Sportda shaxsning shakllanish psixologiyasi
Sport sohasidagi ko’pgina mutaxassislar - pedagoglar, psi-xologlar, fiziologlar va shifokorlar o’rtasida sportchilarning asab tizimi kuchli bo’ladi, ularning ruhiy xususiyatlari, shu jumladan, temperamentlari sportda yuksak muvaffaqiyat qozonish uchun zaruriy shart hisoblanadi, degan fikr keng tarqalgan. Bu fikr ayrim tadqiqot ishlari natijasida qisman tasdiqlangan. A.I. Kresotovnikov va uning hamkasblari 1937 yildayoq asab tizimi turi xususiyatlarini test usulida aniqlab, ko’p sportchilar kuchli tipning turli varivsiyalariga mansub, degan xulosaga kelgan. Ushbu muammoni o’rganishni davom etgan olimlar sportdagi muvaffaqiyat asab tizimining tipologik xususiyatlariga shartli ravishda bog’liqligi to’g’risida xulosaga keldilar (A.N. Krestov-nikov, 1951-1955).
K.M. Smirnov (1954, 1962) musobaqalarning yuqori toifa-dagi sportchilar faoliyatiga ta’sirini o’rganar ekan, qo’zg’alish jarayon kuchsiz kechadigan shaxslar muhim musobaqalarda yomon natijalarga erishishini aniqladi.
V.V. Medvedev, A.V. Rodionov, N.A. Xudadov (1973) tadqiqot-lar natijasida sportchilarning musobaqalarda, ruhiy zo’riqish sha-roitida asab tizimining qo’zg’alish jarayoniga bog’liq xususiyatlari yetakchi rol o’ynaydi, degan fikrga keldilar. Olingan ma’lumotlar qator mualliflar (K.M. Gurevich, L.A. Kopitova, V.F. Matveyeva, V.S. Merlin va h.z.) to’plagan ma’lumotlarga mos keladi.
Bu fikrlar ommaviy va o’smirlar sportida boshqacha tus oladi. N.D. Sinani (1967,1968) velosipedchilar faoliyati xusu-siyatlarini o’rganar ekan, turli malakali sportchilar o’rtasida asab tizimi bo’sh shaxslarni uchratmadi. Ammo bunday fikrlar zamo-naviy ma’lumotlarga (ayrim xususiyatlar kompensatsiyasi, tempe-ramentning faoliyat talablariga moslashishi) ko’p ham to’g’ri kelavermaydi (V.S. Merlin, V.D. Nebiglitsin, V.M. Teplov, K.M. Gurevich va h.z.) toifasi, yoshi, jinsi, sportdagi staji turlicha bo’lgan sportchilar o’rtasida inertli, yengiltak, jizzaki, asab tizi-mi bo’sh shaxslarning ham uchrashi o’rganishlar natijasida isbot qilingan.
Temperament xususiyatlarini ommaviy sport bilan shug’ul-lanishga bo’lgan qobiliyat, deb qarash noto’g’ri. Asab tizimining kuchsizligi, inertliligi yoki barqaror emasligi va bu bilan bog’liq temperament xususiyatlari muvaffaqiyatli sport faoliyatiga xalaqit bermaydi (B.A. Vyatkin, 1964, 1967, 1970; YU.YA. Kisyolev, 1971; V.P. Merlikin, 1967,1968; O.A.CHernikova, 1961; V.M. SHadrin, 1967).
B.A. Vyatkin (1978) ikki nuqtai nazar mavjud, degan fikrga kelgan:
1) istalgan sport turidagi muvaffaqiyat asab tizimi va temperament xususiyatlariga bog’liq;
2) ommaviy sportda va sportning alohida turlarida asab tizimi va temperament muhim rol o’ynamaydi, turli tipdagi asab tizimi va har hil temperamentli shaxslar sportda birdek natijaga erishishlari mumkin.
Inson asab faoliyatining individual jihatlari butun sport faoliyatining borishida katta ahamiyat kasb etadi. Ular harakat ko’nikmalarining shakllanish va barqarorlashishi tezligiga, ularning rivojlanishi va, kerak bulganda, qayta ishlab chiqish, o’zgartirishga katta ta’sir ko’rsatadilar. Sportchining mashg’ulot-larda va musobaqalardagi ruhiy holati va o’zini tutishi ham individual xususiyatlarga bog’liq. Hayotda, ishda, atrofdagilar bilan munosabatda ikki asosiy asab jarayoni - qo’zg’alish va tormoz-lanishning balanslashuvi ro’y beradi. Bu balansning buzilishi dinamik stereotipning shakllanishida qiyinchiliklar tug’diradi. Asab markazlarida ishlayotgan mushaklar, organlardan kelayotgan ta’sirlarni mustahkamlash, harakat ko’nikmasi dinamik stereoti-pini yaratish uchun asab markazlari qo’zg’alishining ma’lum darajasi zarur bo’ladi.
Sportchi organizmga ta’sir qiluvchi o’ta kuchli omillar (uzoq davom etgan maksimal yuklamalar, yuqori tempda ritmik ishlash) dan so’ng shug’ullanishlarning samarasi kuchli tormozlanish natijasida tushib ketadi. Aynan shu davrda yuklamalarni kamay-tirish kerak, aks holda oliy asab faoliyatida portlash ro’y beradi va sportchini uzoq vaqt izdan chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |