Windows 8, Windwos 10,
Do'stlaringiz bilan baham: |