2-Mavzu: Turkiya Respublikasining umumiy tavsifi



Download 53,19 Kb.
bet2/4
Sana17.01.2022
Hajmi53,19 Kb.
#380194
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu Turkiya iqtisodiyoti


Asosiy savollar

1.Turkiyaning iqtisodiy-geografik joylashuvi

2.Turkiya Respublikasining tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlari

3.Turkiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar.


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni
Turkiya davlati asosan janubi-g‘arbiy va qisman janubi-sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakat sanaladi. Mamlakatning janubdan Suriya va Iroq, sharqdan Eron, shimoli -sharqdan Armaniston, Gruziya va Azarbayjon bilan, shimoli-g‘arbdan esa Bolgariya bilan chegaradosh ekanligi uning bir paytning o‘zida ham Osiyo, ham Yevropa mamlakatlari bilan aloqalari uchun tabiiy shart-sharoitlarning mavjudligini izohlaydi..

Mamlakatning umumiy xududi- 783562km2 bo‘lib,uning hududi solishtirilganda Texas shtatidan biroz kattaroq sanaladi. Turkiya hududining 97%i Osiyo qit’asiga, 3%i esa Yevropa qit’asiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatning asosiy qismi Qora dengiz va O‘rta Yer dengizi oralig‘idagi Anatoliya yoki Kichik Osiyo yarim orolida joylashgan. Turkiyaning aynan qulay geografik xususiyatlaridan biri ham -bu-qadimdanoq Yevropa bilan Osiyoni, qoradengiz mamlakatlari va xalqlarini, O‘rta Yer dengizi mamlakatlari va xalqlari bilan bog‘lab turuvchi muhim bir chorrahada, nuqtada joylashganligidadir. Hozirda esa Turkiya hududida yotqizilgan avto magistral va temir yo‘llar Yevropani Osiyoning bir qancha mamlakatlari bilan bog‘lash uchun xizmat qilmoqdi.

Mamlakat g‘arbdan sharqqa 1600 km, shimoldan janubga esa 600 kmgacha cho‘zilgan. Turkiya Respublikasi uch tomondan dengizlar, ya’ni shimoldan Qora dengiz, g‘arbdan Egey dengizi, janubdan esa O‘rta Yer dengizi bilan yuvilib turadi. Turkiya Respublikasining Yevropa va Osiyo qismini ham, Qora dengizdan Egey dengiziga o‘tuvchi, shuningdek o‘zida Marmar dengizi, hamda Bosfor va Dardanelli bo‘g‘ozlarini mujassamlashtirgan suv yo‘li ajratib turadi. Aynan Bosfor va Marmar dengizining janubiy qismida dunyoning eng go‘zal va Turkiyaning eng katta shaharlaridan biri-qadimda Konstantinopol hozirda esa Istambul nomi bilan mashhur bo‘lgan shahar joylashgan.

Mamlakatnng katta hududini Kichik Osiy va Arman tog‘liklari egallagan. Mamlakatning eng yuqori cho‘qqisi bu- Katta Ararat tog‘idir. Turkiya davlatining markaziy qismida Anatoliya yassitog‘liklari, janubda Tavr tizmalari, shimolda esa Pontiy tog‘lari joylashgan.

Mamlakatnig asosiy daryolari- Yefrat, Tigr va Qizil Irmoq, yirik ko‘llari esa- Van va Tuz ko‘llaridir.

Haydaladigan(ekin ekiladigan) yerlar mamlakat hududining 30%ini egallaydi, bu nisbat bo‘yicha Turkiya Yevropada 2- o‘rinda, Osiyoda esa 4-o‘rinda turadi. O‘rmonlar Turkiya hududining26%ini , yaylov va o‘tloqlar esa 12%ini egalaydi. Turkiya aynan o‘rmon hududlarining kattaligi bo‘yicha Rossiya, Shvesiya, Finlyandiyadan so‘ng Yevropada 4- o‘rinda turadi.

Mamlakat hududida qazilma boyliklarning100 dan ortiq turlari mavjud bo‘lib, bular-ko‘mir, temir rudasi, xrom mis, simob, oltin, yoqilg‘i-energetika resurslari va boshqalar. Shuni ham ta’kidlash joizki, Turkiyada dunyodagi umumiy simob zahiralarining 25%i mavjud.

1. Maalakatning tabiiy iqlimiga keladigan bo‘lsak, uning geografik joylashuviga ko‘ra hududiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Turkiyaning O‘rta Yer dengizi sohillarida iqlim subtropik xususiyatga ega bo‘lib, bu yerda yoz faslida quruq issiq, qishda esa yomg‘irli illiq ob-havo hukm suradi. Ob-havo asosan dekabrdan fevral oralig‘igacha salqin bo‘ladi. Bu paytda tungi harorat +6, +8 darajani, kunduzgi harorat esa +14,+16 darajani tashkil qiladi. Issiq havo iyun oyidan to sentabr oyiga qadar davom etadi. Bu davrda havo harorati kechasi +19+22 darajaga, kunduzi esa +30 +34 darajaga yetadi. Dekabr va yanvar oylarida juda ko‘p yomg‘ir yog‘adi va butun oy davomida 12-14 kun yomg‘irli kunlardan iborat bo‘ladi.

Turkiyaning shimoliy sohillaridagi iqlim yumshoq hisoblanadi. Bu hududda eng sovuq kunlar yanvar-mart oralig‘iga to‘g‘ri kelib, bu davrda tungi harorat +3+5 darajani, kunduzgisi esa+10 +12 darajani tashkil qiladi. Bu hududda eng iliq davr iyun-avgust oralig‘iga to‘g‘ri kelib, bu davrda tungi harorat +15 darajadan pasaymaydi , kunduzi esa +23+27 darajaga yetadi. Yomg‘irli kunlar asosan oktabr –dekabr oralig‘iga to‘g‘ri kelib, oyning 12-13 kunini nam havo tashkil qiladi.

Mamlaktning markaziy qismlarida iqlim kontinental xususiyatga ega bo‘lib, bu yerlarga quruq va issiq yoz fasli, hamda sovuq qish fasli xosdir. Qishda havo harorati 0-4 darajani, kunduzi esa +1+6 darajani tashkil qiladi. Yilning issiq davri iyun-sentabr oralig‘iga, eng ko‘p yomg‘irli kunlar esa prel-may oralig‘iga to‘g‘ri keladi.



Download 53,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish