2-mavzu: turizm bozori va xizmatlari tushunchasi, ularning xususiyatlari



Download 210,87 Kb.
bet5/11
Sana30.03.2022
Hajmi210,87 Kb.
#517609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 mavzu turizm bozori va xizmatlari tushunchasi, ularning xusus

2. Dalillar jarayoni


Inson har xil bo’lgan o’z ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Ayrimlari juda muhim bo’lib, ularni qondirish uchun yo’llar va usullarni topishga majbur bo’ladi. Demak, dalil bu shaxsga bo’lgan ehtiyojning samarali ta‘siridir. Ehtiyojning qondirilishi shaxsga bo’lgan bosimni yo’q qiladi, ammo keyin yangi ehtiyojlar paydo bo’ladi va bu holat to’xtovsiz ro’y beradi. Bu jarayon sodda holda quyidagi beshta ketma-ket ro’y beradigan bosqichda namoyon bo’lishi mumkin.


Tabiiyki, bu kuzatuv yetarli darajada shartli tavsifga ega, chunki haqiqiy hayotda bosqichlarning aniq chegarasi va dalillashtirishning alohida jarayonlari ham yo’q. Ammo dalillashtirish mantig’ini tushunish uchun bunday yondashuv yetarlicha maqbul va foydali bo’lardi.
Birinchi bosqich — ehtiyojlarning vujudga kelishi. U insonda biror bir narsa bo’lmagan paytda namoyon bo’ladi. Talab, ya‘ni ehtiyoj insondan imkoniyat topishni «talab» qila boshlaydi va uni qondirish uchun qandaydir qadamlarni amalga oshirishga undaydi. Agar ehtiyoj paydo bo’lsa va inson uchun muammo yaratsa, u ularni qondirish uchun yo’l qidira boshlaydi. Biror-bir narsa qilish, boshlash zarurati paydo bo’ladi.Uchinchi bosqichda harakatlar yo’nalishini aniqlash payti keladi. Kishi ehtiyojni qondirish uchun uni nima va qanday vositalar bilan amalga oshirishni belgilaydi. Harakatni amalga oshirish bosqichida inson ehtiyojni qondirish uchun haqiqiy harakatlarni oshirish maqsadida yondashadi.
So‘nggi bosqich — ehtiyojlarni qondirish. Ehtiyojni qondirish darajasiga hamda uning natijasida dalillashtirish kamayishiga yoki kuchayishiga qarab uning ehtiyoji vujudga keladi yoki kishi oldingi ehtiyojni qondirish bo’yicha imkoniyat qidiradi va harakatlarni amalga oshiradi.
Boshqarish uchun dalillashtirish jarayoni mantig’ini bilish yetarli emas. Gap Shundaki, bozorda odamning aniq xulqi xilma-xil, har xil yo’nalishda bo’lgan va vaqt mobaynida bir-biriga to’g’ri kelmaydigan dalillarga bo’ysunadi. Tovarlar kamomadi paytida ham bizlar bitta undovchi dalil ta‘siriga bo’ysunmaymiz. Bizning harakatimiz bir necha dalillar natijasi bo’ladi. Ulardan har bittasi soat mexanizmidagi g’ildirakchalarga o’xshab, butun harakatni vujudga keltiradi. Turistik tadqiqotlarda, masalan, harakatlar sayohatni yoki dam olish turini sotib olishda ifodasini topgan qimmatlikni aniqlashga qaratilgan bo’lishi mumkin. O’z navbatida odam (turist) ob‘ektiv qimmatlikka va u yoki bu turistik mahsulotni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan har xil turdagi ramziy afzalliklarga qarab ish tutishi mumkin. Bunda turistik korxona mushkullikka uchraydi — faqat iste‘molchining bozordagi harakati undaydigan bosh dalillarni oldindan bilish zarur emas, balki har birining muhimligini aniqlash ham kerak. 3. A.Maslouni ehtiyojlar ehromi
A. Maslouning dalillashtirish nazariyasi inson xulqi ehtiyojlarni qondirish zarurati bilan belgilanishga asoslanadi. U «eng past» moddiy to «eng yuqori» ma‘naviy, ko’proq qat‘iy bo’lganlardan to kamroq qat‘iy bo’lgan ehtiyojlarning ma‘lum bosqichligidan kelib chiqadi.

Kishi birinchi navbatda dastlabki, eng muhim ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi. Qachonki, u qondirilsa, uning daliliy ta‘siri tugaydi va kishi quyidagi muhim ehtiyojni qondririshga intiladi.
Marketing uchun bu nazariyaning foydaliligi iste‘molchi o’z ehtiyojini qondirish uchun qancha pul to’lashga qodirligi darajasini aniqlash imkoniyatida namoyon bo’ladi. Masalan, eng past daromad ko’radiganlar non va sutga baribir pul topadi-yu, ammo ta‘til mobaynida sayohat qilishga, afsuski, mablag’lar hammada ham yetarli darajada topilmasligi mumkin. Bundan Shu kelib chiqadiki, yanada yuqori ehtiyoj qondirilishi oldingi ehtiyojlar qondirilishidan so’ng ro’y beradi.
Dalillashtirishning A. Maslou nazariyasi asosida haq-huquqini, obro’yini, hurmatini, e‘tirof qilishini ko’rsatuvchi, shaxsni o’z-o’zini ko’rsatish va o’zidan mamnun bo’lishga ko’maklashadigan turistik mahsulotlarni taklif etishning ko’p sonli dasturlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bu nazariyadan foydalanish faqat turistik talabni dalillashtirishni o’rnatish emas, balki bu yoki u qo’zg’atuvchi dalillarni ta‘sirini kuchaytirishdir. Masalan, barcha turistlar o’zining xavfsizligi bo’yicha qayg’uradilar (terrorizm xavfi, jinoyat xatti-harakatlari, sog’lig’i). Buni hisobga olgan firma turistlarning shaxsiy xavfsizligini, sug’urtalash yaxshi sharoitlarini va tibbiy xizmat ko’rsatishini va‘da qilishi kerak. Ijtimoiy ehtiyojlar darajasi havaskorlik yoki kasbiy manfaatlar bo’yicha tashkil topgan guruhlarda sayohat dalillarni kuchaytirish uchun ishlatilishi mumkin.

Download 210,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish