2-mavzu: topshiriq



Download 18,62 Kb.
Sana15.12.2022
Hajmi18,62 Kb.
#886772
Bog'liq
2-mavzu topshiriq


2-mavzu:



  1. topshiriq. Berilgan axborot matnini o‘qing, axborot turini aniqlang va ulardagi so‘zlarning qanday adabiy til me’yorlariga mosligini izohlang.

O‘tgan 4-5 oy davomida pul massasida naqd pul hajmi oshish tendensiyasini ko‘rsatdi. Kun.uz muxbirining Markaziy bank mas’uliga tayanib xabar berishicha, regulyator naqd pul massasiga me’yor qo‘yishni reja qilmoqda.Markaziy bank xalqaro tajribadan kelib chiqib pul massasida naqd pul hajmini 20 foizdan oshirmaslik chorasini maqsad qilmoqda. Bu haqda 12 avgust kuni Markaziy bankda bo‘lib o‘tgan media muloqotda departament boshlig‘i Ulug‘bek Mahmudov ma’lum qildi.“Buning uchun “Zamonaviy moliyaviy xizmatlar va naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish” strategiyasi ishlab chiqilmoqda”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda. 
2-topshiriq. Matnni o‘qing va ko‘chirib yozing, axborotning qanday turi berilganini aniqlang.
SHHTga a’zo davlat rahbarlarining 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammiti ancha kengaytirilgan formatda o‘tishi kutilyapti. Ushbu tashkilotning xalqaro munosabatlar tizimida tutgan o‘rni ham yildan yilga kuchayib boShanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) – 2001 yil 15 iyunda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. SHHTning vujudga kelish tarixi “Shanhay beshligi“ deb atalgan uyushma faoliyati bilan bog‘liq. Dastlab Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston davlatlari rahbarlari (“Shanhay beshligi“) uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Unda chegaradosh mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash (1996 yil) va qo‘shma chegarada qurolli kuchlar va qurol-yarog‘larni qisqartirish (1997 yil) to‘g‘risida 2 ta bitim imzolangan edi.
SHHTning xalqaro maydondagi ta’siri o‘sib borishi bilan mintaqadagi boshqa davlatlarning ham mazkur tashkilot faoliyatida ishtirok etishga bo‘lgan qiziqishi ortdi. 2017 yilda SHHT safi ikki yangi ishtirokchi – Hindiston va Pokiston bilan kengaydi. Hozirda 8 mamlakat SHHTning doimiy a’zosi hisoblanadi, 4 mamlakat esa kuzatuvchi maqomiga ega (Belarus, Afg‘oniston, Eron, Mo‘g‘uliston) va 6 mamlakat muloqot bo‘yicha hamkorlar sanaladi (Turkiya, Ozarboyjon, Nepal, Shri-Lanka, Kambodja, Armaniston).
Samarqand sammitida Eron SHHT yangi doimiy a’zosi sifatida tanishtirilishi kutilmoqda.

3-topshiriq.  Matnni o‘qing, axborot turini aniqlang va qanday uslublardan foydalanganligini aniqlang.
7-sinf o‘zbek tili darsligiga Murod Nazarov haqida matn kiritilganiga izoh berildi
Xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayevning aytishicha, 7-sinf o‘zbek tili darsligiga tadbirkor Murod Nazarov haqida matn kiritilgani sababini mualliflardan so‘rash kerak. XTV vakilining bu javobi “Darslik mazmunini muallif belgilaydimi yo vazirlik?”, “Maktab o‘quvchilari Murod Nazarov hayotini nega o‘rganishi kerak?” kabi yangi savollarni uyg‘otadi. 7-sinf o‘zbek tili darsligiga tadbirkor Murod Nazarov biografiyasi va unga oid matn kiritilgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingandi. Xalq ta’limi vazirligining maktab darsliklari ijarasi va ularning sifati mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri mutasaddilarga darsliklar mazmun-mohiyati bilan bog‘liq savol bilan murojaat qildi. Jumladan, 7-sinf o‘zbek tili darsligiga nega aynan tadbirkor Murod Nazarov haqida matn kiritilgani haqidagi savol o‘rtaga tashlandi.
Savolga xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev javob berdi.“Avvalambor, mualliflardan so‘rash kerak. Bu yerda o‘tirgan boshqarma rahbarlari har bir darslikni – aytganimdek, 300dan ortiq maket ishlab chiqilgan – ishlab chiqqan jami 500dan ortiq muallif bor. Aynan shu shaxs yoki darslik emas, umuman hozirgi ko‘p darsliklarimiz hayotga moslashtirilgan. Siz aytgan matn aynan Kun.uz'da chiqqan matndan olingan edi. Aytmoqchi bo‘lganim, xorijiy til darsliklarini olsangiz ham, matnlar bilan ishlash, real voqeliklarni ko‘rsatish holatlari keng tarqalgan.Aynan siz aytgan darslikning mualliflari bor. Ular bilan intervyu qilib, ulardan so‘rash maqsadga muvofiq bo‘lardi. Boshqa darsliklarda ham zamonamizda faoliyat olib boradigan, yashaydiganlar ham borligini aytib o‘tmoqchiman. Shu kitobning o‘zida turli sportchilar, san’at vakillari haqida hikoyalar, ma’lumotlarni uchratish mumkin”, – dedi Sharifxo‘jayev.
Ilova 5. Uyga vazifa.
Bugungi kunda O‘zbekistonda bo‘layotgan ijtimoiy va siyosiy jarayonlar haqida axborot matnini tayyorlab kelish.
Download 18,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish