O`z-o`zini qayd qilish usulida
kuzatishni o`tkazuvchi tashkilotning vakillari
maxsus varaqalarni kuzatayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma`lum vaqtdan so`ng
to`ldirilgan varaqalarni yig’ishtirib oladilar. Masalan, har bir talaba haqida to`la
ma`lumotga ega bo`lish maqsadida hisob-iqtisod fakul’teti dekanati 1-kurs
talabalariga maxsus varaqalar tarqatdi. Bu varaqalar talabalar tomonidan to`ldirilib,
dekanatga qaytarilib berildi. Bunday kuzatish o`z-o`zini qayd qilish usulidagi
kuzatish deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |