О‘quvchi yoshlarning psixik salomatligini mustahkamlashda maktab
jamoasiga tavsiyalar:
*
Tengdosh-tengdosh tamoyili asosida “Do„stona yoshlar” klubi tashkil etish;
* О„quvchilar о„rtasida yolg„izlik, aybdorlik hissi, ijtimoiy izolyatsiyani bartaraf
etish uchun “Dildan suhbatlashaylik” davra suhbatlari va trening mashg„ulotlarini
uzluksiz о„tkazib borilishini ta‟minlash;
* О„quvchi yoshlarning kayfiyatida, kundalik о„zini tutishida, xulq-atvori,
qiziqishlari, faolligi kabi holatlarning о„zgarishini muntazam kuzatuvchi hamda
ularni psixologik jihatdan qо„llab-quvvatlovchi, unda ekstremal psixologik holat
aniqlanganda tо„g„ri psixolog yо„naltiruvchi о„quvchilar о„rtasida hurmatga ega
salohiyatli о„qituvchilar о„rtasidan
“Qalb posponlari” tayinlash;
* О„quvchilar о„rtasida ijobiy fikrlashlarini shakllantirish maqsadida har chorakda
bir marta “insholar tanlovi”ni о„tkazishni yо„lga qо„yish;
* О„quvchilarning ijtimoiy malakasi, ijobiy qiziqishlarini rivojlantirish, va bо„sh
vaqtlarini tashkillashtirishga yordamlashuvchi tadbirlarni о„tkazish;
* Huquqbuzarlik, dars qoldirish, о„zlashtirmaslik muammolari bо„yicha tadqiqot (
anketa, tashxis qо„yish va b.)о„tkazish;
* Mutaxassislarni jalb qilgan holda ijtimoiy, tibbiy, psixologik-pedagogik
yordamga muhtoj bolalar va oilalarni aniqlash;
* Ota-onalar va о„quvchilar о„rtasida huquqiy tartib masalalari bо„yicha
tushuntirish ishlarini kuchaytirish;
* Maktabda oila va mahalla hamkorligida о„smirlar bilan olib boriladigan
tarbiyaviy profilaktika ishlari darajasini kо„tarish;
* Farzandining о„qishi va tarbiyasida muammolar bо„lgan oilalarga yordam berish;
* Bolaning davomati va о„zlashtirishiga salbiy ta‟sir kо„rsatayotgan sabablarni
bartaraf etishga kо„maklashish.
Shuni inobatga olish kerakki, bu jarayonga tarbiyachidan tashqari o„smir
mansub bo„lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo„shiladi. Bunda tarbiyachi
kordinator vazifasini bajarib, jamoani o„z o„rtoqlarini qayta tarbiyalashga
yo„naltiriladi. O„smirlar bilan reabilitasion markazda ishliyotgan ijtimoiy pedagog
metodlardan biridan foydalanib tarbiyalanuvchi oldida idealga o„xshash naqsadini
qo„yadi. Bu axloqiy komil inson o„smirning ijobiy yurish-turishning shakllanishiga
yordamberadi.
XULOSA
Insoniyat mavjudligining muhim shartlaridan biri - bola tarbiyasi
hisoblanganligi bois, u dunyoga kelmasdanoq tarbiyaviy tadbirlar boshlab
yuboriladi. Shunday bo„lsa-da, jamiyatda xulq-atvorida salbiy illatlarga moyil,
ijtimoiy me‟yorlarni qabul qilolmaslik xohishi, xatti-harakatlarini nazorat qila
olmaydigan bolalarni uchratamiz. Ularni tabiatan shunday xulq-atvorga ega deb,
e‟tibordan chetda qoldirish yoki chora-tadbirlar ishlab chiqmaslik jamiyat uchun
kattadan-katta yo„qotishlarga olib keladi.
Shu bois, tarbiyasi va xulq-atvorida o„zgarishi bo„lgan bolalarga yordam
ko„rsatuvchi kishilar psixologlar, pedagoglar hisoblanadi. Chunki, “tarbiyasi og„ir”
bolalarda bir qator o„ziga xos tipik illatlar kuzatiladiki, ular:
-
Ota-onalar, pedagoglar va boshqa katta yoshdagilar bilan munosabatda
-
O„rtoqlari, sinfdoshlari va boshqa tengdoshlari bilan munosabatda
-
O„ziga munosabatda va o„zini o„zi tushunishda
-
Ichki yagonalik, boshqalar bilan dovstlasha olmasligi
-
O„qishdagi qiyinchiliklarini boshdan kechiruvi kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |