Xo’jalik jamiyati - bu tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun bir yoki bir necha shaxsning mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilinadigan tashkilotdir. U quyidagi xususiyatlarga ega:
- xo’jalik jamiyatida shaxsiy harakatlar emas, balki mol-mulk birlashtiriladi;
ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
tadbirkorlik tavakkali nizom sarmoyasiga qo’shgan badal bilan cheklanadi (qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatdan tashqari);
nizom sarmoyasi hissa qo’shgan va boshqa kreditorlar uchun kafo-lat hisoblanadi;
nizom sarmoyasini kamaytirish uchun barcha kreditorlarni xabar-dor qilish kerak.
Xo’jalik jamiyatining uch ko’rinishi mavjud: mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |