2-MAVZU: UGLERODLI PULATLAR
Po’lat, bu mashina va asbobsozlikda, qurilishda, shuningdek turli asboblar
tayyorlashda ishlatiladigan asosiy materialdir. Po’latlar nisbatan arzon bo’lib,
ko’p miqdorda ishlab chiqariladi. Po’lat muhim mexanik, fizik-ximiyaviy va
texnologik xossalar kompleksiga ega. Po’latlar ximiyaviy tarkibi, vazifasi, sifati,
oksidsizlantirish darajasi va strukturasiga ko’ra klassifikatsiyalanadi.
Ximiyaviy tarkibiga ko’ra klassifikatsiyasi. Ximiyaviy tarkibiga
ko’ra po’latlar uglerodli va legirlangan xillarga bo’linadi. Xossalari asosan uglerod
miqdoriga borliq bo’lgan po’lat u g l e r o d l i po’lat deb ataladi. Uglerodli
po’latlar uglerod miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25% gacha S), urtacha
uglerodli (0,25- 0,6% S) va ko’p uglerodli (0,6% dan ko’p) xillarga bo’linadi.
Uglerod va doimiy aralashmalarning uglerodli po’latlar xossasiga ta’siri.
Uglerodli po’lat tarkibida temir va ugleroddan tashqari kremniy, marganets,
oltingugurt, fosfor, kislorod, azot, vodorod kabi doimiy aralashmalar xam bo’ladi.
Ular po’lat xossalariga katta ta’sir kursatadi. Aralashmalar po’latni eritish
jarayonida ularni chiqarib yuborish kiyin bulganligi (oltingugurt va fosfor) yoki
ularni oksidsizlantirilish jarayonida (kremniy, marganets) yoki shixtadan (xrom,
nikelь) utishi tufayli mavjuddir.
Termik ishlov berilmagan po’lat strukturasi sekin sovitilgach, ferrit va
tsementit aralashmasidan iborat bo’ladi. Bunday po’latning strukturasi yo perlit
ferrit, yoki perlit tsementit ko’rinishida bo’ladi. Po’latdagi tsementit
miqdori u g l e r o d miqdoriga turri proportsional ravishda oshib boradi
Uglerodli po’latda k r e m n i y aralashmasi, odatda, 0,4% gacha, marganets esa
0,5-0,8% bo’ladi. Kremniy va marganets foydali aralashmalar hisoblanadi. Ular
po’latga uni oksid sizlantirish jarayonida utadi. Oksidlantirish po’lat xossalarini
yaxshilaydi. Kremniy po’latning oquvchanlik chegarasini oshiradi, bu esa
po’latning cho’zilishga moyilligini kamaytiradi. SHuning uchun sovuq holda
shtamplashga mo’ljallangan po’latlarda kremniy miqdori kam bo’lishi kerak.
Uglerodli po’latlar uchta asosiy gruppaga bo’linadi: oddiy sifatli uglerodli
po’latlar, sifatli uglerodli po’latlar, maxsus vazifali uglerodli po’latlar (avtomat,
kozon po’latlari va boshqalar).
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar (GOST 380-71). Bunday po’latlar keng
tarqalgan bo’lib, normallashtirilgan holatda prokat ko’rinishida yetkazib beriladi
hamda mashinasozlik, qurilish va xalq xujaligining boshqa sohalarida ishlatiladi.
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar ST harflari va 0 dan 6 gacha bo’lgan
raqamlar bilan belgilanadi. Raqamlar po’lat markasining shartli nomerini bildiradi.
Raqam qancha katta bo’lsa, uglerod miqdori shuncha kup, po’latning
mustahkamligi yuqori, plastikligi esa past bo’ladi.
Oddiy sifatli uglerodli po’latlar vazifa-si va garantiyalangan xossalariga
ko’rauch xil gruppada yetkazib beriladi: A, B, V (1-jad val).