3-qurol: Mantiqiy va dalil asosida fikrlash
Mantiqiy va dalil asosida fikrlash mavjud ma’lumotlar asosida
to’g’ri xulosa yoki natijaga erishish uchun yana nimalar lozim
bo’lishini anglash qobiliyatidir.
Masalan, oxirgi oyda kompaniyangiz mahsulotlarining sotilishi
ancha kamaydi. Boshqaruvchi sifatida buning sababini bilishingiz juda
muhim. Aniq sababi haqida to’g’ri xulosaga kelish uchun esa sizga
yana qo’shimcha ma’lumotlar kerak bo’lishini tushunishingiz kerak.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq ichki muammolar, bozorda raqobatning
kuchaygani yoki talabning sustligi kabi turli omillar savdoning
pasayishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Siz ana shu barcha
omillarni o’rganib, dalillardan foydalanib, nega savdo kamaygani
haqida so’nggi xulosaga kelasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |