3.
Makrosotsiologiya, o‘rta darajadagi sotsiologiya va
mikrosotsiologiya
Sotsiologiya fani jamiyat istiqboli xususida sotsial utopiyaga asoslangan
nazariyaga suyanmasdan, balki jamiyat taraqqiyotining bugungi ijtimoiy-iqtisodiy
holatini atroflicha o‘rganish asosida yaqin kelajakda bu taraqqiyot tarkibi va
mazmunidagi tadrijiy o‘zgarishlar manzarasini ilmiy asoslab beradi.
Ogyust Kontning
fikricha, sotsiologiya ijtimoiy hayot jarayonlarini uch
bosqichda o‘rganadi: aniq-empirik, xususiy (maxsus), umumiy. Shunga muvoffiq
bugungi kunda ham sotsiologiya empirik, maxsus va umumsotsiologik tadqiqot
jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Umumsotsiologik
nazariyalarni
bevosita
tadqiq
etishga
mo‘ljallangan yo‘nalish - makrosotsiologiya.
Maxsus (xususiy) sotsiologik nazariyalar asosiga quriluvchi tadqiqot
yo‘nalishi – o‘rta darajadagi sotsiologiya.
Bevosita empirik sotsiologik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi
mikrosotsiologiya.
Makrosotsiologiya
jamiyatni
yaxlit
tixzim
sifatida
tushunishga
ko‘maklashuvchi xulq-atvor modellariga e'tibor qaratadi. Mazkur modellar yoki
strukturalar deyilganida, oila, ta'lim va din kabi ijtimoiy institutlarni tushunishimiz
mumkin. Inosn tug‘ilishidan boshlab jamiyatdagi mazkur sotsial strukturalarning
tarkibida bo‘ladi va sotsial institutlarning ta'sirini sezadi. Makrosotsiologiyaning
asosiy vazifasi jamiyatdagi turli elementlarning o‘zaro munosabatlarini va mazkur
munosabatlarning o‘zgarish tendensiyalarini tadqiq etishdir. Makrosotsiologik
darajada tadqiqotlarini olib boruvchi olimlar, ikki raqobatdosh nazariyalar:
funksionalizm va konflikt nazariyasidan biriga asoslanib o‘z sotsiologik bilimlarini
shakllantiradi. Funksionalizm nazariyasining tarafdorlari sifatida Gerbert Spenser,
Emil Dyurkgeym, Talkott Parsons, Robert Mertonni ko‘rsatish mumkin. Konflikt
nazariyasi esa Karl Marks, Ralf Darendorf kabi olimlar tomonidan rivojlantirilgan,
qo‘llangan.
Sotsiologiya strukturasining tarixiy rivojlanishiga nazar tashlasak,
avvalboshdan makro va mikrosotsiologiya o‘rtasida aniq chegara bo‘lmagan.
P.Lazarfeld
mikrosotsiologik tadqiqot deganda, “zamonaviy sharoitda
shaxsning bevosita hulq-atvorini miqdoriy metodlar va sifatiy protseduralarning
keng qo‘llanilishi asosida o‘rganuvchi tadqiqotlar
4
”ni tushungan. Makrosotsiologik
4
Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-
социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.22.
10
tadqiqotlar esa “shunday umumiy qonunlarni ochib berishga qaratilganki, ular
ijtimoiy rivojlanishning o‘tmish va kelajakdagi trendensiyalarini belgilab beradi
5
”.
R.Merton
mikrosotsiologik muammolar sifatida “kichik guruhlarni o‘rganish
davomida ochib beriladigan muammolar”ni, makrosotsiologik muammolar
deyilganida esa “sotsial mobillik, formal tashkilotlarning qiyosiy tadqiq etish va
sotsial institularning o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi muammolari”ni ko‘rstagan
6
Barcha olimlar uchun bu ikki bilim sohasini bir-biridan ajratuvchi shart
sifatida mikrosotsiologik darajada empirik tadqiqotlarning o‘tkazilishi,
makrosotsiologik darajada esa umumiy nazariya sohasiga tegishli tadqiqotlarning
o‘tkazilishi namoyon bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |