Ishlab chiqarish — tadbirkorlik faoliyatiga bilvosita ishtirokchi bo’lib, unda moliyaviy idoralar, soliq inspektsiyasi, soliq militsiyasi ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy byudjetga majburiy to’lovlar, ajratmalar va jarimalar o’tkazish bilan shug’ullanadilar.
Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Maxsulotni sotish, biror bir ishni bajarish, haridorga, iste’molchiga xizmat ko’rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.
Tadbirkor foydasi yalpi (balansli) va qoldiqli (sof) foydaga bo’linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi foydadan soliqlar to’lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to’lovlar to’langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi.
Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko’rsatkichi belgilaydi. U sof foydani jami xarajatlarga bo’lgan nisbati shaklida aniqlanadi. Masalan, jami xarajat 40,0 mln so’mni tashkil qilib, sof foyda 6,0 mln so’m bo’lganda rentabellik ko’rsatkichi 15% ga (6/40 100) teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |