2-mavzu: Tilshunoslikning samarasi muammo sifatida (4 soat)


O`ZBEK TILSHUNOSLIGI TARAQQIYOTINING EMPIRIK, NAZARIY VA METANAZARIY BOSQICHLARI



Download 24,64 Kb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi24,64 Kb.
#257753
1   2   3
Bog'liq
2-маъруза (2)

O`ZBEK TILSHUNOSLIGI TARAQQIYOTINING EMPIRIK, NAZARIY VA METANAZARIY BOSQICHLARI

Hozirgi kunda bayondan talqinga, tahlildan tadqiqqa o`tilganligi, ob`ektga sistema sifatida yondashuv, sistemaviy-struktural tadqiqotlar, lisoniy hodisaning formal-funktsional talqini, til birliklarining serqirraliligi va ko`p paradigmaga mansubligini nazarda tutgan hodda tadqiqotlarning amalga oshirilayottanligi o`zbek tilshunosligi fanining nazariy va metanazariy bosqichlarda taraqqiy etayotganini ko`rsatadi. 1 Sh.Safarov «Pragmalingvistika» (Toshkent-2008,38-396.). 67 Tilshunoslikning dolzarb masalalari Bizningcha, uzbek tilshunosligi uchun istiqlol bergan ulkan ne`mat «megodologik plyuralizm»dir. Chunki XX asrning 70 - 80-yillariga qadar o`zbek tilshunosligida metodologik monizm hukm surdi. Ya`ni bu davrda tilshunoslik fani sobiq sovet mafkurasining tazyiqi ostida bo`ldi. Bu esa o`zbek tilshunosligining turli aspektlarda erkin rivojlanishiga to`sqinlik qildi. Istiqlolga erishganimizdan so`ng o`zbek tilshunosligi uchun har jihatdan yangi davr - metodologik yangilanish davri boshlandi. Birinchidan, o`zbektili hech bir tilning prizmasiga asoslanmay, balki o`z ildiziga va o`z tabiatiga tayangan holda tadqiq etila boshlandi. Ikkinchidan, o`zbek tilshunosligi marrizm, marksizm, leninizm kabi soxta ta`limotlar asoratidan qutuldi, mustaqil rivojlana boshladi. Uchinchidan, o`zbek tilshunosligi yagona mafkuraga va tayyor belgilangan metodologik ko`rsatmalarga suyanmay, balki turli paradigmalar va metodlarga asoslangan holda taraqqiy eta boshladi. Shu jihatdan o`zbek tilshunosligining XXI asrdagi holati bosib o`tilgan yo`l, undagi tahlil metodlari va usullari, ilmiy tadqiqotlarda tayanilgan metodologiyani baholash va ma`lum ma`noda tanqidiy idrok etish, zamonaviy paraditalarning tilshunoslik uchun ahamiyatini belgilash, til hodisalarini monoparadigmal yondashuv asosida emas, balki poliparadigmal yondashuv asosida tadqiq etish lozimligini taqozo kil ad i. XXI asrda tilshunoslik metodologik jihatdan yangilanish va evrilishlarga ehtiyoj sezmokda. Bunda, eng avvallo, dialektika va sistem metodologiya bilan bir qatorda sinergetika, germenevtika va fenomenologiya kabi ilmiy paradigmalarni tilshunoslikka tatbiq etish masalasi ko`ndalang bo`lmoqda. Inson aqli hodisalarni faqat kuzatib va qayd etib qolmay, balki uni tushuntirishga ham ehtiyoj sezadi. Abstraktsiya ilmiy bilishning oliy bosqichi sanaladi, lekin u tushuntirish va talqin etish bosqichiga ehtiyoj sezadi. Shu nuqtai nazardan frantsuz olimi O.Kont fanlarni ikki guruhga bo`lishni tavsiya etgan: 1) tavsiflovchi (empirik, aniq) fanlar; 2) tushuntiruvchi (nazariy, mavhum) fanlar. «Nima» va «qanday» savollariga tavsiflovchi fanlar javob bersa, «nega» degan savolga javob berish, ya`ni ichki sababiy aloqalarni ochish vazifasini tushuntiruvchi fanlar bajaradi. Mazkur bo`linishni tilshunoslik sohalariga tatbiq etsak, fonetikani tavsiflovchi, fonologiyani esa tushuntiruvchi yoki leksikografiyani tavsiflovchi, tarixiy leksikologiya va etimologiyani tushuntiruvchi fan deb baholash mumkin. F. de Sossyurning tilni «o`zida va o`zi uchun» o`rganish lozimligi1 haqidagi tezisi faqat tavsifiy va nazariy tilshunoslikka tegishli, 1 Sossyur F. de. Kurs obщey lingvistiki // Trudы po yazыkoznaniyu. - M., 1977. - S.267. 68 Ilmiy maqolalar to`plami uni tushuntiruvchi tilshunoslikka tatbiq etib bo`lmaydi. Til o`zini tavsiflashi mumkin, lekin o`zini o`zi tushuntira olmaydi. Tushuntirish uchun tilning chegaralaridan chetga chiqishga to`g`ri keladi. Ya`ni til hodisalarini hamda tilning ontologik mohiyatini asosli va ilmiy tushuntirish uchun bizga barcha fanlarning yutuqlari va ularning tilshunoslik bilan o`ziga xos hamkorligi zarur bo`ladi. Mazkur holat bugungi tilshunoslik fani taraqqiyotida yaqqol aks etmokda. Tilshunoslikdagi eng yangi yo`nalishlar aynan uning boshqa fanlar chorrahasidagi «kesishuvi» bilan uzviy bog`liq bo`lib qolmokda. Buni kognitiv tilshunoslik, komp`yuter lingvistikasi, sotsiolingvistika, psixolingvistika kabi fanlar misolida ko`rish mumkin. O`zbek tilshunosligi taraqqiyotiga nazar tashlasak, dastlab uning tavsifiy va nazariy bosqichlarda rivojlanganini ta`kidlash mumkin. Bugungi o`zbek tilshunosligi esa nazariy bosqichdan ham yuqoriroq bo`lgan tushuntirish (eksplanator) hamda metanazariy bosqichlarda taraqqiy etmoeda. Shu asosda o`zbek tilshunosligi fanining taraqqiyotini shartli ravishda 3 bosqichga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq: 1. O`zbek tilshunosligining empirik bosqichi eng qadimgi davrlardan to XX asrning 50-yillarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr oralig`ida yaratilgan boy ilmiy meros, xususan, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Mahmud Koshg`ariy, Mahmud Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Bobur, A.Fitrat, Q.Ramazon, A.Zohiriy kabi olimlarning tilshunoslikka oid monumental asarlari «o`zbek mumtoz tilshunosligi»ning mag`zini tashkil etadi. Bunda o`zbek tilshunosligining barcha sohalarida til hodisalarini, grammatikani o`rganish barobarida boy faktik material to`plangan. 2. O`zbek tilshunosligining nazariy bosqichi XX asrning 60-yillaridan to XX asr oxirlariga qadar bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr oralig`ida o`zbektili fonetikasi, leksikologiyasi, frazeologiyasi, dialektologiyasi, morfologiyasi va sintaksisi nazariy jihatdan chuqur taxdil va talqin etildi, o`zbek tili grammatikasi va til hodisalarini o`rganishda yangicha yondashuvlar, xususan, sistemaviy, struktural va funktsional yondashuvlar tatbiq etildi. Bir so`z bilan aytganda, bu davrda o`zbek tilshunosligi sof ilmiy tilshunoslik sifatida shakllandi. 3. O`zbek tilshunosligining metanazariy bosqichi, asosan, istiqlol davrini o`z ichiga oladi. Istiqlolga qadar o`zbek tilshunosligida yangicha metod va yondashuvlar haqida fikr yuritish mumkin bo`lmagan, bunga sho`rolar davrida yuritilgan til siyosati va hukmron mafkura imkon bermagan. Istiqlol yillarida A.Hojiev, Sh.Rahmatullaev, N.Mahmu69 Tilshunoslikning dolzarb masalalari dov, A.Nurmonov, H.Ne`matov, H.Dadaboev, R.Rasulov, R.Sayfullaeva, T.Mirzaqulov, O.Bozorov, Sh.Shahobiddinova, M.Qurbonova, Sh.Iskandarova, D.Lutfullaeva, A.Sobirov, D.Nabieva kabi olimlarning asarlaridagi ilmiy qarashlar va nazariy fikrlar o`zbek tilshunosligining metanazariy bosqichida alohida o`rin zgallaydi.1 Xususan, akademik A.Hojievning o`zbek tili grammatikasining morfemika va so`z yasalishi tizimi xususidagi ilmiy qarashlaridagi yangicha talqinlari, Sh.Rahmatullaevning yangicha ruhda yozilgan «Hozirgi adabiy o`zbek tili», A.Nurmonov, N.Mahmudovning «O`zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis», A.Nurmonov, Sh.Shahobiddinova, Sh.Iskandarova, D.Nabievalarning «O`zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya», H.Ne`matov, R.Sayfullaeva, M.Qurbonovalarning «O`zbek tili struktural sintaksisi asoslari» kabi darsliklarida ilgari surilgan g`oyalar, A.Nurmonovning «O`zbek tili sintaksisining sistem tadqiqi muammolari», N.Mahmudovning «O`zbek tili sodda gaplarida semantik-sintaktik assimmetriya», T.Mirzaqulovning «O`zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi masalalari», R.Sayfullaevaning 1 Qarang: Nurmonov A. Problemы sistemnogo issledovaniya sintaksisa uzbekskogo yazыka. - Tashkent: Fan, 1982; Maxmudov N. O`zbek tili sodda gaplarida semantik-sintaktik asimmetriya. - Toshkent: O`qituvchi, 1984; Mahkamov N. Adabiy norma va pleonazm. - Toshkent: Fan, 1988; Rasulov R. O`zbek tilidagi holat fe`llari va ularning obligator valentliklari. - Toshkent: Fan, 1989; Nurmonov A., Maxmudov N., Axmedov A., Solixo`jaeva S. O`zbek tilining mazmuniy sintaksisi. - Toshkent: Fan, 1992; Mirzaxulov T. O`zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi masalalari: Filol. fan. dokt... dis. aftoref. - Toshkent, 1994; Shahobiddinova Sh. O`zbek tili morfologiyasi umumiylik va xususiylik dialektikasi talqinida. - Andijon, 1994; Nurmonov A., Maxmudov N. O`zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis. - Toshkent: O`qituvchi, 1995; Ne`matov H., Rasulov R. O`zbektili sistem leksikologiyasi asoslari. - Toshkent: O`qituvchi, 1995; Bozorov O. O`zbek tilida darajalanish: Filol. fan. dokt... dis. aftoref. - Toshkent. 1997; Iskandarova Sh. O`zbektili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o`rganish (shaxe mikromaydoni): Filol. fan. dokt... dis. aftoref. - Toshkent, 1998. Ne`matov H., Sayfullaeva R., Qurbonova M. O`zbek tili struktural sintaksisi asoslari. - Toshkent: Universitet, 1999; Qurbonova M. Uzbek tilshunosligida formal-funktsional yo`nalish va sodda ran qurilishining talqini: Filol. fan. dokt... dis. aftoref. - Toshkent, 2001; Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh., Nabieva D. Uzbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya.-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2001; Mengliev B. Lisoniy tizim yaxlitligi va unda sathlararo munosabatlar: Filol. fan. dokt... dis. aftoref. - Toshkent, 2002; Sobirov A. Uzbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish. - Toshkent: Ma`naviyat, 2004; Lutfullaeva D.E. Gapni semantik-sintaktik xoliplashtirish muammolari. - Toshkent: Fan, 2005; Nabieva D. Uzbek tilining turli sathlarida umumiylik-xususiylik dialektikasining namoyon bo`lishi. - Toshkent: Sharx, 2005. 70 Ilmiy maqolalar to`plami «O`zbek tilida qo`shma gapning formal-funktsional talqini», M.Qurbonovaning «O`zbek tilshunosligida formal-funktsional yo`nalish va sodda ran qurilishining talqini», A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Ahmedov, S.Solixo`jaevalarning «O`zbek tilining mazmuniy sintaksisi», H.Ne`matov, R.Rasulovlarning «O`zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari», Sh.Iskandarovaning «O`zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o`rganish (shaxe mikromaydoni)», Sh.Shahobiddinovaning «O`zbek tili morfologiyasi umumiylik va xususiylik dialektikasi talqinida», A.Sobirovning «O`zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili asosida tadqiq etish», D.Lutfullaevaning «Gapni semantik-sintaktik qoliplashtirish muammolari», D.Nabievaning «O`zbek tilining turli sathlarida umumiylik-xususiylik dialektikasining namoyon bo`lishi» asarlaridagi o`zbek tili grammatikasini tavsiflashdagi yangicha yondashuvlar o`zbek tilshunosligining poliparadigmallik va plyuralizm asosida taraqqiy etayotganini tasdiqlaydi. Demak, yuqorida nomi zikr etilgan olimlarning ilmiy tadqiqotlari asosida o`zbek tili grammatikasining yangicha tavsifiy modellari va ilmiy tadqiqot paradigmalari shakllangan bo`lib, ularni istiqlol arafasidagi va istiqlol davridagi o`zbek tilshunosligining muhim nazariy yutuqlari sifatida baholash lozim.


Download 24,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish