Kirill yozuvi
1940
-yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida
1929
—
1940
-yillar
oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.
А а
Б б
В в
Г г
Д д
Е е
Ё ё
Ж ж
З з
И и
Й й
К к
Л л
М м Н н
О о
П п
Р р
С с
Т т
У у
Ф ф Х х
Ц ц
Ч ч
Ш ш Ъ ъ
Ь ь
Э э
Ю ю Я я
Ў ў
Қ қ
Ғ ғ
Ҳ ҳ
1940
-yildan
1991
-yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million
nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi)
hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz
mumkinligi ayon boʻladi.
Lotin yozuviga koʻchish
Lekin, dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari (ularni sanab oʻtirishning hojati yoʻq) lotin
yozuvidan foydalanadilar. Shuning uchun ham hozirgi eng zamonaviy texnika, tabiiy fanlar yoki
ijtimoiy tadqiqotlar haqidagi adabiyotlar shu yozuv asosida yoritiladi. BMT,
UNESCO
va boshqa
xalqaro tashkilotlarning xabar qilishlaricha, yangi texnika, texnologiya va fanga tegishli
adabiyotlarning 80 foizi lotin yozuvida chop etilar ekan. Demak, Oʻzbekistonni dunyoning
rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilishi uchun lotin yozuviga oʻtish maqsadga muvofiq deb
topilganligi sababli Oʻzbekistonda hozirgi kunda loti yozuviga asoslangan o’zbek alifbosidan
foydalanilmoqda..
Kishilik jamiyati o`z tarixining ko`proq qismini Yozuvsiz o`tkazgan. U Yozuvga yetib
kelguncha uzoq yo`lni bosib o`tgan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina
belgilar qo`llanila boshlagan. Bu qariyb olti ming yil ilgari, eramizdan oldingi to`rtinchi ming
yillikda sodir bo`lgan, deb hisoblaniladi. Biroq 1901 yili Transilvaniyada, Terteriya posyolkasi
(Ruminiya) yaqinida arxeologlar juda ham ko`p sirli rasm-belgilar chizilgan uchta sopol
taxtacha topishdi. Bular deyarli etti ming yillik o`tmishga ega yozma yodgorliklar edi.
Odamning tajribasi va bilimi orta borgan sari unda bilganlarini yodda tutish va
boshqalarga berish zarurati tug`ildi. Zamonaviy til bilan aytganda, axborotni saqlash va
uzatish problemasi kelib chiqdi.
Bevosita aloqa bog`lash yo`li bilan buni amalga oshirish qiyin emas edi, biroq bu holda
inson xotirasining mukammal emasligi tufayli ko`p axborotlar esdan chiqib qolgan,
yo`qolgan. Bunga fazo hamda vaqt asosiy to`sik bo`lib, yozilgan so`zgina ulardan ustun
kela olardi.
Buyumlardan dastlab mnemonika vositalari yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida
foydalanish zamonaviy Yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo`ldagi birinchi qadam
bo`ldi. Bu vositalar fikrni uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Biror narsani eslab qolish uchun
ro`molning uchini tugish odati shundan qolgan.
So`ngra buyumlarga konkret ma`no berila boshlagan. Ular oldindan kelishib olingan
narsalarni bildiruvchi o`ziga xos signallar, shartli belgilar bo`lib hisoblangan. Cho`pxatga yoki
daraxt tanasiga kertib belgi solish,
tugunlar, tizimchalar, urush e`lon qilish vaqtida esa kamon
o`qi va boshqa buyumlar Shunday shartli belgi vazifasini o`tagan. Buyumga ma`no birkitib
qo`yishning bu usuli
Do'stlaringiz bilan baham: