2-mavzu TCP / IP protokli stekasi va stek manzillari
Internetning asosiy protokollari
Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari toʻplami, apparat va dasturiy taʻminotni birgalikda ishlashini taʻminlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi.
Internet tarmogʻi turli qoidalar (protokollar) boʻyicha ishlaydigan tarmoqlarni birlashtiradi. Turli qoidalarni moslashtirish uchun shlyuzlar (maxsus kompyuterlar) qoʻllanadi.
Internet tarmogʻida protokollarni 2 turi mavjud – bazaviy va amaliy. Bazaviy protokollar (TCP/IP) maʻlumotlarni tarmoq boʻyicha fizik joʻnatilishiga javob beradi. Amaliy protokollar – maxsuslashtirilgan xizmatlar ishlashiga javob beradi, masalan (http – gipertekstli xabarlarni uzatish protokoli, ftp – fayllarni uzatish protokoli).
TCP/IP bazasidagi Internetning mijoz/server muhitida, server amaliy daraja (satx) protokolini hisobga olib portlarni belgilaydi, u mijoz satxida bajariladi. Port nomeri – bu 0 dan 65 536 gacha diapazondagi 16-bitli kattalikdir.
Umumiy maʻlum portlar tizim jarayonlarida yoki amaliy dasturlarda ishlatiladi. Ular 0dan 1 023 gacha diapozondagi sonlar bilan nomerlanadi. Misol, port 25- SMTP protokoli (Pochtalarni uzatishning oddiy protokoli), port 80 - HTTP protokoli.
Bir necha standart protokollar toʻplami (ularni yana steklar deb atashadi) mavjud, ular juda koʻp tarqalgan:
ISO/OSI protokollar toʻplami;
IBM System NetWork Architecture (SNA);
Digital DECnet;
Novell Net Ware;
Apple, apple Talk;
Internet global tarmoq protokollar toʻplami, TCP/IP.
Bu roʻyxatga global tarmoqni kiritilganligi tushunarli, chunki OSI modeli har qanday ochiq tizimda ishlatiladi.
Sanab oʻtilgan protokol toʻplamlari uchta asosiy turga boʻlinadi:
amaliy protokollar (OSI modeli amaliy, prezentatsion va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlar vazifasini bajaradi);
transport protokollari (OSI modelining transport va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlar vazifalarini bajaradi);
tarmoq protokollari (OSI modelining uchta pastki bosqichlar vazifalarini bajaradi).
Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular oʻrtasidagi axborot almashinuvini taʻminlaydi. Ularning koʻp ishlatiladigani va taniqliligi quyidagilardir:
FTAM (File Transfer Access and Management) – fayllarga bogʻlanish OSI protokoli;
X.400 – elektron pochtalarni halqaro almashish uchun CCITT protokoli;
X.500 – bir necha tizimda fayl va katalog xizmati CCITT protokoli;
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;
FTP (File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;
SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qismlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi hostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
Microsoft SMBs (Server Message Blocks, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobigʻi yoki Microsoft redirektorlari;
NCP (Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobigʻi yoki Novell redirektorlari.
Tarmoq protokollari – manzillash, yoʻnaltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish soʻrovlarini boshqaradi. Ularni koʻp ishlatiladiganlari quyidagilar:
IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/ IP – protokoli;
IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yoʻnaltirish uchun moʻljallangan Net Ware firma protokoli;
NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib oʻtish kerakki, protokollarni loyihalashtiruvchilar yuqorida koʻrsatilgan bosqichlarga har doim ham rioya qilmaydilar. Masalan, baʻzi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning baʻzi vazifalarini bajaradi. Bu hol turli firma protokollarini koʻpincha oʻzaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar oʻzi tuzgan protokol toʻplamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu holda tugallangan guruh vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq operatsion tizimini «firma» qilish mumkin, yaʻni ochiq standart OSI modeli bilan oʻzaro mos tushmaslikka olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |