Kimyo fanining rivojlanish davrlari.
Kimyo fani atigi uch asr muqaddam tarkib topgan va hozirgacha bir necha asosiy davrlarni o'tkazgan. O'rta maktab kimyo fanidan dars berishda bu davrlarni bilish lozim.
1. Tasviriy kimyo davri. XVIIIasr o'rtalarigacha bo'lgan, bunda qonun va nazariyalar bo'lmagan unda chiqqan darslik ham "demonstratziya fani" deb nomlangan.
2. Tajribaviy-nazariy kimyo davri XVIIIasrning o'rtasidan to XIX asrning o'rtasigacha bo'lgan davrdir. Bu davrda moddalar massasining saqlanish qonuni va boshqa amaliy ishlar paydo bo'ldi. Shu davrda kimyoning eksperimental nazariy xarakteri kimyo o'qitish metodlarida ham aks etdi. Ilgari qo'llanilib kelgan oddiy ko'rsatma metod o'rniga eksperimental metoddan foydalaniladigan bo'ldi. Ammo o'sha davrda, kimyo keng o'zida metodologik kurash borligi munosabati bilan, anti- materialistik g'oyalar kimyo o'qitishga ham kirib bordi. Metodik qarashlar o'ta ketgan emperizmning zararli g'oyalari bilan zaharlandi.
3. Uchinchi davr kimyoda eng buyuk nazariy umumlashtirishlar davri XIX asrning o'rtasidan to oxirigacha bo'lgan davr. Bunda Mendeleyev va Butlerov kitoblari chiqdi. D. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi va A. Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi "Vvedenie k polnomu izucheniyu organicheskoy ximii" butun organik kimyo o'quv kursining asosiy prinsipi bo'lishiga qaramay uzoq vaqt rus maktablarida ham qo'llanilmay kelgan edi.
4. Kimyoda elektron tasavvurlar XIX asrning oxiridan taxminan XX asrning 20 yillarigacha bo'lgan davr atomlar tuzilishining kashf etilishi bilan bog'liq. Bu davrda moddalarning xossalari atomlar tuzilishi nuqtai nazaridan izohlab berildi: kimyoviy o'zgarishlarning mohiyati aniqlandi-oksidlanish, qaytarilish, ionlanish, elektroliz va boshqa protzesslarning mohiyati oydinlashtirib berildi: yangi atomlar, yangi sun'iy kimyoviy elementlar hosil qilindi va ishlatildi. Atomning ichki energiyasi deb atalgan g'oyat katta energiya manbai topildi.
Yuqoridagi ilmiy kashfiyotlar xar hil idealistik ideyalarni tomirlariga bolg'a urdi va birdan bir to'g'ri, tabiatning mohiyati hamda qonuniyatlarni aks ettiruvchi ideyalarni dialektik-materialistik ideyalarni mustahkamladi.
Kimyo o'qituvchisining vazifasi yosh avlodni mustaqil Respublikamizni qurishga tayyorlash bilan belgilanadi. O'quvchilarni hozirgi zamon bilimlari bilan qurollantirish maktabimizning eng muhim vazifasidir va bu kimyo o'qituvchisiga ham yuklatilgandir.
O'quvchilarga kimyo o'qitish jarayonida politexnik ta'lim berish dialektik-materialistik dunyoqarash asoslarini hosil qilish, vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalash maktab hamda kimyo o'qituvchisining eng muhim vazifasidir. O'qituvchi o'quvchilarga politexnik ta'lim berish maqsadida:
O'quvchilarni eng muhim kimyoviy ishlab chiqarishlar bilan tanishtiradi, hozirgi zamon kimyoviy ishlab chiqarishlariga asos bo'lgan ilmiy prinsiplarni alohida ta'kidlab o'tadi.
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslarini ochib beradi.
O'quvchilarga kimyo va kimyo sanoatining yutuqlarini, shuningdek, ularning bundan buyon asosan qaysi yo'lda rivojlanishini ko'rsatib beradi.
Kimyoning eng yangi yutuqlaridan amaliy hayotimizda qanday foydalanilayotganligiga o'quvchilar e'tiborini jalb ettiradi.
O'quvchilarga eng muhim, amaliy hayotda albatta zarur bo'ladigan o'quv malakalar beradi.
O'quvchilarni ularning qo'lidan keladigan ta'lim-tarbiya maqsadlariga bo'ysundirilgan ijtimoiy foydali ishlarga jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |