2-Mavzu: sharq uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi sharq uyg‘onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji mashg’ulot rejasi


Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari



Download 38,74 Kb.
bet4/7
Sana26.06.2022
Hajmi38,74 Kb.
#707121
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ma`ruza m

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik qarashlari:

  • Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi.

  • Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muhim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.

  • Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’kuvchiga bilim berishda:

- o’quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Beruniy yashagan davrda O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma’naviy hayotida yirik voqealar sodir bo’layotgan bir davrda yashadi.
U Xorazmning qadimgi Kot (keyin Shobboz hozirgi Beruniy) shahrida tutiladi. Otadan yosh qoladi, uni astronom va matematik Abu Nasr ibn Iroq yoshligidan o’z tarbiyasiga oladi. Tezda o’zidan oldin o’tgan buyuk olimlarning merosini o’rganadi. Taxt uchun kurashlar chog’ida Beruniy sargardonchilikda kun kechiradi.
Ustozi ibn Iroqning yozishicha, Beruniy 21 yoshida astronomik asboblar yasagan, quyosh va oy tutilishi ustida kuzatishlar olib borgan. U 22 yoshida fan tarixida birinchi bo’lib er globusini yasagan. Bu haqida o’zi shunday deydi: «Men joy va shaharlar nomini ular orasidagi masofalarni shu joylarni kezgan va ko’rgan kishilar og’zidan eshitganlarimga asoslangan holda aniqlay boshladim. Dastlab turli kishilar ma’lumotini bir-biriga taqqoslab, qaysi biri ishonchli ekanini aniqladim, uzoqlik va kenglikni aniqlash uchun diametri 10 gazli (5 m) yarim kurra mujassami «globus» yasadim.
U bilim olish haqida: «Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir»... «Ilmlar ko’pdir, ular zamon o’tishi, iqboli rivoj tufayli turli fikr va xotiralar qo’shilishi ila ko’payadi»-degan mulohazalar bayon etgan. Beruniy mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog’liq, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb ta’kidlaydi. «Inson hayotida zarurat, ehtiyojlar, ularni ilmlarga bo’lgan talablarni keltirib chiqaradi. Bu ehtiyojlarga ko’ra ilmlarni har xil tarmoqlarga bo’linadi». «Asosi bo’lmagan fandan voz kechsa ham bo’ladi» deb ilmiy tadqiqotning mohiyatini tahlil qiladi.
Beruniy insoniy fazilatlarida axloq, odobning o’rnini atroflicha tahlil qiladi. «Hakim va olimlar axloqidan ta’lim olish yaxshi xulqni turg’izadi, yomon xulqni o’ldiradi». «Rostgo’ylik shirinligini totmagan yoki shirinligini totishni istamaydigan kishi uni sevmaydi»-deb yozadi. Ilmiy ishning, bilim olishning oliyjanoblik asosida bo’lish, xudbinlikdan uzoq bo’lishni quyidagicha izohlaydi: «Ilmlarning foydasi ochko’zlik bilan oltin kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur bo’lgan narsalarga ega bo’lishdir».
To’g’ri so’zlikni ulug’lab: «Agar so’z to’g’ri va ta’sirlik bo’lsa, qamchi va qilich darkor emas»-deb yozadi.

Download 38,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish