2-mavzu: zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana19.10.2022
Hajmi0,52 Mb.
#854043
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
629417 (2)

EHM avlodlari.
Kompyuterlar o‘zinig elementlar bazalari bo‘yicha avlodlarga ajratilgan.
2
.5
-
 
rasm.
 
Birinchi personal kompyuterlar
.
 



1-avlod (1945 - 1956 yillar) kompyuterlari elementlar bazalari elektron lampalar ekanligi 
bilan xarakterlanadi. Bu avlod mashinalari katta zallarni egallagani holda, yuzlab kilovatt elektr 
energiya sarf qilar va tonnalab og‘irlikka ega hamda sekundiga 1-2 ming amal bajarar, xotirasining 
hajmi 1-2 ming so‘zni(ma’lumotni) saqlashga qodir edi. Bu avlod mashinalariga "Ural1","Ural-
2", "BESM-1", "BESM-2","M-1","M-2","M -20" kabi mashinalarni misol qilib keltirish mumkin.
2-avlod (1957 - 1968 yillar) kompyuterlari elementlar bazalari tranzistorlardan iborat edi, 
tezkorligi sekundiga 10-20 ming amal bajarish, xotirasining hajmi 4-8 ming so‘zni saqlashga qodir 
edi. Ikkinchi avlod xisoblash mashinalari hisoblash ishidan tashqari ishlab chiqarish jarayonlarini 
boshqarish, iqtisodiy masalalarni yechish, harflar bilan ishlay olish "qobiliyati"ga ham ega bo‘ldi. 
Bu avlod mashinalariga "BESM-3","BESM4", "Ural-16", "Minsk-22", IBM -608, "BESM-6" 
misol qilib keltirish mumkin.
3-avlod (1969 - 1980 yillar) kompyuterlarining elementlar bazalari integral sxemalardan 
iborat bo‘lib, tezkorligi sekundiga 10 mingdan boshlab, eng oxirgi mashinalari 2-2.5 million amal 
bajarishgacha yetdi. Xotirasining hajmi ham 8-10 ming baytdan(bu avlod xotira o‘lchami halqaro 
o‘lcham baytlarda beriladigan bo‘lgan) 8 million baytlargacha yetdi. Bu avlod mashinalariga YES 
(yagona seriya) xisoblash mashinalari - "YES-1010","YES-1020", "YES-1030","YES1035", 
"YES-1050","YES-1060","YES-1066" larni misol qilib ko‘rsatish mumkin.
4-avlod (1981 - 1990 yillar) kompyuterlarining elementlar bazalari katta integal sxemalar 
(KIS)dan iborat. Ularning tezkorligi sekundiga 6,5 million amal bajarishgacha yetdi, xotirasinig 
hajmi 64 Mb baytgacha kengaydi. Bu avlod mashinalariga Super EHMlar, "Elbrus" xisoblash 
mashinasi, "IBM PC" kabi kompyuterlarni ko‘rsatish mumkin.
5-avlod (1990 yillardan boshlangan) kompyuterlarining elementlar bazalarini o‘ta katta 
integral sxemalar (UKIS) tashkil qiladi. Bu avlod kompyuterlari hozirgi zamonda keng 
qo‘llaniladi. Bu avlod kompyuterlari elektron va yorug‘lik nurlari energiyasidan foydalanishga, 
tuzilishi esa lazer texnikasiga, nurlanuvchi diodlarga asoslangan. Amal bajarish tezligi sekundiga 
1 milliardgacha, xotirasinig hajmi 10 millliondan 3-4 milliard (Gbayt) baytgacha kengaydi.
Shaxsiy kompyuterlarining yaratilishi texnikada revolyutsion xarakterga ega bo‘ldiki, ular 
ommabob hisoblash mashinalariga aylanib koldi.
Hozirgi paytda ishlab chiqarish va kundalik hayotda dunyoda 100 millionlab shaxsiy 
kompyuterlar ishlatilmoqda.
Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan 
belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun 
mo‘ljallangan elektron mashina.
Kompyuter so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “hisoblash”, “hisoblagich” degan ma’nolarni 
bildiradi.
Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo‘lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa 
ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – 
kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avvalo 
shuni aytish lozimki, ko‘pchilikning tushunchasida go‘yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat 
shaxsiy kompyuter bor xolos. Bunga albatta sabablar ko‘p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy 
kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan 
ancha oshib ketganligida bo‘lsa, ikkinchi tomondan ko‘p masalalarni yechish uchun bu 
kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko‘p 
uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) 
terminlari ham hayotda ko‘p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter 
terminidan foydalanamiz.
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-
analogli, ixtisoslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning 
universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgani uchun, 
ulardan ko‘proq foydalanilmoqda.
Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng 
qo‘llanilmoqda.




Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish