2.mavzu.Umumiy tabiiy geografiyaning asosiy muammolari
Reja:
1.Umumiy tabiiy geografiyaning obyekti va predmeti..
2.Tabiiy geografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Geografik qobiqning chegaralari va tarkibiy tuzilishi. Uning geosferalari va komponentlari
Geografik qobiqning chegaralari, va tarkibiy tuzilishi. Uning geosferalari va komponentlari. Geografik qobiqning o‘ziga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlari. Uning tarixan shakllangan, uzluksiz rivojlanib turadigan, o‘ziga xos va murakkab moddiy tizim ekanligi. Geografik qobiqning tashqi olam bilan aloqadorligi. Unda organik hayotning mavjudligi. Geografik qobiqning mavjudligida tirik moddaning ahamiyati. Geografik qobiqdagi hududiy farqlarni aniqlash va muayyan hududlarning tabiiy sharoitini tadqiq qilish katta hududlar(regional) tabiiy geografiyasining eng muhim vazifalardan biri ekanligi.
Tabiiy geografiya fanining ob’ekti va predmeti haqidagi fikrlarning bunday hilma-hilligi o‘quvchini chalg‘itadi. Undan tashqari, tabiiy geografiyaning tabiiy fanlar qatorida tutgan o‘rni va tarmoqlanishini to‘g‘ri aniqlab olishga halaqit byeradi. Bunday chalkashliklarning asosiy sabablaridan biri ob’ekt so‘zining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.Chunki bu so‘z lotinchadan olingan bo‘lib, objctum, ya’ni predmet degan ma’noni byeradi. Bu ob’ektning tor ma’nosidir. Falsafa lug‘atida bilishning predmeti deb ob’ektning tajribada qayd etilgan va insonning amaliy faoliyat jarayoniga kiritilgan tomonlari, hususiyatlariga aytiladi. U mazkur sharoitda ma’lum maqsadni ko‘zlab o‘rganiladi deb ko‘rsatilgan.
Falsafaning bilish nazariyasi bo‘limi hisoblangan gnoseologiyada ob’ekt deganda inson faoliyati jarayoniga kiritilgan va sub’ekt tomonidan predmetlar orqali bilim jihatidan o‘zlashtirilgan va insondan mustaqil bo‘lgan narsalar tushuniladi. Ushbu fikrlarga mos holda A.F.Plaxotnik (1973) fanning predmeti uning ob’ektidan maxsus qo‘yilgan vazifa yordamida va mantiqiy, texnik metodlarni qo‘llash yordamida chiqarib olinadi deb yozadi.
Iqtisodiy geograflardan A.S. Soliev (1988) iqtisodiy va sotsial geografiyaning ob’ekti, predmeti, o‘rganish metodlari va vazifalari haqida fikr yuritar ekan, ob’ekt syerqirrali borliq, hodisa yoki voqealar bo‘lib, birgina fan uchun emas, balki ko‘p fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Har bir fan hodisa va voqealarning bir tomonini (aspektini) o‘rganadi. Ana shu "bir tomoni yoki aspekti" fanning predmetidir degan xulosaga keladi. Ushbu muloxazadan ko‘rinib turibdiki, fanning ob’ekti, uning predmetidan xajmi, mazmuni jihatidan "kattaroq narsa" bo‘lishi kyerak. SHu nuqtai nazardan qaraganda, fanning ob’ekti va predmeti haqida F.N.Milkov (1990) bildirgan muloxazalar anchagina munozaralidir. Masalan, uning "fanning o‘rganish predmeti quyiroq tasnif pog‘onasiga joylashgan bir qancha fanlar tizimining ob’ekti bo‘ladi", deb aytishini va tabiiy geografiyaning ob’ekti yer yuzasidir, predmeti geografik qobiqdir degan xulosani e’tirof etish qiyin.
Undan tashqari geografik fanlarning tizimli tasnifi va undagi umumiy yer bilimining o‘rni haqida berilgan chizma (1-rasm) esa o‘quvchi uchun uni chalkashtiruvchi boshqotirmaga o‘xshaydi. U tavsiya etayotgan fanlar tasnifi va unga bog‘liq xolda ob’ekt va predmet haqida bildirilgan fikrlari esa alohida taxlilga loyiqdir.
I.Zokirovning fikricha, tabiiy geografiya fanining tekshirish ob’ekti bittadir. U ham bo‘lsa juda rang-barang va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan geografik qobiqdir. Undagi rang-barang va murakkablik uning syerkomponentligi bilan, ular orasida ro‘y byerib turadigan, hamda tashqi muhit bilan bo‘lib turadigan o‘zaro ta’sir va aloqadorliklarning syerqirraligi bilan bog‘liqdir.
2. Geografik qobiq, geografik muhit, tabiiy geografik kompleks, landshaft, geografik tizim, tushunchalari va ta’limotlarining shakllanishi.
Geografik qobiqning bunday murakkab tuzilganligi, ya’ni uning ko‘p komponentliligi va turli-tuman tabiiy geografik komplekslardan tashkil topganligi uni har tomonlama tadqiq qilishni taqazo etadi. Uning har bir komponentini u yoki bu xususiy Fan o‘z predmeti sifatida o‘rganishi mumkin. Masalan, relefni geomorfologiya fani, tuproqni tuproqshunoslik fani, o‘simlik qoplamini geobotanika kabi. Ammo, bu komponentlarni hammasini birgalikda ular orasidagi mavjud bo‘lgan o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari bilan birga, bir butun tabiat hosilasi, ya’ni tabiiy geografik kompleks sifatida faqat geografiya fanigina o‘rganadi. Geografik qobiq eng katta tabiiy geografik kompleks sifatida, geografiya fanining tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, geografik qobiq tabiiy geografiya fani uchun bir vaqtning o‘zida ham ob’ekt, ham predmet vazifalarini o‘tashi mumkin.Shu ma’noda I.M.Zabelin (1978) bildirgan fikr e’tiborga loyiqdir. U "geografik qobiq ob’ekt sifatida yyer haqidagi bir qator fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin va o‘rganilmoqda.Geografik qobiq, umuman tabiatning kompleks xodisasi sifatida tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti hisoblanadi" - deb yozadi.
Geografik qobiqning bir butunligi uning turli qismlarida turlicha tabiiy sharoit mavjudligini inkor etmaydi. Geografik qobiq, bir butun tabiiy kompleks bo‘lishi bilan birga turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga tabaqalangandir.
Tabiiy geografik kompleks deganda, u kattami yoki kichikmi, baribir, tabiatda ob’ektiv mavjud bo‘lgan, makon va zamonda shakllangan, bir butunlik hususiyatiga ega bo‘lgan moddiy tizim
Demak, geografik qobiq tabiiy geografiya fani uchun bir vaqtning o‘zida ham ob’ekt, ham predmet vazifalarini o‘tashi mumkin. Shu ma’noda I.M.Zabelin (1978) bildirgan fikr e’tiborga loyiqdir. U "geografik qobiq ob’ekt sifatida yer haqidagi bir qator fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin va o‘rganilmoqda.Geografik qobiq, umuman tabiatning kompleks xodisasi sifatida tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti hisoblanadi" - deb yozadi.
Geografik qobiqning bir butunligi uning turli qismlarida turlicha tabiiy sharoit mavjudligini inkor etmaydi. Geografik qobiq, bir butun tabiiy kompleks bo‘lishi bilan birga turli katta-kichiklikdagi tabiiy geografik komplekslarga tabaqalangandir.
Tabiiy geografik kompleks deganda, u kattami yoki kichikmi, baribir, tabiatda ob’ektiv mavjud bo‘lgan, makon va zamonda shakllangan, bir butunlik hususiyatiga ega bo‘lgan moddiy tizim
tushuniladi. Har bir tabiiy geografik kompleks o‘ziga hos bo‘lgan bo‘ylama va enlama strukturaga egadir. Har birining strukturasi komponentlararo va ichki komplekslari aro modda va enyergiya almashinishi ko‘rinishidagi murakkab tabiiy jarayonlar natijasida shakllanadi.
Tabiiy geografiyaga oid kitob va maqolalarda uchraydigan"tabiiy kompleks", "tabiiy hududiy kompleks", "geografik kompleks" yoki "geokompleks" atamalarining hammasi tabiiy geografik kompleks atamasining sinonimi sifatida va keyingi yillarda qo‘llanilayotgan "geotizim" atamasi ham, asosan shu ma’noda ishlatilmoqda.Bizningcha, bu atamadan foydalanilgan taqdirda, tabiiy geografik kompleks atamasining o‘rniga emas, balki u bilan yonma-yon, "ya’ni tabiiy geografik kompleks o‘ziga xos geotizimdir" qabilida ishlatgan maqul.
Geografik qobiqni tashkil qiluvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari ular orasida muttasil ro‘y berib turadigan modda va energiya almashinishining natijasi bo‘lib, bu almashinish moddaning aylanishi va energiya oqimi shaklida bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning harakati uning tarkibiy qismlarini bog‘lab turadi va bir butunligini ta’minlaydi.
Geografik qobiqning mavjudligi va u o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy geografiyaning ob’ekti ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan tan olingan. Ammo uning nomlanishi, uning yuqori va quyi chegaralari, hamda ularga bog‘liq holda, qalinligi haqida turlicha fikrlar yuzaga kelgan. Geografik qobiq haqidagi ta’limotning asoschisi xisoblangan A.A.Grigorevning o‘zi ham uni turlicha nom bilan atagan. Masalan, 1930 yilda "geografik muhit", 1937 yilda "tabiiy geografik qobiq" va 1964 yilda esa "geografik qobiq" deb atagan.
Geografik qobiq haqidagi ta’limotning ommalashtirilishida, oliy geografik ta’limga joriy qilinishida, o‘rta maktab dasturlariga kiritilishida xizmatlari beqiyos bo‘lgan S.V.Kalesnik 1940 yilda birinchi bo‘lib "geografik qobiq" atamasini ishlatgan bo‘lsa ham, keyinchalik 1955, 1970 yillarda u sinonim sifatida "landshaft qobig‘i" atamasidan foydalana boshladi.
Yerning tashqi qobig‘ini geografik adabiyotda "landshaft qobig‘i" (YU.K.Efremov, 1950: V.B.Sochava, 1956), "landshaft sferasi" (YU.K.Efremov, 1959: D.L.Armand, 1975), "biogenosfera" (I.M.Zabelin, 1959, 1978), "epigeosfera" (A.G.Isachenko, 1965, 1991) yoki "geosfera" (A.M.Ryabchikov, 1978) deb nomlash hollari uchraydi. Bir vaqtlar V.I.Vernadskiy (1926) aytgan "biosfera" ham o‘z chegaralari bilan geografik qobiqqa mos keladi. Bu haqda, A.E.Krivolutskiy (1985) tomonidan tuzilgan va tabiiy geografiyaning ob’ektiga nisbatan bildirilgan turli ko‘z qarashlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali jadval yaxshi tasavvur xosil qilishi mumkin (1 rasm).
N.A. Gvozdetskiy (1979) tabiiy geografiyaning predmeti haqida so‘z yuritar ekan, YU.K. Efremov (1959) va S.V. Kalesnik (1970) kabi geografik qobiq atamasining o‘rniga landshaft qobig‘i atamasini ishlatish o‘rniga, F.N. Milkov (1970) tavsiya etganidek, alohida qobiqni landshaft sferasini ajratish to‘g‘riroq bo‘lar edi deb xisoblaydi.
Geografik qobiqning bunday murakkab tuzilganligi, ya’ni uning ko‘p komponentliligi va turli-tuman tabiiy geografik komplekslardan tashkil t opganligi uni har tomonlama tadqiq qilishni taqazo etadi. Uning har bir komponentini u yoki bu xususiy fan o‘z predmeti sifatida o‘rganishi mumkin. Masalan, relefni geomorfologiya fani, tuproqni tuproqshunoslik fani, o‘simlik qoplamini geobotanika kabi. Ammo, bu komponentlarni hammasini birgalikda ular orasidagi mavjud bo‘lgan o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari bilan birga, bir butun tabiat xosilasi, ya’ni tabiiy geografik kompleks sifatida faqat tabiiy geografiya fanigina o‘rganadi. Geografik qobiq eng katta tabiiy geografik kompleks sifatida, tabiiy geografiyaning tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, geografik qobiq tabiiy geografiya fani uchun bir vaqtning o‘zida ham ob’ekt, ham predmet vazifalarini o‘tashi mumkin. Shu ma’noda I.M.Zabelin (1978) bildirgan fikr e’tiborga loyiqdir. U "geografik qobiq ob’ekt sifatida Yer haqidagi bir qator fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin va o‘rganilmoqda. Geografik qobiq, umuman tabiatning kompleks hodisasi sifatida tabiiy geografiyaning o‘rganish predmeti xisoblanadi" - deb yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |