Xalqaro tillar jamiyatning keng doirasiga xizmat qiluvchi, funksional jihatdan takomillashgan tillardir. Ingliz, arab, rus, xitoy, ispan tillari xalqaro til hisoblanadi.
Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Ma’lumotlarga ko‘ra, 60dan ortiq sun’iy til yaratilgan. Polyak olimi L.Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili sun’iy tillardan biri hisoblanadi. Bu tilning lug‘aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosidadir. Bu tilda mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |