2-mavzu: Yuridik shaxslardan olinadigan foyda



Download 38,98 Kb.
bet9/9
Sana11.04.2022
Hajmi38,98 Kb.
#544546
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi eaf45

Yaponiya

Italiya

Ispaniya

Niderlandiy
a

Avstriya

AQSh

Frantsiya

Qozog’iston

Buyuk Britaniya

Germaniya

Rossiya

O’zbekiston
0,0%
1-rasm. Xorijiy mamlakatlarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig'ining stavkalari4

Xususan, AQSh davlat budjetida yirik soliqlaridan biri bu – korporatsiya solig'i hisoblanadi. Barcha korporatsiyalar tabaqalashtirilgan stavkalarda soliq to'laydi. Korporatsiyalarga solinadagan foyda solig'i 1909 yilda joriy qilingan bo'lib, o'sha yili uning qiymati atigi 1 foizni tashkil qilgan edi. Urushlar davrida esa korporatsiyalardan olinadigan soliq stavkasi ko'tarildi. Jumladan, birinchi jahon urushi davri u korxonaning umumiy daromadidan 12 foizni, ikkinchi jaxon urushida 40 foizni tashkil qilgan. Koreya urushi davrida esa Amerika korporatsiyalariga solinadagan daromad solig'i 52 foizgacha ko'tarilib ketgan. 1979 yilda mazkur soliq 46 foiz qilib belgilandi. Xozirgi kunda ushbu soliq stavkasi 34 %ni tashkil etmoqda.


XX asr 80-yillarning ikkinchi yarmi va 90-yillarning boshlarida dunyoning AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Shvetsiya va boshka bir qator etakchi mamlakatlari kapital jamg'arilishini tezlashtirishga va ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirishga yo'naltirilgan soliq isloxotlarini amalga oshirdilar. Ana shu maqsadlar uchun korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliqning stavkasi birmuncha pasaytirildi. Masalan, AQShda korporatsion soliqning stavkasi 46 foizdan 34 foizgacha pasaytirildi; Buyuk Britaniyada - 45 foizdan 35 foizgacha, so'ng esa 30
foizgacha, Frantsiyada - 1986 yilda 50 foizdan 45 foizgacha, 1991 yilda 42 foizgacha,
so'ng esa 33.5 foizgacha; Yaponiyada - 1989 yilda 42 foizdan 37 foizgacha (prefektura va mahalliy soliqlarni hisobga olgan holda).



4 www.ziyonet.uz – sayti ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tuzilgan.
Korporatsiyalar solig'i odatda qo'shma soliq bo'lib u xam shtat, ham federal budjetni shakllantiradi. Odatda stavkalar o'zgarmas bo'ladi. Ba'zi shtatlar ushbu soliq stavkasiga qo'shimcha ravishda ya'ni shtalarning iqtisodiy xolatidan kelib chiqib soliq stavkalarini belgilaydilar Eng yuqori stavka Masalan Ayova shtatida 12%, Konnektikutda 11,5%, Kolumbiya okrugida 10,25 %, Missisipida 3-5% va Yutada- 5% stavka amal qiladi.
Korporatsiya daromadiga soliq imtiyozlari juda ko'p. Sof foydadan shtat va maxalliy (soliqlar) daromad soliqlari chegiriladi, o'z mulki xisoblangan qimmatli qog'ozlardan kompaniyalardan olgan 100% dividend, soliqqa tortiladigan mahalliy kompaniyalardan dividendining 70-80% i, maxalliy xukumat va shtatlar qimmatli qog'ozlari bo'yicha foizlar, ijtimoiy ajratmalar xam chegiriladi. Ikki marta tez amortizatsiya xisoblash bo'yicha, ilmiy-izlanish, konstruktorlik faoliyatiga imtiyozlar qo'llaniladi.
Korporativ soliq kompaniyalardan olinadigan solig'i Buyuk Britaniyada 1965 yili joriy qilingan. Bu soliq ilgari qo'llangan kompaniyadan olinadigan soliqni almashtirdi. 1965 yilgacha ular jismoniy shaxslar bilan barovar soliqqa tortilar edi. Bundan tashqari ularga qo'shimcha 15%li foydaga solinadigan soliq qo'llangan. Buyuk Britaniyada 1965 dan 1973 yilgacha qo'llangan klassik korporatsion oliq tizimi o'rniga korporatsion soliqni amputatsion tizimi kirib keldi.
Korporatsion soliq rezident kompaniyalarni soliq yili davomida olgan xamma foydalari uchun qo'llaniladi.
Ingliz soliq qonunchiligi “Kompaniya” tushunchasiga korporativ organlarni (korporativ bo'lmagan shirkat assotsiatsiyalarini chiqarib tashlanadi) kiritadi.
Korporatsion soliq kompaniya daromadlaridan ruxsat etilgan ayirmalarni olib tashlangandan keyin ushlanadi. Soliq stavkasi har yili mamlakat budjeti tasdiqlanganda belgilanadi va o'tgan moliya yili daromadiga nisbatan qo'llanadi. Xozirgi kunda 33 va 24 (kichik biznes uchun) foiz stavkalar qo'llanadi.
Amputatsion tizimga binoan kompaniyadan korporatsion soliq xamma olingan foydasi yuzasidan ushlanadi. Agar bu foyda aktsionerlar o'rtasida taqsimlanadigan bo'lsa, kompaniya to'lagan soliqning xam bir qismi bo'linadi va aktsioner to'laydigan daromvd solig'ida xisobga olinadi.
Amputatsion tizim beshta asosiy belgilari bilan ifodalanadi:

  • Kompaniya korporatsion soliqni yagona stavka bilan xamma foydasi (taqsimlangan va taqsimlanmagan) yuzasidan to'laydi.

  • Daromad solig'i dividendlar manbaida ushlanmaydi.

  • Agar kompaniya dividend to'laydigan bo'lsa, u oldindan korporatsiya solig'i xisobiga avans to'lovini berishi kerak. Korporatsiya solig'i avansini soliq stavkasini aktsiyadorlar o'rtasida taqsimlanadigan foyda summasiga qo'llash yo'li bilan aniqlanadi.

  • Daromad solig'ini to'lashda Buyuk Britaniyani rezidenti, olingan dividenddan to'langan avansni chiqarib tashlash xuquqiga ega.

Bulardan tashqari mamlakatimizda kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtrilgan tizimini joriy kilinganligi va boshqa bir kator soliq turlari uchun xam imtiyozlarni qo'llanilishi soliqqa tortishning jahon amaliyoti tamoyillardan keng foydalanilayotganlidan dalolat beradi.
Shunday kilib, O'zbekistonda va xorijiy davlatlarda soliqqa tortish xususiyatlarini kiyoslash bizda korxonalarni soliqqa oid rag'batlantirishning shakllangan tamoyillari rivojlangan davlatlarda mavjud tamoyillarga muvofiqligidan guvohlik beradi.
Ma'lumki, amaliyotda soliq ob'ektining soliqqa tortilmaydigan minimumi, ayrim soliq ob'ekti elementlarini soliqqa tortishdan chiqarib tashlash, aloxida shaxslar yoki to'lovchilar turkumini soliq to'lashdan ozod qilish, soliq stavkasini kamaytirish, soliqlar bo'yicha kredit berish (soliq undirib olishni kechiktirish) kabi maqsadli va shunga o'xshash soliq imtiyozlari mavjud.
Korxonalar innovatsion faoliyati bilan bog'liq bo'lgan xo'jalik tashabbuslarini rag'barlantirish maqsadida xorijiy davlatlarda investitsion soliq kreditidan (ishlab chiqarishni kengaytirish, asosiy vositalarni moliyalashtirish bo'yicha soliq krediti berish) muvaffaqiyatli foydalanib kelmoqda.
Investitsion soliq krediti ilmiy texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, texnik jixatdan qayta qurollantirish va rekonstruktsiya qilishga o'z mablag'larini kengaytirishni rag'batlantirishga qaratilgan yoki asosiy foizlarni moliyalishtirish maqsadida kapital qo'yilmalarni uzluksiz ravishda ko'paytirib borishi lozim bo'lgan tarmoqlarga to'g'ridan-to'g'ri subsidiya bo'lib xizmat qiladi. Lekin, shunga qaramasdan investitsion soliq krediti tezlashtirilgan amortizatsiya kabi normal xo'jalik faoliyati yuritayotgan korxonalarga berilishi mumkin.
Soliq krediti sifatida taqdim etiladigan ushbu imtiyozlarning eng xususiyatli tomonlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, soliq imtiyozi soliq inspektsiyasi hamda undan foydalanuvchi korxona o'rtasida tuzilgan kredit shartnomasi asosida beriladi;
ikkinchidan, soliq imtiyozidan maqsadga muvofiq foydalanish ustidan nazorat qilib turish imkoniyati tug'iladi.
Chunki soliq imtiyozi aniq bir maqsadga beriladi va muddati tugaganidan so'ng taqdim etilgan kreditni soliq inspektsiyasi foizi bilan qaytarib olishdan manfaatdor bo'ladi.
Yaponiyada agar, firma yillik daromadi 3.5-7 mln. iengacha bo'lsa, 9 % daromadi 7 mln. iendan yuqori bo'lsa, 12 % soliq stavkalari qo'llaniladi.5
Soliqlar vositasida korxonalar faoliyatiga ta'sir etishda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha imtiyozlar tizimidan foydalanish korxonalar iqtisodiy faolliganing umumiy darajasini oshirish va ishlab chiqarishning ayrim soxalarini rag'batlantirish uchun muxim qurol bo'lib xizmat qiladi. Bu ayniqsa xorijiy investorlar ishtirokidagi qo'shma korxonalar taraqqiyotining boshlang'ich bosqichida yanada kuchliroq axamiyat kasb etadi. Soliq imtiyozlari yordamida korxonalarning moddiy va pul resurslaridan foydalanishdagi huquqlarini kengaytirish, soliq og'irligini kengaytirish va budjet daromadlarini muvofiq ravishda korxonalar daromadlarini oshirish evaziga ko'paytirish orqali erishishi mumkin. Bundan tashqari, soliq tizimining samarali amal qilishini, soliqqa tortish og'irligini korxonalar xo'jalik faoliyatining moliyaviy natijalariga taqqoslash orqali baholash mumkin.



5 Shamsutdinov F., Shamsutdinova Sh. Chet mamlakatlar soliq tizimi. Darslik. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –508 b.
Download 38,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish