18
muhim masala hisoblanib, talabalarni ishontiruvchi va ushbu ma’ruzani eshitishlari kerakligini
ifodalaydi.
2
Mehnat
qilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib, uning maqsadi
albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo’shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda
faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini
egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana
esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga
yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini
unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan
psixologik omillar - sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.
Kasbni egallash jarayoni juda murakkab faoliyatni o‘z ichiga oladi. CHunki biror ishni
o‘zlashtirishda dastlab ongni batamom ishga solish qiyin bo‘ladi. Shu bois ham masalan, tiquvchi
o‘z shogirdiga ayrim-alohida ish turlarini, tikishning detallarini nisbatan uzoq vaqt o‘rgatadi.
Sekin asta-sekin ishlar avtomatlashib, ayrim harakat turlari bo‘yicha malaka hosil qilingach, ayrim
operatsiyalar birlashtirladigan bo‘ladi. Shu kabi har qanday kasbda har bir element, ish turi
mukammal o‘zlashtirilgach, ular ongda muayyan tizim hosil qilingandan so‘ng, yaxlit bir ishlar,
operatsiyalar tarzida malakaga aylanadi. Ayrim- alohida operatsiyalarning avtomatlashuviga
malaka deb qarasak, ko‘nikma esa - hosil bo‘lgan malakaning shaxsdagi bilimlarga qat’iy
bo‘ysunishi va anglanishi oqibatida muvaffaqiyatni ta’minlashidir. Ya’ni, ko‘nikmalar hamisha
bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Amalda malaka va ko‘nikmalar quyidagi yo‘llar bilan shaxs
xulqida mustahkamlanadi:
oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
tushuntirish yo‘li bilan;
ko‘rsatish va tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
Bundan tashqari, o‘quvchilardagi malaka va ko‘nikmalarning samaradorligini o‘rgangan
olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar
ekan:
20% eshitganini xotirada saqlab qoladi;
30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;
50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;
70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida o‘zlashtiradi;
100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi orqali o‘zlashtiradi.
Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish,
takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa
hotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz aytmagan ”Takrorlash-bilimning onasidir” deb.
Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan foydalanmaslik,
takrorlamaslik oqibatida olingan bilim faol bilim zahirasi yoki sust bilim zahirasiga aylanadi.
Olingan axborot filtrdan o‘tgach qisqa muddat yodda saqlanadi. Qisqa muddat yodda
qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli
faol bilim zahirasiga aylanadi. Lekin keyinchalik bu bilimlardan foydalanilmasa yoki takrorlab
turilmasa, passiv bilim zahirasiga aylanadi va bora-bora yoddan ko‘tariladi. Bilimni takrorlash
tufayli yoddan ko‘tarilishini oldini olish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
talabalarning eng avvalo, o‘quv materialini o‘zlashtirishi, yodda qolishi uchun olinadigan
axborotni iloji boricha eshitish va ko‘rish orqaligina emas, balki o‘zi gapirishi, o‘z faoliyatida
sinab ko‘rish orqali etkazish katta ahamiyatga ega ekan. Bunga erishishning yo‘li amaliy va
seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir.
Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u yoki bu uslubni
tanlash:
2
A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by]
Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.
pp: 59,60.
19
o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga;
o‘tilayotgan mashg‘ulotning mavzusiga;
seminar darsida qo‘yilgan maqsadga;
tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq.
Shunday qilib, har qanday faoliyatni o‘rganishdan maqsad - uning samaradorligini
oshirishdir.
Aynan amaliy mashg‘ulotlar hamda seminar darsida o‘quvchi yoki talabalar ma’ruza,
kitob, jurnal va xokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni
modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o‘zlashtiradi, turli rollarni
bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini tutish ko‘nikmalarini hosil qiladi, o‘zi uchun
qiziqarli, manfaatli kasb va hunar tanlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy
borliqni bilishiga, anglashi va yashashiga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: