2-mаvzu: Standartlashtirishning asosiy tushuncha va tamoyillari xamda sifat. Rejа



Download 151,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana11.01.2022
Hajmi151,51 Kb.
#339575
  1   2   3
Bog'liq
Lecture 2



2-MАVZU: Standartlashtirishning asosiy tushuncha va tamoyillari 

xamda sifat. 

REJА: 

1.

 

Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad  va vazifalari. 

2.

 

Standartlashtirishning asosiy tamoyil va talablari. 

3.

 

Standartlashtirish va sifat. 

 

1.

 

Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad  va vazifalari. 

Standartlashtirishning  asosiy  maqsadlari  maxsulotlar,  ishlar  va  xizmatlarning 

(keyingi o`rinlarida maxsulotlar deb yuritiladi) axolining xayoti, salomatligi va mol-

mulki, 


atrof-muxit 

uchun 


xavfsizligi, 

resurslarni 

tejash 

masalalarida 

isteʼmolchilarning  va  davlatning  manfaatlarini  ximoya  qilish.  Maxsulotlarning 

o`zaro bir - birining o`rnini bosishini va bir-biriga monandligini taʼminlash. Fan va 

texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, axoli va xalq xo`jaligining extiyojlariga 

muvofik maxsulotlarning sifati xamda raqobatbardoshligini oshirish. Resurslarning 

barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko`rsatkichlarini 

yaxshilashga  ko`maklashish.  Ijtimoiy-iqtisodiy,  ilmiy-texnikaviy  dasturlar  va 

loyixalarni  amalga  oshirish.  Tabiiy  va  texnogen  falokatlar  va  boshqa  favqulotda 

vaziyatlar  yuzaga  kelishi,  xavf-xatarni  xisobga  olgan  xolda  xalq  xo`jaligi 

obyektlarining  xavfsizligini  taʼminlash.  Isteʼmolchilarni  ishlab  chiqarilayotgan 

maxsulotlar nomenklaturasi va sifati to`g`risidagi to`lik va ishonarli axborot bilan 

taʼminlash.  Mudofaa  qobiliyatini  va  safarbarlik  tayyorgarligini  taʼminlash, 

o`lchashlarning yagonaligini taʼminlash. Ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) 

maʼlum qilgan maxsulot sifati to`g`risidagi ko`rsatkichlarini tasdiqlash. 

Standartlashtirishning  asosiy  vazifalari  isteʼmolchi  va  davlatning  manfaati 

yo`lida  maxsulotning  sifati  va  nomlariga  nisbatan  eng  maqbul  talablarni  ko`yish. 

Davlat,  respublika  fuqarolari  va  chet  el  extiyoji  uchun  tayyorlangan  maxsulotga 

kerakli  talablarni  belgilovchi  meʼyoriy  xujjatlar  tizimini  va  uni  ishlab  chiqish 

qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo`llash, shuningdek xujjatlarni nazorat qilish. 

Standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy 

va  milliy  standartlari  talablari  bilan  uyg`unlashuvini  taʼminlash.  Bir-biriga 

mosliligining  barcha  (konstruktiv,  elektrik,  elektromagnitli,  informatsion,  dasturli 

va  boshqalar)  turlarini,  shuningdek  maxsulotning  o`zaro  almashinuvchanligini 

taʼminlash.  Parametrik  va  turlar  o`lchovi  qatorlarini,  tayanch  konstruktsiyalarni, 



buyumlarning  konstruktiv  jixatdan  bir  xil  qilingan  modullashgan  bloki  tarkibiy 

qismlarini  aniqlash  va  qo`llash  asosida  birxillashtirish.  Maxsulot,  uning  tarkibiy 

qismlari,  buyumlari,  xom  ashyo  va  materiallar  ko`rsatkichlari  va  tavsiflarining 

kelishib  olinishi  va  bog`lanishi.  Material  va  energiya  sig`imini  kamaytirish,  kam 

chiqindi  chiqaruvchi  texnologiyalarni  qo`llash.  Maxsulotning  ergonomik 

xossalariga  talablarning  belgilanishi.  Metrologik  meʼyor,  qoida,  nizom  va 

talablarning 

belgilanishi, 

standartlashtirish 

bo`yicha 

xalqaro 

tajribadan 

foydalanishni  keng  avj  oldirish,  mamlakatning  xalqaro  va  mintakaviy 

standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish. Xorijiy mamlakatlarning talablari 

O`zbekiston  Respublikasining  xalq  xo`jaligi  extiyojlarini  qondira  olgan  xollarda 

ularning  xalqaro,  mintaqaviy  va  milliy  standartlarini  mamlakat  standartlari  va 

texnikaviy  shartlari  tariqasida  to`g`ridan-to`g`ri  qo`llash  tajribasini  kengaytirish, 

texnologik jarayonlarga talablarni belgilash lozim. Maxsulotni standartlashtirish va 

uning natijalaridan foydalanish soxasida xalqaro xamkorlik qilish yuzasidan ishlarni 

tashkil qilish. Texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va 

joriy  qilish,  sinovlarni  meʼyoriy-texnika  jixatidan  taʼminlash,  maxsulot  sifatini 

sertifikatlashtirish,  baxolash  va  nazorat  qilishdan  iborat  bo`lib  ushbu  asnoda 

standartlarning maqsadi va vazifalari xar doim amalga oshirilib boradi. 


Download 151,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish