2 Mavzu: Ta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil
qilish va o‘tkazish usullari
Reja:
1.
Jismoniy tarbiya ta’limining maqsad va vazifalari
2.
Jismoniy tarbiya darsining pedagogik tuzilishi
3.
Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy
tarbiyasining asosiy shakllar
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuniga ko`ra
Davlat ta’lim standarti davlatning ta’lim sohasida o`z fuqarolari oldidagi va har bir
fuqaroning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlarini aks ettiradigan asosiy
hujjatlardan biridir. Ta’lim-tarbiya muassasalarida ta’lim uzluksizligi davomida
tegishli saviyani ta’minlovchi Davlat ta’lim standarti har bir shaxsga ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va shaxsiy muammolarini hal etishga to`laqonli kirishish
imkoniyatini beradi. “Ta’lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” asosida ta’lim olish yo`llarining xilma-xilligi sharoitida har bir ta’lim
muassasasi “jismoniy tarbiya” maktab kursining maqsadi - o`quvchilarning
sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, jismoniy sifatlar va imkoniyatlarini
rivojlantirish, ularda jismoniy madaniyat asoslarini shakllantirishni kafolatlovchi
shart-sharoitlar yaratib berishga majburdir. Umumiy o`rta ta’lim uchun jismoniy
tarbiya bo`yicha Davlat ta’lim standarti “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi
mazmuniga, o`quv yuklamasi hajmiga (o`quv rejasidagi o`quv soatlari), majburiy
jismoniy tayyorgarlik darajasiga (jismoniy sifatlarning rivojlanishi, harakat malaka
va ko`nikma-larining shakllanishi), sutka, hafta, yil davomidagi harakat rejimining
majburiy hajmiga; o`quvchilarning nazariy tayyorgarligiga (jimoniy tarbiya,
gigiyena, shifokor nazorati, sport tibbiyoti, o`z-o`zini nazorat va boshqalar)
qo`yiladigan talablar yig`indisini belgilab beradi. Mazkur standart o`quvchilarning
bilim, ko`nikma va malakalari, shuningdek, shaxsning asosiy ma’naviy, axloqiy va
jismoniy sifatlari doirasini tartibga soladi; o`quv-tarbiya jarayoniga miqdoriy va
sifat jihatdan baho berish tartibi va usullarini ko`rsatadi.
Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari: - jismoniy madaniyat
ta’limining darajasiga mosligi va barcha uchun barobarligini ta’minlash; - jismoniy
tarbiya mazmunining halqaro mezonlarga mosligini ta’minlash, jismoniy tarbiya va
sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va bilimlariga ko`ra jahon
darajasiga olib chiqish; - jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini tartibga solish; -
turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini nazorat qilish va
boshqarish; - ta’limni insonparvarlashtirish; - jismoniy tarbiya ta’limi sifatini
oshirish. “Jismoniy tarbiya” maktab kursi maktabning o`quvchilar sog`lig`ini
saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur
harakatlar malaka va ko`nikmalarini shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy
takomillashtirish istak va ehtiyojlarini shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida
ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida asosiy bo`g`in hisoblanadi. Jismoniy
tarbiya va ta’lim maktab kursining tarkibi. “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi
umumiy o`rta ta’limda quyidagilardan tarkib topadi: - jismoniy tarbiya darslari -
maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy shakli. Ularning miqdori tayanch
o`quv rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan belgilangan; - harakat
faoliyatining darsdan tashqari shakllari: darsdan oldin o`tkaziladigan gimnastika;
umumiy o`rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari uzaytirilgan
tanaffuslardagi dinamik pauzalar; ko`ngilochar o`yinlar; jismoniy mashq
mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari: - sport seksiyalari, fakultativlar,
o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to`garaklar va boshqalar; - umummaktab
tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar, spartakiadalar,
viktorinalar va boshqalar;
- mustaqil mashg`ulotlar: ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida;
BO`SM sport sho`balaridagi mashg`ulotlar, safarlar, o`yinlar va boshqalar.
Mashg`ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang`ich sinf
o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9-sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat
rejimini ta’minlab berishi kerak. Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan
guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir.
Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun
maxsus (individual-differentsial) rejim o`rnatiladi. Jismoniy tarbiya va ta’lim
mazmuni, metodik asosi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya dasturi bilan belgilab berilgan.
“Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni pedagoglardan
maktabda ishlash uchun jismoniy tarbiyaning asosi nimalardan iboratligi, uning
mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga o`rgatish bilishni talab qiladi”.
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta sekinlik
bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga
va vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. Jismoniy tarbiya darslari ta’lim
borish (o`qitish), tarbiyalash va sag’lomlashtirish jismoniy tarbiya jarayonining
umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq “Tanishtirish”,
“O`zlashtirish”, “mustahkamlash”, “Takomillashtirish”dek mazmunga ega bo`lgan
xususiy vazifalarni qo`yish va uni hal qilishni nazarda tutadi.
Yosh avlodni ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetuk va komil etib
tarbiyalash vazifasi qo`yilgan davrlarda ikki tarbiyaviy yo`nalishni uyg`un holda
olib borish va samaradorligini ta’minlash bosh masala hisoblangan. O`quvchilar
jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy
vazifalar – bilim berish, jisman tarbiyalash va sog`lomlashtirishdan iborat bo`lib,
xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturidagi maxsus
vazifalar tarzida hal qilinadi. xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1) o`quvchilar
organizmning sog`ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish; 2) turli
xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo`lish uchun shu yoshga mos bo`lgan jismoniy
sifatlarni rivojlantirish; p) hayot uchun kerakli harakat malakalari va
ko`nikmalarini rivojlantirish va Keyinchalik kerak bo`ladiganlari bilan
qurollantirish; 4) o`quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish;
5) o`quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanishiga qiziqtirish va
unga odatni shakllantirish; 6) o`quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib
tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni
hal qiladi. Bu vazifalar ma’naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy
ruhiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgalikda o`quvchilarni
yoshini ulg`ayishi, jisman tayyorgarligiga qarab o`qitishning ayrim etaplarida
aniqliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi p xil guruhidagi ta’lim tarbiya
ishlarida hal qilinadi. Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (1-4 sinflar)
organizm tabiiy rivojlanishida bo`ladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yo`lga
qo`yishimiz kerak bo`ladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funktsiyasi,
harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini
yanada rivojlantirishga e’tibor beriladi, bulardan tashqari qomatni to`g`ri tuta
bilishga o`rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiyena qoidalariga oid bilimlar qo`shib
berish bilan tarbiya jarayoni yo`lga qo`yiladi. 12-15 yoshlilarda (5-9 sinflar)
jismoniy mashqlar o`sayotgan yosh organizmga samarali ta’sir ko`rsatadi. Shuning
uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga qulay imkoniyatlar ochilgan bo`ladi.
Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi hayotda uchraydigan
harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil
atletika, sport o`yinlari, velosipedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz bo`lsa ham
nazariy tushuncha berishdir. Bu davrda bolalarni “Alpomish” va “Barchinoy”
maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yo`lga qo`yiladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish natijasida sport mahoratini
oshayotganligini, jismoniy madaniyatni jamiyatdagi roli va ahamiyatini
tushuntirish jarayoni yo`lga qo`yiladi. Asta sekinlik bilan tashkilotchilik qobiliyati
takomillashtiriladi, musobaqa qoidalari o`zlashtiriladi, hakamlik qilish malakalari
rivojlantiriladi va chiniqtirish maqsadida tabiatning sog`lomlashtiruvchi
kuchlaridan fo ydalanishga o`rgatish lozim bo`ladi. 16-18 yoshdagi umumta’lim
maktabi, akademik litseylari va kasb hunar Kollejlarining o`quvchilari organizmi
yoshi ulg`aygan sari baquvvatlashadi. Jismoniy tarbiya esa bu jarayonni yanada
kuchaytirishga yo`naltiriladi. Jismoniy mashqlar bilan tizimli shug`ullanish ta’lim
tizimining shu yoshdagilarida ish qobiliyatini yaxshilash, asosiy harakat
faoliyatlari uchun chidamlilik zahiralarini oshirish, o`z tanasini boshqara olish,
kuch, tezkorlik, chaqqonlik va boshqa har kim jismonan garmonik tarbiya
alomatlarini chuqurlashtirishga e’tiborni qaratadi. Organizm o`sib borar ekan uning
funktsional imkoniyatlarini oshib borishi ham tabiiy.Oldin egallangan harakat
malakalari zahirasi bazasida yangi, keyin egallanishi lozim bo`lgan harakat
malakalari uchun poydevor yaratiladi. Bu yoshdagilarda ularning jismoniy
madaniyat sohasidagi bilimlarni boyitish, spor trenirovkasi asoslari, sportchini o`z-
o`zini nazorat qilishi qoidalariga o`rgatish maqsadga muvofiq bo`ladi. Jismoniy
tarbiya vositalari. 6 (7) - (10) 11 yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi uchun asosiy
vosita qilib asosiy gimnastika, harakatli o`yinlar, rolikli konkida, velosipedda
yurish, ekskursiya va sayohat hamda tabiat qo`ynida o`ynaladigan o`yinlar va
jismoniy mashqlar olingan. Bu yoshdagilarda suzish, Tennis bo`yicha muntazam
mashg`ulotlar uyushtirish mumkin. Sog`ligi yomonlashgan bolalarga maxsus
mashg`ulotlar – davolash gimnastikasi tarzidagi yoki maxsus tibbiy guruhga
ajratilgan bolalar uchun alohida mashg`ulotlar yo`lga qo`yiladi. 16-18 yoshdagilar
uchun jismoniy tarbiya vositasi qilib asosiy gimnastika (kichik yoshdagilarga
nisbatan og`irroq mashqlar bilan), tanani boshqarish mashqlari, “Alpomish” va
“Barchinoy” maxsus testi mashqlari, to`siqlardan oshish, jamoa bo`lib
o`ynaladigan harakatli o`yinlar (osonlashtirilgan qoidada) va boshqalar olinadi. Bu
yoshda sport o`yinlariga, gimnastika, yengil atletika, rolikli konkida yurish,
yugurishdek sport turlarida bolalar yuqori natijalariga erishishlari mumkin.
Bulardan tashqari ularda turistik poxodlar, piyoda yurish, krosslar hamda
dalada o`ynaladigan va harbiylashtirilgan o`yinlar o`tkazilishi mumkin. 16-18
yoshdagilar uchun (litseylar) asosiy va sport gimnastikasi va boshqa sport turlari
vosita bo`ladi. Umumiy jismoniy tayyorgarligining ko`rsatkichlari “Alpomish” va
“Barchinoy” kompleksi talablari va normalari darajasida bo`lishi lozim. Bulardan
tashqari sayir va poxodlar uyushtirilishini tarbiya jarayonidagi samarasi katta
bo`lishi mumkin.
2. Jismoniy tarbiya darsining pedagogik tuzilishi
Dars ham boshqa jismoniy mashg`ulotlari singari uch qismga: tayyorgarlik,
asosiy va yakuniy qismlarga bo`linadi. So`ngra belgilangan qismlarning oldiga
qo`yilgan vazifalarni hisobga olgan holda darsning aniq vazifalariga muvofiq
uning detallashgan tuzilishini ishlab chiqishga kirishiladi. Natijada, darsning
quyidagicha tipik tuzilishi hosil bo`ladi. Tayyorgarlik qismiga avvalo o`quvchilarni
dastlabki uyushtirish kiradi. Bu asosan qism xonalarda tartib o`rnatishdan, kiyim
kechaklarni va foydalaniladigan asboblarni tayyorlab qo`yishdan, navbatchilar
bilan qisqacha instruktaj o`tkazishdan, mashg`ulot o`tkaziladigan maydonchaga
chiqishdan oldin o`quvchilarnin saflanishidan va shu kabilardan iborat bo`ladi.
Darsning boshlanishida vazifa qo`yish funktsiyasini turli harakatlar ado
etishi mumkin: dars oldidan bir qator saflanish, bildirgi berish, diqqat uchun
maxsus mashqlar, darsning maqsadini e’lon qilish va boshqalar shular
jumlasidandir. Ulardan alohida-alohida yoki kompleks tarzda foydalanish mumkin.
Pedagogik jihatdan darsni dastlabki uyushtirish paytida hilma-xil masalalar hal
etiladi: o`quvchilarni saflanishga o`rgatish, qomatni to`g`ri tutishga odatlantirish,
buyruqni ijro etishda aniqlikka erishish va shu kabilar. Tushuntirish ishlari butun
dars davomida uchrab turadi. Aslini olganda darsda har bir yirik masala hal etilishi
oldidan va darsni umuman intihosiga yetkazish oldidan shunday bo`lishi kerak.
Darsning tashkiliy tomonlarini to`g`ri amalga oshirish o`qituvchining eng
muhim vazifalaridan biridir. Shundagina o`quvchilar batartib harakat qiladigan,
butun e’tiborlarini boshlanadigan ishga jalb etadigan bo`ladilar va hokazo.
Darsning birinchi qismida boshlanadigan asosiy faoliyatga funktsional tayyorgarlik
markaziy o`rinni egallaydi. Bunga me’yorlash oson, tayyorlanish va bajarishga
ko`p vaqt ketmaydigan mashqlar yordamida erishiladi. Yurish, sakrash, umumiy
rivojlantirish mashqlari, oddiy raqs qadamlari, o`yinlar va o`tgan mashg`ulotlardan
o`quvchilarga yaxshi tanish bo`lgan harakatlar shular jumlasidandir. Bu
harakatlarni bajarish vaqtida bilim va tarbiya berish vazifalari (tanishtirish,
o`rgatish va takomillashtirish, tezlikni oshirish va h. k) hal etilishi mumkin. Biroq
har safar bu vazifalarni shunday hal qilish kerakki, unda ishga psixologik va
fiziologik kirisha borish keraklicha birin-ketinlikda mumkin qadar Tez, lekin
darsning tayyorgarlik qismi doirasidan chiqib ketmay bajarilishi kerak. Darsning
tayyorgarlik qismida hal etiladigan vazifalar orasida ham fiziologik omillarga, ham
mashqlarning mazmunan birin-ketinligiga mos muayyan mantiqiy aloqadorlik
bo`lishi ko`zda tutilishi kerak. Masalan, umumiy rivojlantirish mashqlari
kompleksini birin-ketinlik printsipiga rioya qilgan holda ko`pincha quyidagi
tartibda bajariladi: kerishish mashqlari; qo`l va yelka kamari uchun mashqlar;
oyoqlar uchun mashqlar, cho`nqayishlar; gavda uchun mashqlar; sakrash;
muskullarni bo`shashtirish mashqlari. Darsning tayyorgarlik qismi undan keyingi
qismlar bilan bog`liq bo`lishi kerak. Dars boshida koordinatsiya mexanizmlari va
jismoniy nagruzkalarning harakteriga qarab tanlanadigan mashqlar boshlanadigan
asosiy faoliyatning xususiyatlariga muvofiq bo`lmog`i zarur. Buning uchun
maxsus yaqinlashtiruvchi mashqlar qo`shiladi, Tayyorgarlik qismiga hammasi
bo`lib umumiy vaqtning taxminan 10-15 foizi ajratiladi. Darsdagi eng murakkab
vazifalar darsning asosiy qismida hal etiladi. Bu qism ham aniq mazmunga qarab
bir yoki bir necha bo`limdan iborat bo`lishi mumkin. Ish qobiliyatining, ayniqsa,
ruhiy ish qobiliyatining maksimal bo`lishi g`oyat qisqa muddat davom etadigan
hodisadir. Bu fakt ma’lum darajada darsning asosiy maqsadini hal etish tartibini
belgilaydi. Odatda printsipial yangi materialni, Koordinatsion jihatdan juda
murakkab harakatlarni o`rganish bilan bog`liq bo`lgan eng murakkab vazifalar
darsning asosiy qismi boshida hal etiladi. Bunda o`rgatish bosqichlari hisobga
olinadi va vazifa qo`yishda quyidagi tartibga rioya qilinadi ya’ni, tanishtirish,
o`rgatish, takomillashtirish. Jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash odatda quyidagi
tartibda rejalashtiriladi: Tezkorlikni, kuchlilikni, chidamlilikni oshiruvchi
mashqlar. Qobiliyatlarni kompleks tarbiyalashdagina shunday qilinadi. Sportning
har xil turlari bo`yicha o`tkazilayotgan darslarda ish qobiliyatining eng yuksak
paytidan maxsus qobiliyatlarni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Masalan,
shtangachilar bu paytdan kuch-quvvatlarini oshirish uchun foydalanadilar.
Hayotda, amaliy faoliyatda u yoki bu harakat vazifalarini turli sharoitda hal etishga
to`g`ri keladi. Shuning uchun bilim berish vazifasini hal etish bilan jismoniy
qobiliyatlarni tarbiyalash ketma-ketligini shunday tanlash kerakki, unda
o`quvchilar organizmning turli holatlarida yuksak ish qobiliyati namoyon etishga
o`rgansinlar.
Darsning asosiy qismida mashqlarning tayyorlov, asosiy va boshqa turlari
bo`ladi. Ularni o`tkazishda ham har safar ma’lum tartibni ko`zda tutish kerak.
Zarur bo`lsa, biron asosiy pedagogik vazifani hal etishdan oldin tayyorlov
mashqlari yordami bilan ishga kirisha borish mumkin. Masalan, yuqori razryadli
gimnastikachilar shunday qiladilar. Darsda shug`ullanuvchilarning emotsional
holatini ko`tarish va jismoniy qobiliyatlarni namoyon bo`lishini intensivlashtirish
uchun musobaqa va o`yin meTodlaridan keng foydalaniladi. Dars asosiy qismining
aniq qancha davom etishi mashqlarning intensivligiga, shug`ullanuvchilarning
yoshi va jinsiga, darsni boshlash hamda tugatish uchun zarur bo`lgan vaqtning
miqdoriga bog`liq. Masalan, maktabdagi darsda asosiy qismga 25-30 daqiqa, sport
mashg`ulotlarida esa 90 daqiqa va undan ortiq vaqt ajratiladi. Shunday qilib, asosiy
qismning tuzilishi ham tayyorgarlik qismidagi singari g`oyatda murakkab bo`lishi
mumkin. Darsni yakunlash ish qobiliyatini pasaytirish bilan bog`liq. Snaryadlarni
yig`ishtirish, mashg`ulotlarni tugatish uchun qayta saflanishning o`ziyoq deyarli
stixiyali ravishda shug`ullanuvchilarni bir qadar tinchlantiradi, nagruzkani
kamaytirishga xizmat qiladi. Biroq o`quv-tarbiya vazifasining spetsifikasi hamda
dars yakuniy qismining mazmuni shug`ullanuvchilardan intensiv harakat
faoliyatini oqilona tugallay bilishni talab qiladi. Darsning yakuniy qismi uchun
quyidagi pedagogik vazifalar tipik hisoblanadi: turli daraja kuchlanishdagi
harakatlarni ixtiyoriy bajara bilishni, mashqlar kuchini, sur’atini, tezligi asta-sekin
kamaytira bilishni o`rgatish; bajarilgan ishni tahlil qila bilishni o`rgatish; diqqatni
o`qishga, mehnatga, dam olishga ko`chira bilishni o`rgatish. Bu vazifalarni hal
etmoq uchun me’yorlash oson bo`lgan yurish, yengil yugurish, oddiy harakatlar,
raqs elementlari va boshqa shu singari mashqlar tanlanadi. Bu vazifalarning hal
etilish tartibi bir vaqtning o`zida nagruzkani kamaytirishni ta’minlashi kerak.
Darsning yakuniy qismi mantiqan bir-biri bilan bog`liq bo`lgan bir necha
bo`limdan iborat bo`lishi mumkin. Darslarda yakuniy qism vazifalarining didaktik
jihatdan to`g`ri, ketma-ketligi nazarda tutilgan bo`lishi kerak. Uy vazifalariga
alohida e’tibor berish kerak. Darslar jismoniy tarbiya jarayonining bir qismigina
bo`lib, mustaqil mashqlar, musobaqa, o`yin va shu kabilarda ishtirok etish bilan
to`ldiriladi. Uy vazifalariga e’tiborsizlik mashg`ulotlarning dars va darsdan
tashqari formalari o`rtasidagi aloqani buzadi.
3.
Umumiy o`rta ta’lim maktabi o`quvchilarining jismoniy tarbiyasining
asosiy shakllari
O`quvchilarning jismoniy tarbiyasining mashg`ulotlari maktabda o`quv
ishlari, sinfdan tashqari ishlar jismoniy tarbiya sog`lomlashtirish ishlari,
maktabdan tashqari muassasalarda va oilada quyidagi shakllarda: “jismoniy tarbiya
darsi”, “darsgacha gimnastika”, “jismoniy tarbiya daqiqalari”, “katta tanaffusdagi
uyushtirilgan o`yinlar”, “sport ko`ngil ochishlari (vaqt o`tkazish uchun)”,
“uzaytirilgan kunli maktablardagi jismoniy madaniyat mashg`ulotlari”, “sport
sektsiyalari”, “bayramlari, musobaqalar “Quvnoqlar va zukkolar” uchrashuvlari,
“Salomatlik kuni” va o`ndan ortiq xil sinfdan tashqari ishlar tarzida tashkillanadi.
Maktabdan tashqari muassasalarda jismoniy tarbiya: bolalar, o`smirlar sport
maktablari, sport inshoatlari va suv havzalari, istirohat bog`lari, madaniyat uylari,
madaniyat saroylari qoshidagi sport sektsiyalari, jismoniy tarbiya to`garaklari, uy
joy boshqarmalari, mahalla fuqarolari yig`ini tomonidan yo`lga qo`yilayotgan
bolalar sport sektsiyalari va boshqalar tarzida sog`ligi, yoshi, jismoniy
tayyorgarligiga qarab ajratib olinib, turli yoshdagilar uchun muntazam ravishdagi
mashg`ulotlar tashkillanadi. O`zgarib turadigan tarkib bilan o`yinlar, oilaviy
musobaqalar uloqtiruvchilar kuni, ommaviy krosslar (yuguruvchilar kuni), turli xil
tanlovlar o`tkaziladi. Oilada jismoniy tarbiya uy sharoitida, dars tayyorlash
paytidagi daqiqalari, jismoniy tarbiyadan uyga berilgan vazifalarni bajarish, sport
harakteridagi mashqlar, oilaviy sayohatlar va jismoniy mashqlar bilan mustaqil
shug`ullanish mushg`ulotlari, o`yinlar, trenirovkalar sifatida uyushtiriladi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Ta’lim to`g`risida”gi qonun hamda
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini jahon
talablari darajasida isloh qilishdan iborat bo`lib, bunda amalga oshirilishi lozim
bo`lgan asosiy yo`nalishlardan biri o`quvchilar jismoniy tarbiya bo`yicha
tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat. Mamlakatimizda izchil ravishda
amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy g`oyasi
barkamol kasb egasini tarbiyalashdan iboratdir. Islohotlar natijasi sifatida
shakllantiriladigan barkamol shaxsning mustaqil va ijodiy fikrlash sifatlarini
tarbiyalash umumiy o`rta ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi. Bu borada jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil qilish alohida
ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligining dastlabki
davrlaridanoq jahon taraqqiyotida muhim o`ringa ega milliy ma’naviyatimiz
asosida Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bosh maqsad etib
belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tibor yosh avlodni
barkamol, ma’naviy va jismonan sog`lom, yuqori malakali kasb egasi qilib
tarbiyalashga qaratilganligi milliy an’analarimiz, mentalitetimizning o`ziga xos
ifodalanishidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan va
Respublikamizda izchil amalga oshirib borilayotgan kadrlar tayyorlash milliy
modeli bugungi kunda jahon miqyosida e’tirof etildi va o`zining dastlabki
natijalarini bermoqda. Biroq, qayd etilgan yutuqlar bilan birga, jismoniy tarbiya
bo`yicha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish uchun to`laqonli xizmat qilmayotgan
sohalar ham mavjud. Jumladan, o`quvchilarning jismoniy tarbiya bo`yicha bilim va
ko`nikmalarini dars jarayonida shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar
asosida mashg`ulotlarni tashkil qilishda tizimlilik, maqsadga yo`naltirilganlik
yetarlicha o`z aksini topmay kelmoqda.
Mazkur muammo uzoq yillar davomida pedagog olimlar tomonidan
Respublikada va xorijda keng tadqiq etilgan. Jumladan, Salomov S.R., Yunusova
Yu.M., Kerimov F.A., Mahkamjanov K.M. va boshqalar muammoning Texnologik
asoslari, jismoniy tarbiya darslarini, darsdan tashqari ishlarini hamda yoshlarning
faoliyatini nazariy ta’lim bilan bog`lab olib borish masalalarini o`z ilmiy tadqiqot
ishlarida yoritganlar. O`quvchilarni jismoniy tayyorgarlikga yo`llash ishlarida
ularning ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir. Pedagog
olimlarning fikrlarini tahlil qilish natijalariga ko`ra maktabda va darsdan tashqari
mashg`ulotlarda o`quvchilarni jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga
yo`naltirishda texnik ijodkorlik va qishloq xo`jalik tajribachiligining rivojlanishi
o`quvchilarning g`oyaviy-siyosiy, mehnat, ahloqiy, jismoniy va estetik tarbiyasi
birligi asosida ularni milliy mafkuramiz asosida tarbiyalashga majmuaviy
yondoshish g`oyalarini amalga oshirishda yordam beradi degan xulosaga keldik.
Jismoniy tarbiya o`qituvchisi o`quvchilarni jismoniy tarbiya va sport
taraqqiyotidagi tarixiy kunlarga bag`ishlangan maktab kechalarini tayyorlash va
o`tkazishga jalb qiladi. Demak, o`quvchilarni dars mashg`ulotlari va darsdan
tashqari vaqtlarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga yo`llash ishlarini
uyushtirishda jismoniy tarbiya o`qituvchisi asosiy bo`g`in hisoblanadi. Albatta, u
o`z faoliyatini dastlab ta’lim standartlari asosida olib borishi talab etiladi. Zero,
jismoniy tarbiyaning vazifalari Davlat ta’lim standartlari (DTS) va o`quv dasturida
ifodalangan. Ushbu hujjatlarda maktabdagi jismoniy tarbiya va tarbiyasining
maqsadi izchil ta’riflanib, bu to`g`rida sportga muhabbat va sport ahliga hurmat
tuyg`usini singdirishdan, o`quvchilarni hozirgi zamon sporti asoslari bilan
tanishtirishdan ularda jismoniy tarbiya ko`nikmalari va mahoratini hosil qilishdan,
ongli ravishda jismoniy tayyorgarlikga undashdan iboratligi ta’kidlangan. Jismoniy
tarbiya mashg`ulotlari turli davrlarda turlicha tashkil etib kelingan. Uning maqsad
va vazifalari ham xilma-xil bo`lgan. Bu holatlar o`z navbatida jismoniy tarbiya
atamasini o`ziga xos tushunishni taqozo etgan. Jismoniy tarbiya tushunchasiga
izoh berishdan oldin, umuman mazkur sohaga daxldor tushuncha va iboralarni
sanab o`tish ma’qul bo`lar edi. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish
mumkin: jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim, jismoniy mashg`ulot, jismoniy
tayyorgarlik, jismoniy madaniyat, jismoniy ulg`ayish, jismoniy kamolot, jismoniy
mahorat, jismoniy mashqlar, jismoniy sifatlar va boshqalar. Jismoniy tarbiya –
inson hayotining boshidan oxirigacha davom etadigan, organizmni har tomonlama
takomillashtiradigan, hayot uchun muhim bo`lgan harakat ko`nikma va
malakalarini yosh davrlariga mos holda o`zgartirib boradigan Pedagogik
jarayondir. Pedagogika fanida ta’lim va tarbiya tushunchalari o`zaro bir-biri bilan
aloqada bo`lgan, biri ikkinchisini to`ldirib boradigan inson faoliyatining turlari deb
hisoblanadi. Tarbiya ijtimoiy tajribani, insonlar tomonidan to`plangan ijobiy
fazilatlarni yosh avlodga o`tkazish, singdirish jarayonidir. Ta’lim esa insonning
aqlini, moddiy borliq haqidagi ma’lumotlarni, jamiyat va tabiat taraqqiyotining
qonuniyatlarini, ilm-fan yutuqlari va ularning amaliyotga tadbiqini o`rganish
jarayonidir. Jismoniy tarbiya tushunchasiga berilgan ta’rifda ma’lum darajada
tarbiyaning ta’lim bilan uzviy bog`liqligi e’tiborga olingan. Biz o`rgangan
pedagogik va psixologik adabiyotlarda insonning shaxs sifatidagi kamolotida aqliy
va axloqiy tarbiyaga kuchli ahamiyat berilganligi alohida ajralib turgani sezildi.
Ammo nazarimizda jismoniy tarbiya ikkinchi darajada turgandek his qilingan
bo`lsada, jismoniy tarbiyasiz, aniqrog`i jismoniy tarbiyaning ta’sirisiz, na aqliy va
na axloqiy tarbiya mukammal bo`lmasligi e’tirof etilgan. Jismoniy tarbiya inson
organizmini morfologik va funktsional jihatlardan takomillashtiradi. Bu degani,
tanadagi barcha a’zolarni normal rivojlanishi, jumladan bosh miya va oliy nerv
sistemasini to`g`ri shakllanishi hamda faoliyat yuritishini ma’lum normaga solishi
deb tushunish mumkin.
Bosh miya, oliy nerv sistemasi, qon aylanish tizimlari aqliy va boshqa
tarbiya yo`nalishlarining nerv-fiziologik asoslari bo`lishi mumkinligini e’tirof
etganda, beixtiyor jismoniy tarbiya insonni komillikka olib boruvchi asosiy tarbiya
turi ekanligi tan olinadi. Jismoniy tarbiya organizmni mukammal rivojlanishini
yo`lga qo`yishi bilan birga, tananing sog`lom bo`lishini, har qanday tashqi
yuklamaga chidamliligini ham ta’minlaydi. Insondagi irodaviy sifatlar jismoniy
tarbiya bilan shug`ullanganda bir necha baravar ustun bo`lishi olimlar tomonidan
isbotlangan. Jismoniy tarbiya kuch, chaqqonlik, tezkorlik kabi inson uchun hayot
yo`lida doimiy kerak bo`ladigan sifatlarni tarkib toptiradi. Bu o`z navbatida
mehnat faoliyatini samarali bo`lishiga hissa qo`shadi. Har qanday boshlagan ishni
oxiriga etkazish, kutilgan natijalarni qo`lga kiritish ko`nikmalari tezroq tarkib
topadi. Jismoniy tarbiya kishilarda insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg`ularini
shakllantiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilish, zarur bo`lsa nafaqat kuchini,
balki hayotini bag`ishlashga odatlantiradi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy ahamiyatga
molik bo`lgan hodisadir. U insonning sihat-salomatligini yaxshilaydi, har taraflama
rivojlanishini amalga oshiradi. O`zi, millati va xalqi uchun unumli mehnat qilishga,
bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin faoliyat yuritishga, o`z imkoniyatlarini to`la
namoyon etishga o`rgatadi. Vatanning shonu-shuhratini dunyoga yoyishga, zarur
bo`lsa har qanday g`arazli kuchlardan ehtiyot qilishga, mardonavor himoya
qilishga tayyorlaydi.
Qadim zamonlardan beri jismoniy tarbiyaning inson hayotidagi beqiyos
o`rni to`g`ri tushunilgan holda, uni qanday qilib samarali bo`lishini
ilmiy pedagogik muammo sifatida o`rganib kelinadi. Xalq og`zaki ijodi
namunalarida, dostonlarda, ertak va afsonalarda, maqol va matallarda jismoniy
tarbiya yuksak baholanib kelingan. Diniy manbalarda; “Qur’on” va
payg`ambarimizning hadislarida jismoniy etuklik nihoyatda qadrlangan. Yozma
pedagogik adabiyotning paydo bo`lishi jismoniy tarbiyaning nazariy asoslarini
tarkib topishi va rivojlanishiga zamin hozirladi. Ota-bobolarimizdan bebaho
madaniy va ma’rifiy yodgorlik sifatida yaratilgan va bizgacha yetib kelgan
“Avesto” kitobida jismoniy tarbiya haqida ko`p yaxshi fikrlar aytilgan. Kuchlilik,
chaqqonlik, mardlik, chidamlilik, qora kuchlarga nisbatan mardonavor kurashish
jismoniy tarbiyaning qirralari sifatida ulug`langan. Adolat, haqiqatgo`ylik,
mehnatsevarlik alohida shakllantirilishi zarur bo`lgan fazilatlar qatoriga kiritilgan.
Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy
Kaykovus, Bahovuddin Naqshband, Amir Temur, Muhammad Tarag`ay Ulug`bek,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi buyuk
alommalarimiz jismoniy tarbiya va shaxs kamolati haqida qimmatli fikrlar
bildirganlar. Ayniqsa Abu Ali ibn Sino inson salomatligini saqlash, tibbiy yordam
ko`rsatish haqidagi ta’limotlarini yaratganlarida birinchi o`ringa jismoniy tarbiyani
qo`ygan. Uning fikricha xastalikni davolashdan ko`ra oldini olish afzal
hisoblanadi. Buning uchun har bir kishi muntazam jismoniy mashg`ulotlar bilan
shug`ullanishi, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerakligi uqdirilgan. Abu
Nasr Farobiy ham fozil odamlar yashaydigan shahar aholisi kuchli, chaqqon,
mehnatsevar, o`quvli va sog`lom bo`lishi kerakligini aytgan. Zahiriddin
Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida ta’rif-tavsif etgan kishilarning
ko`pchiligidagi jismoniy sifatlarga yuqori baho bergan. O`zi ham shoh, sarkarda,
olim va shoir bo`lishi bilan birga jismoniy mashqlar va chiniqishni o`ta qadrlagan
inson ekanligi bayon etilgan. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq”
nomli asarida “badan tarbiyasi”ga alohida e’tibor qaratgan. Badan tarbiyasi boshqa
barcha tarbiyalar uchun zamin hozirlaydi deb uqtirgan. Chet el olimlari ham
jismoniy tarbiyaga katta e’tibor bergan. Arastu, Aflotun, Suqrot kabi antik davr
olimlari quldorlarning farzandlariga jismoniy tarbiya berishning nazariy asoslarini
ishlab chiqishga harakat qilganlar. Ular har bir tarbiya ko`rgan shaxs jismonan
kuchli bo`lishini, qilichbozlik, nayza uloqtirish, otda chopish, suvda suzish,
qiyinchilikka chidash kabi jismoniy sifatlarga ega bo`lishi kerak deb hisoblaganlar.
Fransua Rable “Gargantua va Pantagruel” nomli roman traktatida aqliy tarbiya
bilan bir qatorda jismoniy tarbiya inson kamoOotini belgilashini ta’riflagan.
Italiyalik Tomazzo Kampanella, buyuk chex pedagogi Yan Amos .komenskiy,
shveytsariyalik Iogann Genrix Pestalotsi, shotlandiyalik RoEert Ɉuen, nemis olimi
Iogann Gerbart, amerikalik Jon Dyui va boshqalar pedagogik ta’limotlarida
jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor berdilar. Rus pedagoglaridan K.D.Ushinskiy,
I.N,Betskiy, N.I,Novikov, N.I.PiroJov, I.M.SecheQov, ȿ.A..Pokrovskiy,
ȿ.M.DePentev, P.F.Lesgaft va boshqalar jismoniy tarbiya nazariyasining ilmiy
asoslanishiga o`zlarining hissalarini qo`shganlar. Haqli ravishda Petr Frantsevich
Lesgaftni (18p7-1909 yillar) Rossiyadagi jismoniy tarbiyaning ilmiy asoslarini
yaratgan olim deb hisoblaydilar. Uning “Anatomiyaning jismoniy tarbiyaga
munosabati va maktabda jismoniy ta’limning asosiy vazifasi”, “Maktab yoshidagi
bolalar jismoniy tarbiyasiga doir qo`llanma”, “Nazariy anatomiya asoslari”, “Oila
tarbiyasi” nomli asarlarida jismoniy tarbiyaning ilmiy-nazariy asoslari bilan birga,
amaliyotga tadbiq etish meTodikasi masalalari ishlab chiqilgan. P.F.Lesgaft
o`zidan oldingi jismoniy tarbiya nazariyachilaridan farqli o`laroq, jismoniy ta’lim
atamasini ishlatgan. Uning fikricha butun jismoniy tayyorgarlik tizimida asosiy
o`rinni ta’lim egallashi zarur. Jismoniy ta’lim aqliy ta’lim bilan uzviy bog`liq
bo`lgandagina uning ta’siri samarali bo`ladi deb hisoblagan. P.F.Lesgaftning (p1),
fikricha har qanday ta’limning asosiy maqsadi odamning shaxsiy manfatini emas,
balki jamiyatga foyda keltirishini birinchi o`ringa qo`yishga erishishdan iborat
bo`lmog`i lozim. Inson ijodiy fikrlaydigan, mustaqil va faol mashq qiladigan, hosil
bo`lgan narsalarni bir-biridan farq qiladigan, ularni bir-biri bilan taqqoslay olish
hamda o`zicha baholay oladigan, ya’ni tahlil qila olishni jismoniy ta’limning eng
muhim vazifalaridan biri deb hisoblagan. P.F.Lesgaft har tomonlama kamol topgan
shaxsni tarbiyalash tarafdori bo`lgan. Uning fikricha har taraflama kamol
topishgina juda oz kuch sarflab, juda qisqa vaqt orasida eng yaxshi natijalarga
erishib ishlash imkonini beradi. Jismoniy ta’lim shug`ullanuvchining yoshiga,
jinsiy va individual xususiyatlariga mos holda amalga oshirishning tarafdori
bo`lgan. Asta-sekin murakkablashib borishi, ko`nikma va malakalarning
mukammal bo`lishi kerakligi qayd etilgan. P.F.Lesgaft jismoniy tarbiya
mashg`ulotlarini o`qituvchi tushuntirishi orqali tashkil etishning tarafdori bo`lgan.
Shaxsiy namuna sifatida ko`rsatib berishni ma’qullamagan.
Tarbiyalanuvchi fikr yuritmaydigan, mexanik tarzda bajaradigan bo`lib qoladi deb
sanagan. Uning ta’limoti asosida jismoniy ta’lim aqlga suyanishi, aqlni ishlatgan
xolda jismoniy ko`nikma va malakalar hosil qilishi, takomillashtirib borib,
jismoniy mahorat va madaniyatga aylantirish kerakligi ta’kidlangan. P.F.Lesgaft
ommaviy jismoniy ta’limning tarafdori sifatida barcha turdagi o`quv
muassasalarida jismoniy mashg`ulotlarni ilmiy asoslangan reja va dasturlar asosida
olib borishning targ`ibotchisi bo`lgan va o`zining barcha bilim va tajribalarini
shunga qaratgan. Nafaqat Rossiyada, balki butun dunyo miqyosida uning jismoniy
tarbiya tizimi haqidagi ta’limoti ijobiy ahamiyat kasb etadi va xozirgi davrgacha
dolzarbligini yo`qotmasdan kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |