2.2. O’zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlari faoliyatida qo’llanilgan normativ hujjatlar.
Hozirgi kunda O’zbekistonda mavjud normativ hujjatlarni, ya’ni telekommunikatsiya tarmoqlari sohasidagi faoliyatini belgilab beruvchi hujjatlarni 3 turga ajratish mumkin:
O’zbekistondagi telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimini shakllantirishga qaratilgan qonun, farmoyish va buyruqlar;
O’zbekistondagi telekommunikatsiya tarmog’idagi boshqarish tizimi xizmat va bo’linmalarining o’zaro bog’lanish tartibi va ishlash algoritmi, texnologik jarayonlarni belgilab beruvchi normativ hujjatlar;
Telekommunikatsiya vosita va tarmoqlariga qo’yiladigan texnik talab,me’yoriy standartlar hamda ulardan foydalanish qoidalari , ularga tegishli bo’lgan o’xshash normativ hujjatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |