107-rasm. Samosval-avtomobillarning transportirovka uzoqligiga (L) bog‘lik holda unumdorligi
(Pe):
1,2- qattiq koplamali yo‘llarda; 3, 4- gruntli yo‘llarda. Qurilishning birinchi yili, samosval-
avtomobillardan faqatgrunt ishlarida foydalaniladigan paytda, ularning umumiy soni birinchi va
ikkinchi smenada nisbatan barkaror va bir xil.
Qurilishning ikkinchi yili grunt ishlarida yo‘l to‘shamaining qatlamlarini
qurish bo‘yicha qurilish grafiklari tuziladi, ular materiallarni tashish masofalari xar
xil bo‘lgani uchun sinik chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Grafiklar yuqorida keltirilgan
qurilishni tashqil qilish tamoyillariga muvofiq umumlashtiriladi: koplama va
sement-gruntli asos qurilishi - birinchi smenada, grunt ishlari - ikki smenada
bajariladi. Foydalanishdagi samosval-avtomobillar sonini birinchi va ikkinchi
smenada birxillashtirish uchun o‘simlik gruntini tashish, shuningdek yo‘l chetiga
qo‘shimcha grunt solish ikkinchi smenada tashqil etiladi.
So‘tka davomida va bo‘tun qurilish mavsumida, jumladan bo‘tun qurilish
mavsumida samosvallarga exdiyojni qumni tashish hisobga yanada tekislash
mumkin. Bu ancha kiyin operatsiya, shuningdek, texnologik jixatdan qurilishning
iqlimiy muddatlari hamda yo‘l to‘shamai qurilishi bo‘yicha potoklar bilan kat’iy
bog‘langan emas. SHuning uchun qumni trassa bo‘yicha (vaqtinchalik ob’ekt oldi
omborlariga) va zavodlarga oldindan, bo‘tun yo‘l qurilishi muddati davomida va
ayniksa qishki mavsumda tashish mumkin.
rasmda kurib chikilgan kalendar grafikning ikkinchi varianta muayn shart-
sharoitlarga asoslanadi:
yo‘l poyi faqatyilning issiq paytida kuriladi;
koplama hamda asosning yuqori qatlami qurilishi faqatbirinchi smenada olib
boriladi;
bo‘tun qurilish mavsumi davomida SBZ bitta joyda joylashtiriladi;
yo‘l to‘shamai va yo‘l poyi qurilishi sur’atlari doimiy.
Qurilishning bunday tashqil etilishi uning bo‘tun muddati davomida transport
vositalari sonining doimiy uzgarib turishi bilan bog‘liq. Maqbul chegaralarda
samosval-avtomobillarga ehtiyoj epyurasini tekislash qumni tashish hisobiga
amalga oshirilgan. Har kuni barcha transport operatsiyalarida avtomobil l ar soni
doim uzgarib turadigan sharoitlarda karorlar qabul kilinishi qurilishni boshqarishni
ancha kiyinlashtiradi.
Bir erda olib boriladigan grunt ishlarini ekskavator otryadi birinchi
variantdagidek bajaradi. CHiziqli grunt ishlarida doimiy miqdordagi avtomobillar
band bo‘lib, ular grunt ishlarining uz vaqtida - qurilishning ikkinchi yili ikkinchi
iyuligacha tugatilishini ta’minlaydi. Gruntni tashish masofalari uzgarib turadigan
sharoitda barkaror mashinalar parkidan foydalanish tashuvlarning so‘tkalik
hajmlarining xam doimiy uzgarib turishiga olib keladi. Bunday o‘zgarishlar 40
foizga etadi, bu, tabiiyki, yo‘l poyini qurish ritmini buzadi. Nasipni sepish sur’atlari
xam chiziqli (m), xam hajmli ulchovlarda uzgaruvchan bo‘ladi (36.9-rasmdagi
to‘lqinsimon chiziq). Otryadning kechiqishi shunda ifodalanadiki, u yo‘l poyining
yuqori qatlami gruntini tekislash va zichlashtirishga ulgurmaydi. Buni gruntli
karerlardan uzoqdagi uchastkalarda bartaraf etiladi, bunday uchastkalarda gruntni
etkazib berish sur’atlari keskin pasayadi. SHunday qilib, balandliklarni
ko‘tarishning o‘rtacha sur’ati gruntni etkazib berishning o‘rtacha sur’atiga moe
keladi.
Ikkinchi variant bo‘yicha chiziqli grunt ishlari bo‘tun so‘tka davomida olib
boriladi. Grunt kuz-bahorgi mavsumdan tashqari barcha oylarda tashiladi. Yo‘lga
qish paytida keltirilgan grunt qurilishning ikkinchi yilidagi issiq davrda tekislanadi
va zichlashtiriladi.
Yo‘l to‘shamai qurilishini tashqil qilish kalendar grafikning birinchi
variantiga moe keladi. Birok bu erda xam mashinalar parkining nisbatan barkaror
tarkibini ta’minlovchi tadbirlar nazarda to‘tilgan. Sement-gruntli asos va sement-
beton koplama qurilishida tegishli xususiy potoklarni SBZdan maksimal masofaga
uzoqlashtirishda samosvallarning nisbatan katta soniga kiska muddatli extiyoj paydo
bo‘ladi. Ushbu operatsiyalarda samosvallarga maksimal extiyojni pasaytirishga
smenalar davomiyligini oshirish xisobiga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |